Cho‘l o‘simliklari
Cho‘l o‘simliklari. O‘rta Osiyo hududining g‘arbiy qismi juda katta tekislikdan
iborat bo‘lib, u yerda qumli, toshloq (giрsli), gilli cho‘llar tarqalgan. Ko‘p
yerlarni, ayniqsa, pastroq gilli yerlarni sho‘ra o‘simliklar o‘sadigan
sho‘rxoklar egallagan.
Qumli cho‘l
o‘simliklari. O‘rta Osiyoda qumli cho‘llar Bo‘rsiq cho‘llari, Mo‘yinqum, Qoraqum, Sariqsuv va Balxashbo‘yi qumlari, Orolbo‘yi Qoraqumi, Unguzorti Qora- qumi hamda Qizilqumning katta maydonlarini egallaydi.
Qumli
cho‘llarning katta qismida qumda o‘suvchi o‘simliklar: daraxtlardan oq saksovul
(ba’zan bo‘yi 6-7 metrga yetadi), yirik
juzg‘un ko‘p. Butalardan qum akatsiyasi,
chala butalardan shuvoq, pechak va sho‘raklar juda ko‘p tarqalgan. Bu yerda o‘tlar orasida
iloq, lola, boychechak, gulsapsar, boshoqlilardan qo‘ng‘irbosh, arpag‘on ko‘p.
Toshli,
ya’ni giрsli cho‘llar kichikroq maydonni egallaydi. Ular Ustyurt, Qorsoqboy,
Betbaqdala, Mang‘ishloq, Qoraqum, Qizilqumdagi qoldiq tepalik va past tog‘
etaklarida keng maydonlarni egallagan.
Тoshli
cho‘llarda o‘simliklar siyrak bo‘lib, faqat shuvoq, chala buta shaklidagi
sho‘raklar, tuyatovon, kermak, toshbaqatol, kavrak kabi o‘simliklar o‘sadi.
Shuvoq ko‘p uchraydi.
Sho‘rxok
cho‘l o‘simliklari. Sho‘rxok yerlarda, asosan, sho‘ralarning ba’zi turlari: bir
yillik sho‘rak, qorabargo‘t, qizil
sho‘ra, yer bag‘irlab o‘sadigan chala buta
sarisazan, shuningdek, ajriq, qora saksovul, burgan o‘sadi.
Lyossli
cho‘l yoki efemer cho‘l o‘simliklari. Efemer cho‘llar O‘rta Osiyoning qalin soz tuproq (lyoss) qatlamlari mavjud bo‘lgan sharqi va janubidagi tog‘ etaklaridagi tekisliklarda tarqalgan. Ular Mirzacho‘lda, Zarafshon vodiysida, Badxiz cho‘lida, Kopetdog‘ oldida, Murg‘ob — Amudaryo oralig‘ida, Тoshkent yaqinidagi Keles tekisligida, shuningdek, Qashqadaryo hamda Surxondaryoning tog‘oldi hududlaridagi qalin lyossli yerlarda uchraydi.
O‘rta
Osiyoning efemer cho‘llarida rang va qo‘ng‘irbosh boshqa
o‘simliklarga qaraganda ko‘p uchraydi. Bu yerda boychechaklar, ayiqtovon,
arpag‘on, mortuq, chitir, lolalar va boshqa ba’zi o‘simliklar o‘sadi.
Тo‘qay
o‘simliklari. O‘rta Osiyoning tekislik qismidagi daryo vodiylarida, ko‘llar bo‘yida to‘qay o‘simliklari ko‘p o‘sadi. Bu yerlarda namlik, issiqlik, yorug‘lik va oziqa moddalarning yetarli bo‘lishi o‘ziga xos tabiiy kompleks — to‘qaylarni vujudga keltirgan.
Тo‘qaylarda
o‘simliklarning 3 turi: daraxt, buta va o‘t o‘simliklari o‘sadi.
Daraxtlardan, asosan, turang‘il, tol va jiyda eng ko‘p tarqalgan. Butalar
yulg‘un, jing‘il va oqtikandan iborat. Qayirlarning pastki qismidagi sernam
yerlarda, asosan, qamish yoki qo‘g‘a,
balandroq va quruqroq yerlarda yirik g‘allagulli o‘simliklar — savacho‘p,
oqbosh, yantoq, qizilmiya va boshqa o‘t
o‘simliklari o‘sadi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.