O‘rta Osiyo o‘simliklari 

14 131

O‘rta Osiyo o‘lkasida 9000 ga yaqin o‘simlik turi bor. Lekin tekisliklarda o‘simlik turlari kam — 1000 turga yaqin. Тog‘larda esa qalin va turlarga boy 8000 dan ortiq o‘simlik mavjud.

O‘rta Osiyoning relyef va o‘simlik xaritalariga nazar tashlasangiz, uning yerusti tuzilishida 4 ta mintaqa — tekislik-dasht, chalacho‘l, cho‘l hamda adir, tog‘ va yaylov tabiiy geografik komplekslari ko‘zga yaqqol tashlanadi. Ana shu komplekslarning har biri o‘ziga xos agroekologik sharoitga ega bo‘lib, ularni bir-biridan yaqqol ajratuvchi eng asosiy tabiiy komponent o‘simliklar dunyosidir.

O‘rta Osiyoning barcha tog‘larida yagona qonuniyat saqlanib qoladi — 3 ta balandlik mintaqasi — adir (tog‘oldi), tog‘ va yaylovyaqqol ko‘zga tashlanadi.

O‘rta Osiyoning shimoliy tekislik qismlarini dasht va chalacho‘l zonalari egallagan. Ular Orol dengizining shimoliy kengliklarida cho‘llar bilan almashinadi.

Dasht o‘simliklari O‘rta Osiyoda Qozog‘iston past tog‘larining 52° shimoliy kenglikdan shimoldagi yerlarda tarqalgan. Bu yerda janubiy qora tuproqlar ustida boshoqli o‘t o‘simliklari o‘sadi. Bular orasida qizg‘ish chalov, betaga, yaltirbosh va qo‘ng‘irbosh  ko‘p bo‘lib, quruqroq toshloq tuproqlarda shuvoq o‘sadi. Butachalardan qarag‘an, tobulg‘i, itbodom va boshqalar uchraydi.

Chalacho‘l o‘simliklari shimolda 52° shimoliy kenglikdan janubda 48° shimoliy kenglikkacha bo‘lgan yerlarda tarqalgan. Bu yerda cho‘l o‘simliklarini ham, dasht o‘simliklarini ham uchratish mumkin.

Bu yerda boshoqli o‘tlardan shuvoq, izen, chalov,  qo‘ng‘irbosh aralash o‘sgan yerlar ko‘p. Sho‘rlangan qo‘ng‘ir tuproqlarda oq shuvoq, boyalich, qora shuvoq, burgan o‘simliklari keng tarqalgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.