Yuklanmoqda...

Atirgulning ajoyib xususiyatlari...


 
Aytishlaricha qadimda Misr malikalari atirgulni suvga solib, iliq holida badanlarini chayib yurishgan ekan. Balki shuning uchun ham ularning yuzlari tiniq bo'lgan. Keling, eng yaxshisi atirgulning foydalari haqida qisqacha izoh berib o'tamiz.
 
1. Atirgulning asal bilan tayyorlangan gul murabbosi me'da susayishining oldini oladi, ovqat hazm bo`lishida samarali dorivor hisoblanadi.
 
2. Dorivor gul barglarini qaynatib, siqib tashlamasdan shishlarga bog'lansa, ularni qaytaradi. U yana saramasning tuzalishiga yordam beradi.
 
3. Atirgul va uzum sharbati qaynatilib, milklarga surtilsa, ularning mustahkamligi oshadi. Shu bilan birga quloq og'rigiga qo'llansa ham yaxshi samara beradi.
 
Shirasini ko'ziga tomizsa kishi,
Qovoqdan ketadi mijjalar shishi.
Boshingdan ketadi boshing og'rishi.
Boshingga bog'lasang yangisin agar.
 
Sharq xalqlari tabobatida atirgul qadim zamonlardan keng miqyosda qo'llanilib kelingan. Bu o'simlikning gul bargidan tayyorlangan murabbo va gul qanddan ham ko'plab dardlarga shifo sifatida foydalanilgan.
 
Jumladan: oftob urishi, darmonsizlik, surunkali va o'tkir yo'tal, kamqonlik, ich ketishi kabi kasalliklarda koni shifoligi isbotlangan.
 
Keyingi paytlarda zamonaviy tibbiyotda ham atirgul moyining shifobaxsh xususiyatlari keng ko'lamda o'rganildi. Uning o'pka yallig'lanishi, shamollash bilan bog'liq xastaliklarga yaxshi samara berishi aniqlandi. Bundan tashqari, u shillik pardalarni tashqi ta'sirlardan, bronx mushaklarini spazm, ya'ni bug'ilishdan ham saqlaydi.
 
Atirgulning sharbati yurak o'ynashi hamda ko'ngil aynishini butkul qoldiradi. Men o'zim bu atirgulni olib sinovdan o'tkazganman. Atirgulni olib, qaynagan suvga solib iliq bo'lgach yuzingizni yuvib ko'ring. Mo'jizasini o'zingiz ham ko'ring.
Lobar Mirzo

Внимание! Если Вы нашли ошибку в тексте, выделите её и нажмите Ctrl+Enter для уведомления администрации.

Комментарии

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив


To Top