Bermud orollari 

4 560

  Rasmiy nomi — Bermud orollari (Buyuk Britaniya mulki). Poytaxti - Gamilton. Hudu­di — 58,8 km.kv. Aholisi – 100 ming.dan ortiq (2012). Davlat tili — ingliz. Dini - xristianlik. Pul birligi -Bermud dollari.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Orollar Atlantika okeanining shimoli g‘arbiy qismida joylash­gan, 360 ta atrofidagi orollar va qoyalardan iborat, ular­dan 20 tasida odam yashamaydi. 10 ta orol o‘zaro ko’priklar bilan birlashib asosiy orol — Meyn-Aylendni tashkil etadi. Orollar tekisliklardan iborat. Iqlimi — tropik, issiq. Tabiiy o‘simliklari saqlanib qolmagan. Qayta ekiladigan tropik o‘simliklar va daraxtlar bor. Mayda kemiruvchilar ko‘p. Qushlarning bir qancha turlari (to‘tiqush, dengiz qushlari), hasharotlar bor.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — Buyuk Britaniya mulki. Davlat boshlig‘i — Buyuk Britaniya qirolichasi tomonidan tayinlanadigan, tashqi siyosat, mudofaa, politsiya, ichki xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanadigan gubernator. Ma’muriy-hududiy jihatdan 9 okrug va 2 munitsipalitetga bo‘linadi. Siyosiy partiyalari: Birlashgan Bermud partiyasi, Leyboristik taraqqiyot partiyasi, Milliy liberal partiya.
   Iqtisodi va transport kommunikatsiyalari. Iqtisodining asosini chet el turizmi tashkil etadi. Bermud orollari muhim moliyaviy markazdir. Orollarda 6 mingdan ortiq chet el kompaniyalari ro‘yxatga olin- gan. Bermud orollari ro‘yxatga olingan chet el kemalarining hajmi jihatidan 5-o‘rinni egallaydi. Kemalami ta’mirlash, qayiqlar yasash, farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish, qurilish materiallari korxonalari faoliyat yuritadi. Kartoshka, karam, pomidor, banan, gullar yetishtiriladi. Baliqchilik rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Venesuela.
  Tarixi. Orollar 1522-yilda ispan dengiz sayyohi X. Bermudes tomonidan kashf etilgan. 1609-yilda orollarga inglizlar kelib joylasha boshladi. 1684-yilda bu hududlar Angliya mustamlakasiga aylandi. 1968-yilda orollarga ichki o‘z-o‘zini boshqarish huquqi berildi. 1989-yilda Britaniya hukumati Bermud orollariga mustaqillik berish talabini rad etdi. 1995-yil avgust oyida o‘tkazilgan referendumda aholining ko‘pchilik qismi qaram hudud maqomini saqlab qolish uchun ovoz berdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.