Daniya 

11 365

  Rasmiy nomi — Daniya Qirolligi. Poytaxti — Kopengagen.  Hududi – 43,1 ming km.kv.   Aholisi – 5,4 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — dat. Dini — lyuteranlar (91%), katoliklar (2%).     Pul birligi — daniya kronasi.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Daniya Yevropa qit’asining shimoli g‘arbida, Yutlandiya yarimoroli va uning atrofidagi orollarda joylashgan davlat. Janubda Germaniya bilan chegaradosh. Janubi sharqda Boltiq dengizi, g‘arbda Shimoliy dengiz bilan tutashgan. Mamiakat shimolida Skagerrak bo‘g‘ozi joylashgan, sharqida Kattegat va Erusunn bo‘g‘ozlari Daniyani Shvetsiyadan ajratib turadi. Bundan tashqari, Grenlandiya va Faryer orollari ham o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan Daniya Qirolligi yerlari hisoblana­di. Daniya maydoni asosan tekisliklardan iborat. Asosiy tabiiy boyliklari: neft, tabiiy gaz, tuz va baliq.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. Mamiakat 14 ta amtomlarga bo‘lingan. Davlat boshlig`i — Daniya Qirolichasi. Ijroiya hokimiyat Bosh ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Qirolicha va bir palatali parlament — folketingga tegishli. Asosiy siyosiy partiyalari: Daniya Sotsial-Demokratik partiyasi, Konservativ Xalq partiyasi, Radikal So‘l partiya, Xristian Xalq partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Daniya dunyoning sanoati yaxshi rivojlangan davlatlaridan biridir. Qishloq xo‘jaligi ham yuksak rivojlangan texnologiyalar bilan ta’minlangan. Qishloq xo‘jaligida band boigan aholi Daniya umumiy aholisining 6% ini tashkil etadi. 2012-yil YIM miqdori 200,6 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 36,7 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Daniya qishloq xo‘jaligi o‘zini oziq-ovqat mahsulotla- riga bo‘lgan ehtiyojini to‘la ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligining asosiy mahsulotlari: kartoshka, don, qandlavlagi, go‘sht va sut mahsulotlari. Daniyada baliqchilik ham juda yaxshi rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: Shvetsiya, Norvegiya, AQSH va YI davlatlari.
  Tarixi. Bugungi Daniya hududidagi ilk davlatlar VI asrda tashkil topgan. XI asrda Angliya va Norvegiya ham Daniya nazorati ostiga tushib qoldi. Daniya qiroli Sven II XII asrda xristian dinini qabul qildi. XIV-XV asrlarga kelib Daniyaga Germaniyaning ta’siri kuchaydi. XVII asrda Boltiq dengizida hukmronlik uchun Daniya va Shvetsiya o‘rtasida davom etgan kurash Daniyaning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. 1849-yil Daniya Konstitutsiyasi qabul qilindi va konstitutsion monarxiya davlati deb e’lon qilindi. Konstitutsiya qirol hokimiyatini ancha chekladi. 1915-yil Daniya ayollari saylash huquqiga ega bo‘lishdi. Daniya o‘z betarafligini saqlashga harakat qilsa-da, 1940-yilning 9-aprelida nemis-fashistlari uni bosib olishdi. 1945-yil 5-mayda Daniya ozod qilindi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.