Kayman orollari 

3 491

 Rasmiy nomi — Kayman Orollari. Poytaxti — Jorjtaun. Hududi — 254 km2. Aholisi – 30 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili — ingliz. Dini — protestantlik. Pul birligi — kayman orollari dollari.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Katta Kayman, Kichik Kayman, Kayman-Brok orollari Yamayka orolining shimoli g'arbida Karib dengizida, Markaziy va Janubiy Amerika o‘rtasida joylashgan. Iqlimi — tropik passatli. Qimmatbaho daraxtlardan iborat o‘rmonzorlar mavjud. Faunasi asosan dengiz hayvonlaridan iborat (akula, toshbaqa, omar va h.k).
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Kayman orollari Buyuk Britaniya mulkidir. Mamlakat boshqaruvini qirolicha nomidan gubernator amalga oshiradi. Hudud 8 ta tumanga bo‘linadi. Savlovlar davomida 2 norasmiy tashkilot — «G‘urur» va «Birlik» harakat qiladi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. lqtisodiyot asosini turizm tashkil etadi. Moliya va bank sektorlaridan orollar ma’muriyati 40% daromad oladi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash kabi korxonalar ham mavjud. Baliqchilik rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Kosta-Rika. Yirik porti — Jorjtaun. Ikkita xalqaro aeroport — Ouen-Roberte va Jerard-Smit mavjud.
  Tarixi. 1503-yili X.Kolumb tomonidan kashf qilingan. 1670-yilda Ispaniya orollarni Angliyaga topshirdi. Kayman orollariga Yamaykadan aholi ko‘chib kela boshlagan.  1863-1962-yillarda orollar rasman Yamayka tarkibida bo‘lgan. Amaldagi konstitutsiya 1972-yilda qabul qilingan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.