Qadrdon jurnal uchun obuna bo`ling 

3 595

Geografiya davlat va jamiyat rivojida muhim ahamiyat kasb etuvchi fanlardan biri. Geografik bilimlarsiz dunyodan xabardor,teran fikrli avlodni tarbiyalab bo'lmasligi kundek ayon haqiqatdir. "Maktabda geografiya" jurnali jamoasi geografiya fani o'qituvchisi - siz aziz ustozlarga yaqindan yordam berish, yangilanayotgan ta'lim jarayonida sizni fanning keyingi yutuqlaridan muntazam xabardor qilish, ilg'or pedagogik texnologiyalar va fundamental bilimlar asosida ish olib borayotgan mahoratli ustozlar tajribalarini ommalashtirish singari maqsadlarni o'z oldiga qo'ygan.

Biroq biz ham o'z navbatida sizning ko'magingiz, e'tiboringiz va jurnaldagi faol ishtirokingizdan umid qilamiz. Yangi obuna mavsumida sizga taqdim etilayotgan ro'yxatlarda jurnalimiz nomi qayd etilmagandir balki. Biroq unga obuna bo'lish hatto chekka qishloqlarda ham aslo qiyin emas.
 
Pochta manzillariga borib, 1198 indeksi raqami bo'yicha obuna bo'lasiz, degan umiddamiz. Jurnal bitta sonining narxi 3500 so'm, yillik obuna narxi 42000 so'm. Albatta, matbuot tarqatuvchilar bunga o'z xizmat narxlarini qo'shadilar. Ularning ishonchli va arzonrog'ini tanlab obuna bo'lish sizning ixtiyoringizda.
 
"Maktabda geografiya" jurnali bilan yangi yilda ham birga bo'ling. Jurnalimiz sevimli nashringiz, yordamchingizga aylanishida yaqindan ishtirok eting!
 
Savol va takliflariz hamda jurnalda chiqarmoqchi bo'lgan dars ishlanma, maqolalaringiz bo'lsa, m-geografiya@mail.ru elektron pochtaga yuboring yoki (+99890) 999-00-89 raqamiga telefon qilishingiz mumkin.
"Maktabda geografiya" jurnali tahririyati

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.