Bangladesh 

8 140

 Rasmiy nomi — Bangladesh Xalq Respublikasi. Poytaxti — Dakka. Hududi – 147,6 ming km.kv. Aholisi – 161,1 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili bengal, ingliz. Dini — islom. Pul birligi — taka.
   Geografik joylashuvi va tabiati. Osiyo janubida joylashgan davlat. Janubi sharqda Myanma, g‘arbda, shimolda va sharqda Hindiston bilan chegara- dosh. Bengal ko’rfazi mamlakatning janubini yuvib turadi. Bangladesh — tekisliklardan iborat mamlakat. Uni ko’p sonli daryolar kesib o’tadi. Ulardan eng yiriklari Gang va Braxmaputra. Mamlakat maydonining 1/10 qismini Chittagong tepaliklari egallagan. Baland tog’i — Modok-Mual (1003 m).
  Iqlimi — subekvatorial, mussonli. Hududning 14% ini tropik o‘rmonlar egallagan, palma va mangr daraxtlari keng tarqalgan. Hayvonot dunyosi boy. Bu yerda maymun, lemur, bengal yo‘lbarsi va ayiq, chiyabo‘ri, yo‘l-yo‘l sirtlon, to’ngiz, fil, timsoh kabi jonivorlarni uchratish mumkin. Qushlaming 700 dan ziyod turi va ilonlar keng tarqalgan.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Bangladesh Buyuk Britaniya boshqarayotgan Millatlar Hamdo‘stligi tarkibiga kiruvchi parlamentar respublika. Davlat boshlig‘i — parlament tomonidan 5 yil muddatga saylanadigan prezident. Hukumat boshlig‘i — premyer-ministr. Bangladesh tarkibiga 19 okrug kiruv­chi 4 viloyatga boiingan. Asosiy portlari: Kxulna, Chittagong. Siyosiy partiyalari: Bangladesh Milliy partiyasi, Xalq ligasi, Milliy partiya, Bangladesh millatchilar partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Bangladesh — agrar mamlakat. Tamaki, choy, shakarqamish yetishtiriladi. Asosiy madaniy o’simliklar: sholi, bug‘doy, dukkaklilar. Sanoat tarmoqlarida to’qimachilik, qog’oz, shakar, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Metallga ishlov berish, metallurgiya, sement, neftni qayta ishlash zavodlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bulardan tashqari kemasozlik, oziq-ovqat, avto va ra­dio yig’ish korxonalari ham mavjud. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya, Singapur.
  Tarixi. Bengal qabilalari Quyi Gang vodiysiga m.a. 1000-yilda kirib kela boshladilar. Keyinchalik Vanga davlati tashkil topdi. Bangladesh bu yerda islomni tarqatgan boburiylar hukmronligi ostida qoladi. 1757-yilda mamlakat ingliz mustamlakachilari hukmronligiga itoat etishga majbur bo‘ldi. 1947-yilda Sharqiy Bengaliya hududlari Pokistonga qo’shib yuborildi. «Bengallar yeri» (Bangladesh) 1971 -yilda mustaqil Xalq respublikasi deb e’lon qilindi. 1975-yilda harbiy holat tartibi e’lon qilinadi. 1978-1979-yillarda fuqarolik boshqaruvi tiklanadi. 1982-yilda harbiy to‘ntarish oqibatida mamlakatda har­biy tuzum o’rnatildi. 1988-yili Bangladesh islom respub­likasi deb e’lon qilinadi. 2007-yili harbiylar hokimiyatni o‘z qo`liga olib korrupsiyaga va siyosiy vaziyatni sog’lomlashtirishga qaratilgan bir qator favqulodda choralar ko’rishdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.