Yuklanmoqda...

Qovun to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar


 
Tilni yoruvchi, g'arq pishgan qovunlarning mavsumi avjida. Shu sabab ham bizlar bugungi maqolamizni aynan qovunlarga bag'ishladik.

Qovunning foydali tomonlari
Qovunni ilk marotaba eramizdan avval 2 000 oldin qadimgi Misrda yetishtirishgan. O'sha vaqtlardayoq insonlarga qovunning quyidagi foydali xususiyatlari ma'lum bo'lgan:
  • qovun o'zida ko'pgina vitamin va antioksidantlarni saqlaydi;
  • antioksidantlar ko'z va terini quyoshning zararli ta'sirlaridan saqlaydi;
  • qovun qon tarkibini yaxshilaydi;
  • qovunni ateroskleroz va yurak-tomir kasalliklarida iste'mol qilish yaxshi samara beradi;
  • qovun kayfiyatni ko'taradi;
  • kremniyni saqlashi sabab ham soch va teri holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi;
  • OIT faoliyatini yaxshilaydi;
  • buyraklar faoliyatini yaxshilaydi.
Qovunning zararli tomonlari
Qovun o'zida ko'pgina shakar moddasini saqlashi sabab ham uni qandli diabetga chalingan bemorlarga iste'mol qilish tavsiya qilinmaydi. Shuningdek oshqozon-ichak faoliyatida muammosi bor insonlarga ham qovundan iste'mol qilish maslahat berilmaydi.
Qovun hazm bo'lishi qiyin bo'lgan mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun ham uni har xil ovqatlar bilan aralashtirib iste'mol qilish yarmaydi. Qovunning hazm bo'lishi qiyin bo'lganligi uchun uni kechqurun iste'mol qilmaslik maqsadga muvofiq bo'ladi. Axir xalqimizda «Qovun yesang sahar ye, sahar yemasang zahar ye» degan ibora bejizga emasdir.

Ozishda qovunning o'rni
Ko'pchilik qovun insonni semirtiradi deb o'ylashadi. Ammo unday emas. Qovun kaloriyasi kam mahsulot bo'lib, qorinni uzoq vaqt davomida to'q tutadi. Shu sabab ham ozmoqchi bo'lganlarga qovun yeyish tavsiya etiladi.

Bir kunda qanchagacha qovun iste'mol qilish mumkin
Qovun qiyin hazm bo'lishi sabab ham, uni bir vaqtda ko'p miqdorda birdan iste'mol qilish tavsiya qilinmaydi. Sog'lom odam uchun qovunning bir kunlik me'yori 300-500 grammni tashkil etadi. Ammo uni bo'lib-bo'lib, yesangiz hazm bo'lishi osonroq kechadi.
Albatta qovunli parhezlar ham mavjud bo'lib, bir kunda 1-1,5 kilogacha qovun iste'mol qilish mumkin. Ammo bundan ham avval shifokor bilan masahatlashish shart.

Qovunni to'g'ri tanlash va saqlash
Qovunlarni to'g'ri tanlashda esa Qo'qondlik dehqon quyidagi maslahatlarni berdilar:
  • Qovunni dumchasiga qarab tanlash kerak – bunda u quruq, lekin juda qurib ham ketmagan bo'lishi kerak.
  • Qovunning po'stida shikaslanish va ezilgan joylar bo'lmasligi, u qattiq bo'lishi shart.
  • Qovunning usti silliq bo'lmasa u bemaza qovun hisoblanadi. Qovunning usti biroz dag'alroq bo'lsa, ichi shirinroq bo'ladi.
  • Qovun ichida dog'lar yoki to'q rangdagi bir qismi ajralib tursa, yaxshisi bunday qovundan voz keching, u aynishni boshlagan va sog'liq uchun xavfli bo'lishi mumkin.
Qovunni qishga saqlab qo'yish
Agarda siz qishda ham qovundan iste'mol qilishni xohlasangiz, unda bizlarning maslahatlar sizga qo'l keladi.
  • birinchi usul, muzlatish. qovunni bo'laklarga bo'lib, muzlatib oling, so'ng bitta paketga solib, muzxonaga solib qo'ying.
  • ikkinchi usul, murabbo. Albatta bunda qovunning foydali xususiyatlari yo'qoladi, ammo uning mazali ta'midan bahramand bo'lish mumkin. 50 millilitr suv, 1 ta limon sharbati va 700 gramm shakar solib, qiyom qaynatib oling. So'ng qiyomga qovunni mayda to'g'rab soling va qaynating, qaynagandan so'ng gazni o'chirib, 10 soatga qoldiring. Shu jarayonni ikki marotaba qaytaring va sterillangan bankalarga solib yoping.

Внимание! Если Вы нашли ошибку в тексте, выделите её и нажмите Ctrl+Enter для уведомления администрации.

Комментарии

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив