Oqtov hikmatlari 

2 654

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi Hamdam Eshonqulov o`zi tug`ilib o`sgan Navoiy viloyatining hayvonot va nabobot olami haqidagi asarlari bilan tanilgan ijodkor. U o`z asarlarida tabiat sir-asrorlari haqida, uning inson hayoti bilan mutanosibligi xususida so`z yutitar ekan, odamlarda atrofdagi borliqqa muhabbat o`yg`otishga harakat qiladi, har bir giyohni, har bir hayvon, parrandayu darrandani sevib ardoqlashga da`vat etadi. Tabiatning har bir hodisasidan tegishli xulosa chiqarishga undaydi. 

Hamdam Eshonqulov tomonidan tayyorlangan "Oqtov hikmatlari” nomli kitob "Akademnashr” nashriyoti tomonidan nashr etildi. 

"Oqtov hikmatlari” keng ma`noda jonivorlarni sevish, ular bilan tillashish, do`stlashish haqidagi kitobdir. Undagi hikoyalar insonning barcha jonzotlar kabi tabiatga uyg`un yashagandagina ezgu maqsadga yetishi mumkinligini o`rgatadi. Ayni paytda, bu hikoyalar bugun halokat yoqasiga kelib qolgan ko`plab hayvon va o`simlik turlarini asqab qolish mumkinligini yana bir karra yodga solayotgandek bo`ladi.

Tog`u toshlar, noyob giyohlar so`zini o`qiy olguvchi kishilar hayoti haqidagi bitiklar sizni befarq qoldirmasligiga ishonamiz. 
Murojaat uchun telefon:
(+99893) 461-50-00
(+99893) 316-34-22

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.