Finlyandiya
Rasmiy nomi — Finlyandiya Respublikasi. Poytaxti — Xelsinki. Hududi — 338145 km.kv. Aholisi – 5,2 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — fin va shved. Dini — lyuteranlik (90%). Pul birligi — yevro.
Geografik joylashuvi va tabiati. Shimoliy Yevropadagi davlat. Janub va sharqda Rossiya (chegaraning uzunligi — 1313 km), shimolda Norvegiya (729 km), g‘arbda Shvetsiya (586 km) bilan chegaradosh. Mamlakatning g‘arbini Botnik qo’ltig’i, janubini Fin qo‘ltig‘i suvlari yuvib turadi. Chegaraning umumiy uzunligi — 2628 km, sohilining uzunligi — 1126 km. Mamlakat hududining katta qismi tekisliklardan iborat. Hududning 30% ini botqoqliklar tashkil etadi. Mamlakatning shimoliy g‘arbida Laplandiya joylashgan, relyefi tog‘li hududlarda o’zgaradi. Shu tog’larda mamlakatning eng yuqori nuqtasi — Xaltiotunturi (1328 m) tog‘i joylashgan. Finlyandiya — ko‘llar mamlakati. 60000 ga yaqin ko‘l bor. Ko‘llarning eng yiriklari — Pyayyanne, Sayma, Inari, Piyelinen. Asosiy daryolari — Tornio, Kemi, Oulu. Mamlakat hududida titan, magniy, mis, rux, temir, nikel rudalari topilgan. Muhim tabiiy boyliklaridan biri yog’ochdir. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 8% ini, o’rmonlar 76% ini tashkil etadi.
Iqlimi — mo‘tadil, shimolida kontinental. Finlyandiya hududining katta qismini o’rmonlar tashkil etadi. 0‘rmonlarda qarag‘ay, archa, eman, zarang, qoraqayin, qoraqarag‘ay, shimolida tundra o‘simliklari o’sadi. Shimol bug‘usi, los, olmaxon, quyon, tulki, qunduz, ayiq, bo‘ri, silovsin, 250 ga yaqin parranda va qush turlari hayvonot olamini tashkil etadi. Daryo va ko‘llarida turli baliqlar ko‘p.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — parlament respublikasi. Finlyandiya ma’muriy jihatdan 5 ta lyan (guberniya)ga, muxtoriyat huquqiga ega boigan Aland orollariga bo‘linadi. Lyanlar kixlakunta (uyezd)larga bo‘lingan. Finlyandiya 1917-yil 6-dekabrda mustaqillikka erishadi (awal Rossiya mustamlakasi). 6-dekabr milliy bayram — Mustaqillik kuni hisoblanadi. Qonunlar shved umumiy huquqiga asoslangan. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig‘i) va Bosh vazir boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ — parlament (bir palatali). Yirik siyosiy partiyalari: Finlyandiya markazi, Finlyandiya sotsial-demokratik partiyasi, Milliy koalitsion partiya, Liberal xalq partiyasi, Finlyandiya qishloq partiyasi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Finlyandiya qayta ishlash tarmoqlariga asoslangan rivojlangan bozor iqtisodiga ega. Bundan tashqari mashinasozlik, kemasozlik, kimyo, oziq-ovqat, to’qimachilik sanoatlari rivojlangan. Yog‘och va bir qator qazilma boyliklarni hisobga olmaganda Finlyandiya xomashyo va energiya importiga qaram. Iqlim sharoiti tufayli qishloq xo‘jaligi don yetishtirish va chorvachilik bilan cheklangan. 2012-yil YIM miqdori 186,5 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 35,3 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Yaponiya, Rossiya.
Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 5924 km, avtomobil yo‘llari — 78400 km, ichki suv yo‘llari — 3700 km. Asosiy portlari: Kotka, Turku, Xelruxi.
Tarixi. I asrning oxirlarida Estoniyadan kelgan fmlar hozirgi Finlyandiyaning janubiy hududida o‘mashishadi. 800-yillarga kelib fmlar Kareliyagacha yetib borishadi va fm-ugor guruhiga mansub boshqa elatlar bilan aralashib ketishadi. Keyinroq mamlakat janubini vikinglar egallashadi. 1150-yilda Finlyandiya to‘liq Shvetsiyaga qaram bo‘ladi. Shvetsiya Finlyandiyaga xristianlikni olib keladi. 1809-yilda Finlyandiya rus podshosi Aleksandr 1 tomonidan bosib olinadi. Awaliga Finlyandiya ma’lum avtonomiyaga ega bo’ladi. XIX asming oxirlarida Finlyandiyada majburiy ruslashtirish siyosati amalga oshirila boshlaydi. Rossiyada inqilob bo’lgach, Finlyandiya mustaqillikka erishadi va qisqa muddatli monarxiyadan so‘ng mamlakat respublika deb e’lon qilinadi. Sovet-fin urushida Finlyandiya mag‘lubiyatga uchraydi. Ikki o‘rtada tuzilgan sulhga ko’ra Finlyandiya Kareliya va Laplandiyadan ajraydi. 1960-yilda Finlyandiya Skandinaviya davlatlarining umumiy bozoriga a’zo bo‘ladi.
Finlandiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatildi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.