Shri-Lanka 

7 751

  Rasmiy nomi — Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi. Poytaxti — Kolombo. Hududi — 65610 km.kv. Aholisi – 20,1 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili — tamil, singal. Dini — buddaviylik (69%), hinduiylik (15%), xristianlik (8%), islom (7%). Pul birligi — shri-lanka rupiyasi.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Hindistonning janubiy sohillari yaqinidagi orolda joylashgan, Hind okeanidagi davlat. Osiyo qit’asidan Shri-Lankani Polk bo‘g‘ozi va Manar qo‘ltig‘i ajratib turadi. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 1340 km. Mamlakat hududi asosan tekisliklardan iborat. Janubiy va markaziy qismlarida zinasimon tog‘lar bor. Eng baland nuqtasi — Pidurutalagala cho’qqisi (2524 m). Asosiy daryosi- Maxaveli-Ganga. Asosiy tabiiy resurslari: olmos va boshqa qimmatbaho toshlar, fosfatlar, marmartoshi va baliq. Mamlakat hududining 16%ini haydaladigan yerlar, 32%ini o’rmon va to‘qaylar tashkil etadi.
  Iqlimi — ekvatorial, subekvatorial. Banyan, daraxtsimon paporotniklar, turli xil palmalar, atlas, sandal, eben daraxtlari florasining asosini tashkil etadi. Hayvonot dunyosini fil, qoplon, silovsin, shoqol, timsoh, turli maymunlar, ilonlar, kaltakesaklar tashkil etadi.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezident respublikasi. Mamlakat 8 provinsiyaga boiingan. Shri-Lanka 1948-yilning 4-fevralida mustaqillikka erishgan (awal: Seylon — Buyuk Britaniya mustamlakasi). 4-fevral — Milliy bayram — Mustaqillik kuni. Ijro etuvchi hokimiyat prezident va Vazirlar Mahkamasini boshqaradigan Bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Shri-Lanka ozodlik partiyasi, Birlashgan milliy partiya, Shri-Lanka xalq partiyasi, Shri-Lanka sotsialistik par­tiyasi, Yangi siyosiy partiya, Shri-Lanka kommunistik partiyasi, Tamil birlashgan ozodlik fronti, Milliy ozodlik fronti, «Tamil Ilamni qutqarish yo‘lbarslari».
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodining rivojlangan tarmoqlaridan biri — qishloq xo‘jaligi. Sholi, shakarqamish, don ekinlari, dukkakli ekinlar, ziravorlar yetishtiriladi. Choy (dunyoda 3-o‘rinda), kokos yong’og‘i (umumiy eksport hajmining 1/3 qismi) eksport qilinadi. Ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, baliqni qayta ishlash bilan chegaralangan. Turizm asosiy valuta manbalaridan biridir. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Eron, Tayvan. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 1948 km, avtomobil yo‘llari — 75749 km (27637 km.ga tosh yotqizilgan), ichki suv yo‘llari — 430 km. Portlari — Galeye, Kolombo, Jafna, Negombo, Trinkomali.
  Tarixi. Taxminan m. a. V asrda Shri-Lankaga Gang va Hind daryolari vodiylaridan hind-yevropa til oilasiga mansub qabilalar kirib kelishadi va orollarda Singal davlatiga asos soladi. Orol buddaviylikni targ’ib etish markazlaridan hisoblangan. Afsonalarga ko’ra buddaviy­likni orolga Ashokaning o‘gii (yoki ukasi olib kelgan). М. a. III asrning boshlaridan Shri-Lankaga Hindistonning janubidan tamillar kirib kela boshlaydi. Tamillar Shri-Lankada XII asrgacha hukmronlik qiladi. 1505-yili orolda portugallar paydo boiishdi va XVI asrning oxirida orolni mustamlakaga aylantirishadi. XVII asrda Shri-Lankani gollandlar egallab olishdi. 1802-yilda orol Buyuk Britaniyaga tobe bo‘ldi. 1948-yilda Seylon Britaniya hamdo‘stligi tarkibidagi mustaqil davlat deb e’lon qilindi. 1972-yildan mamlakat Shri-Lanka Respublikasi deb atala boshlandi. Tamillar va singallar o‘rtasidagi etnik mojarolar XX asming 80-yillari boshlarida fuqarolar urushiga aylandi. Fuqarolar urushiga barham berilgan bo‘lsada, hanuzgacha ikki tomon o‘rtasida keskinliklar mavjud.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.