Islandiya 

10 011

 Rasmiy nomi — Islandiya Respublikasi. Poytaxti — Reykyavik. Hududi — 103000 km.kv. Aholisi- 300941 kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili — island. Dini — lyuteranlar (95%), protestantlar (2%), katoliklar (1 %). Pul birligi — island kronasi.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Islandiya Atlantika okeanining shimoliy qismidagi Islandiya orolida joylashgan. Orol yuzasini vulqonli tog`liklar, ko‘p sonli muz bilan qoplangan tog‘li massivlar egallagan. Orolda 200 dan ortiq vulqonlar qayd etilgan, ularning ko‘plari — Gekla, Lake, Askya va boshqalar harakatdagi vulqonlardir. Gidroenergiya resurslari va baliq mamla­katning asosiy tabiiy resurslari hisoblanadi.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishiga ko‘ra parlamentar respublika. Ma’muriy jihatdan 23 okrugga boiinadi. 1944-yil 17-iyunda Daniyadan ajralib, mustaqillikka erishgan. (Milliy bayrami — Respublika e’lon qilingan kun.) Ijro etuvchi hokimiyatni prezident (davlat boshlig‘i) va premyer-ministr boshqaradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — ikki palatali (yuqori va quyi) parlament (Alting)dan iborat. Asosiy siyosiy partiyalari: Mustaqillik partiyasi (MP), Progressiv partiya (PP), Islandiya sotsial-demokratik partiyasi (ISDP), Xalq ittifoqi (XI).
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodi amaliy jihatdan baliqchilik va baliqni qayta ishlash bilan cheklangan. Asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlari kartoshka va sholg‘om. Qo‘ychilik va sut yetishtiradigan chorvachilik ham rivojlangan. 2012-yil YIM miqdori 10,6 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 35,7 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Norvegiya, AQSH, Yaponiya.
Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi — 12343 km. Dengiz portlari: Keblavik, Reykyavik, Seydisfordyur.
 Tarixi. Islandiya yerlari VIII asrda irland monaxlari tomonidan ochilgan, 865-yilda esa bu hududlarga norveglar ko‘chib kelgan. 930-yilda mustamlakachilar orolda respublika barpo etdilar. Taxminan 1000-yilda mamlakatda dastlabki xristian missionerlari paydo bo’ldi. 1262-yilda Islandiyada Norvegiya qirolligi hukmronligi o‘rnatildi. 1397-yili Daniya hukmronligi ostiga o‘tdi. 1944-yili Daniya-Islandiya uniyasi bekor qilindi va Islandiya mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.