Marshall orollari 

5 284

 Rasmiy nomi — Marshall orollari Respub­likasi. Poytaxti — Majuro. Hududi — 181,3 km.kv (hammasi bo‘lib 34 ta orol). Aholisi – 59 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili — ingliz. Dini — protestantlik. Pul birligi — AQSH dollari.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Marokash orollari arxipelagidagi orollarda joylashgan davlat (Tinch okeanining shimoliy qismi). Sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 370,4 km. Orollarning relyefi Marjon qoyalardan pay do bo‘lgan bo‘lib, asosan pasttekisliklardan iborat. Asosiy tabiiy resurslari: fosforitlar, dengiz mahsulotlari. Iqlimi — tropik, passat-mussonli. Asosiy o‘simliklari — kokos palmalari, yong‘oqlar. Mamlakatning hayvonot dunyosi butun Mikroneziyadagi kabi juda kambag‘al va asosan dengiz faunasidir.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Marshall orollari 1991-yil 21- oktabrda mustaqillikka erishgan (ilgari ular Tinch okean tarkibiga kirgan orollar bo‘lib, AQSH boshqaruvidagi BMT tasarrufidagi hududlar bo‘lgan). Marshall orollari respublika deb e’lon qilingan kun — 1-may kuni Milliy bayram kuni hisoblanadi. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament (yuqori palata — Nitijela va quyi palata — Iroiya kengashi) tomonidan amalga oshiriladi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari — qishloq xo‘jaligi (kokos, tomat, non daraxti mevalari, qovun yetishtirish) va turizm (chet el valyutasi kirimining asosiy manbayi). Bu sohada ishga yaroqli aholining 10% i band. Sanoat baliq va kopra (kokosdan yog‘ olish)ni qayta ishlash bilan chegaralangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH va Yaponiya. Mamlakatning asosiy porti — Majuro.
 Tarixi. Marshall orollari 1526-yili ispanlar tomonidan ochilgan. 1788-yili kapitan Marshall tadqiq qilgan, 1803- va 1823-yillari esa rus dengizchilari Kruzenshtern va Kotsebular ham tadqiq qilishgan. 1885-1886-yillari orollar Germaniya tomonidan anneksiya qilingan. 1914-yildan orollar yapon qo’shinlari tomonidan okkupatsiya qilindi, 1920-yildan esa BMT mandati asosida Yaponiya boshqargan. Ikkinchi Jahon urushi yillarida orollar urush maydoniga aylandi, 1947- yildan esa BMT homiyligida AQSH boshqarib keldi. Atoll Bikini AQSHning yadro qurollarini sinab ko‘radigan poligonlaridan biri bo‘lgan. 1979-yilda o‘z-o‘zini boshqarish huquqini olgan Marshall orollari 1991-yili mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.