Kungaboqar mag‘zi yoshartirish xususiyatiga ega 

2 922

Olimlar fikricha, kungaboqar mag‘zi qarish jarayonini to‘xtatadi. Uni qovurilmagan holda oz-ozdan iste'mol qilish ham yaxshi foyda beradi. Uning tarkibida fosfolipid, stirol va yog‘larni parchalovchi vitaminlar ko‘p.

So‘nggi tekshiruvlar natijasida kungaboqar mag‘zi yoshartirish va sog‘liqni mustahkamlash xususiyatlariga ega ekanligi tasdiqlandi. Shuningdek, u yurak-qon tomir tizimi uchun muhim bo‘lgan kaliy va magniy elementlariga boy. Bu moddalar teri va tomirlarning tarangligi, egiluvchanligini ta'minlashga ham xizmat qiladi. Olimlar kungaboqar mag‘zi ateroskleroz va jigar kasalliklarida, ayniqsa samarali foyda berishini ta'kidlamoqda.

Shu bilan birga, uning tarkibida teri qarishini sekinlatuvchi E vitamini mavjud. Lekin kungaboqar mag‘zi o‘ta kaloriyali. Uning kaloriyasi go‘shtnikidan to‘rt barobar yuqori.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.