Lyuksemburg 

4 451

 Rasmiy nomi — Lyuksemburg Buyuk Gersogligi. Poytaxti — Lyuksemburg. Hududi -2,6 ming km.kv. Aholisi – 460 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili — nemis va fransuz. Dini — katolik dini (97%), boshqa dinlar (3%) Pul birligi — yevro.
 Geografik joylashuvi va tabiati.G‘arbiy Yevropada joylashgan (Gollandiya va Belgiya bilan birga Benilyuks guruhiga kiradi). G‘arbi va shimoli Belgiya bilan (chegara uzunligi — 148 km). Janubi Fransiya bilan (73 km), sharqi Germaniya bilan (138 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 359 km. Shimolida Ardenn tog‘ tizmasi joylashgan bo‘lib, uning yuqori nuqtasi Burgplats tog‘idagi Lyuksemburg cho‘qqisi (balandligi 559 m)dir. Qolgan hududlar tepalikli tekisliklardan (Gutland) iborat. Asosiy daryosi — Mozel va uning irmog‘i — Zauer. Mamlakat boy temir rudasi konlariga ega.
  Iqlimi — mo‘tadil, kontinental.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. Gersoglikning hozir­gi chegaralari o‘rnatilgan 1839-yili Lyuksemburg mustaqil davlat bo‘ldi. 1867-yilgi London konferensiyasi Lyuksemburgni suveren, betaraf davlat deb e’lon qildi. Milliy bayrami — 23-iyun — Lyuksemburg buyuk knyazi Jonning tug‘ilgan kuni rasmiy bayram qilinadi. Davlat boshlig‘i — Buyuk Lyuksemburg gersogi (Buyuk Lyuksemburg gersogi Jon 1964-yil 12-noyabrdan beri hokimiyat tepasida). Qonun chiqaruvchi hokimiyat Buyuk gersog Lyuksemburgskiy va parlament — Deputatlar palatasi tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalari: Xristian-ijtimoiy xalq partiyasi, Lyuksemburg sotsialistik ishchi partiyasi, Demokratik partiya, Yashillar partiyasi. 
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.Mamlakat iqtisodiyoti inflyatsiyaning pastligi va ishsizlikning amalda yo‘qligi bilan xarakterlanadi. Sanoatning nisbatan taraqqiy etgan sohalari: metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, oyna va aluminiy ishlab chiqarish. Oxirgi o‘n yillikda bank sektori faol rivojlanmoqda. Qishloq xo‘jaligi oilaviy fermerlar ishlab chiqarishiga asoslangan bo’lib, ular yuqori darajada mexanizatsiyalashgan. Lyuksemburg savdo va moliya masalalarida iqtisodiy ittifoq tuzgan, shuningdek, Niderlandiya bilan iqtisodiy aloqalarda uzviy bog‘langan. 2012-yil YIM miqdori 2,1 mlrd dollarni (aholi jon boshiga – 41,3 ming AQSH doll.) tashkil etgan.
 Asosiy savdo hamkorlari:  YI mamlakatlari, AQSH.
 Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 271 km (243 km elektrlashtirilgan, avtomobil yo‘llari — 5108 km (5000 km — qattiq qoplamali). Daryo porti — Mertert.
 Tarixi. М. a. I asrda hozirgi Lyuksemburg hududiga keltlarning trever qabilasi kelib joylashgan bo‘lib, Lotaringiyadagi Buyuk Karl imperiyasining Belgiya provinsiyasi tarkibiga kirgan edi. Lyuksemburg gersogligiga 1354-yili asos solingan. Gersoglik dastlab Burgundlar, keyin Gabsburglar mulki bo‘ldi, keyinroq Niderlandiya, Fransiyaning tarkibiga kirdi. 1815-yil Vena kongressining qaroriga ko‘ra Germaniyaga berilgan Lyuksemburg Buyuk gersoglikka aylandi va Gollandiya qiroli Giyon I ga sovg‘a qilindi. 1839-yili gersoglikning hozirgi chegaralari o‘rnatildi, 1867-yilda esa London konferensiyasi Lyuksemburgning suverenitetini belgiladi va betaraf davlat deb e’lon qilindi. Shunga qaramasdan Lyuksemburg hududi nemis qo‘shinlari tomonidan Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida okkupatsiya qilindi. 1946-yili Lyuksemburg Buyuk gersogligi Gollandiya va Belgiya bilan bojxona ittifoqiga kirdi (Benilyuks).

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.