Janubi-g`arbiy Osiyo mamlakatlari 

27 578

Hududi, siyosiy xaritasi, geografik o`rni 
  Janubi-g'arbiy Osiyo mintaqasi tarkibiga Yaqin va O'rta Sharq hamda Kavkazortining 20 mamlakati kiradi. Davlatlar soniga ко`rа mintaqa Osiyodagi eng yirik subregiondir.
Janubi-g'arbiy Osiyoning maydoni 7 mln. kv. km. dan, aholisi esa 361 mln. (2013-yil iyul oyiga nisbatan) kishidan ortiqdir.
 Janubi-g'arbiy Osiyo hududi shimoliy va sharqiy lomonlarida materikka tutashgan, g'arbiy va janubiy tomonlarida esa katta masofada dengizlar bilan o‘ralgan. Undagi Armeniya, Afg'oniston va Ozarhayjondan tashqari - boshqa barcha mamlakatlarning dunyo dengizlariga chiqa olish imkoniyatlari Janubi-g'arbiy Osiyo IGO'ning qulayligini ta’minlaydi. Janubi-g’arbiy Osiyoda maydoni va aholisi ko‘pligiga ko'ra Eron, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Iroq yirikvaaksincha, Baxrayn, Kipr, Qatar kichik mamlakatlari hisoblanadi, Isroil Kipr, Turkiyaiqtisodiy jihatdan imkoniyatlau yaxshi va aksincha, Yaman, Afg'oniston nochor mamlakatlar qatorida turadi. Shuningdek, Fors qo'ltiqbo'yi mamlakatlari neft qazib chiqaradigan va undan katta daromad oladigan davlatlardan sanaladi.
  Mintaqa hududining tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari xilma-xil va hududiy jihatdan katta tafovutlaiga ega. Mintaqaning o`rta va janubiy kengliklaridagi qaqrab yotgan keng hududlardan esa faqat tuya va mayda mollar yaylovi sifatida foydalaniladi. 
  Janubi-g'arbiy Osiyoning mineral resurslari - xilma-xil qaziima boyliklardan: xrom (Turkiya), polimetall rudalari (Eron va Turkiya), fosforit va kaliy tuzlari (Isroil, lordaniya) kabilarning anchagina zaxiralari bor. Ammo mintaqaning asosiy boyligi neft va tabiiy gazdir. Fors qo'ltiqbo'yi mamlakatlarining yer bag'rida jahon neft zaxiralarining 2/3 qismi to'plangan. Neft zaxiralarining hajmi bo'yicha jahonning birinchi «beshligini» Saudiya Arabistoni, Quvayt, Iroq, Eron va Birlashgan Arab Amirliklari davlatlari tashkil qilishining o'zi qo'ltiqbo'yi mamlakatlarining bu masaladagi mavqeyi naqadar yuqori ekanligini ko'rsatadi.
  Shu bilan birga, mintaqa mamlakatlari ishlov beriladigan yer va suv resurslariga juda kambag'al ekanligini ham ta kidlamoq kerak.
  Mintaqa aholisi, asosan, tabiiy o'sish hisobiga ancha tez ko`paymoqda Gruziya, Armaniya, Isroil va Kiprni hisobga, olmaganda, mintaqa mamlakatlari aholisi o'rtasidagi tug'ilish ko'rsatkichlari jahondagi eng yuqori darajalar (25-30 promille) ni tashkil qiladi.
  Aholisi soniga ko'ra mintaqa mamlakatlari turlicha kattalikka ega. Eron, Turkiya va Iroq mamlakatlarida mintaqa ahonsining salkam yarmidan ko`pi yashaydi.
  Mintaqa mamlakatlari bo ylab aholining joylashishida ham katta tafovutlar mavjud. O'rtacha har 1 kv.km. maydonga 52 kishidan to'g'ri kelgani holda, aholi  nisbatan zich yashaydigan O‘rtayer, Qora va Kaspiy dengizbo‘ylarida, tog' oralig'i vodiylari va suv bilan ta’minlangan vohalarda o'rtacha zichlik 50-100 kishidan (atlasga qarang) to g'ri keladi. Baland tog'li va janubiy cho'l hududlarida esa aholi ancha siyrak joylashgan - 1 kv. km. maydonda 1-10 kishi yashaydi Aholining aksariyat qismi o'troq holda sanoat, dehqonchilik va transport sohalarida xizmat qilsa, Arabiston yarim oroli, Eron va Afg'onistonnnig tog'li cho'llarida millionlab kishilar hamon o'z chorva mollari izidan ko'chmanchilik qilishadi.
  Janubi-g'arbiy Osiyoda aholining urbanizatsiya darajasi 70 % dan yuqori. Shahar aholisining salmog'i ko'pchilik mamlakatlarda 50-55 % dan oshmagani holda, Isroilda va iqlimi juda qurg'oqchil Quvayt, Baxrayn, Qatar kabi mamlakatlarda bu ko'rsatkich 91-98% ni tashkil qiladi. 
  Janubi-g'arbiy Osiyo aholisining milliy-etnik tarkibi juda murakkab. Unda bir millatli (ko'pchilik Arab davlatlari) hamda ko'p millatli (Afg'oniston, Eron Iroa. Turkiya) mamlakatlar mavjud bo'lib, ularda ko'proq arab, fors, turkiy, yahudiy tillarida so`zlashuvchi xilma-xil milliy guruhlar yashaydilar.
  Janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlari davlat tuzumiga ko'ra ham ancha xilma- xillikka ega. Agar Sauuiya Arabistomda teokratik mutlaq monarxiya, Qatar va Ummonda mutlaq monarxiya, Baxrayn, Iordaniya va Quvaytda konstitutsion monarxiya, Birlashgan Arab Ariurliklanda har 5 yilga saylab qo`yiladigan federativ monarxiya siyosiy boshqaruv tartibi mavjud bo'lsa, mintaqaning boshqa davlatlarida boshqaruvning respublika siyosiy tuzumi faoliyat ko'rsatmoqda.
 
Xo`jaligi, transporti va ichki tafovutlari
  Janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlarining ko'pchiligi yaqin agrar-industrial iqtisodiyotga ega. Ammo mamlakatlar xo'jaliklarining rivojlanish darajasida anchagina farqlar ham mavjud. Ayrim mamlakatlarda ko'p tarmoqli industrial ishlab chiqarish tashkil qilingan bo‘lsa (Isroil, Turkiya, Kipr), boshqa guruh mamlakatlar, asosan, bir-ikki  tarmoq - neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash sanoati (Fors qo itiqbo'yi davlatlari) asosida jahonning eng serdaromad davlatlari qatorida turadi. Boshqa mamlakatlardan Eron ko`p tarmoqli ilg`or iqtisodiyotni barpo qilish yo`lida ildam qadamlar qo`yayotgan bo`lsa, Afg`onistonda ishlab chiqarishning barcha sohalarida qoloqlik hukm surmoqda. Lekin asosiy guruh mamlakatlar (Livan, Iordaniya, BAA, Turkiya, Kipr, Isroil, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iroq) xalqaro turizmni YIM ishlab chiqarishdagi asosiy tarmoq sifatida tez suratlarda rivojlantirmoqda. 
  Sanoati. Janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlarining asosiy undiruvchi sanoat tarmog'i, shubhasiz, neft qazib chiqarish va uni qayta ishlashdir. Fors qo'ltig`i mamlakatlarida mazkur sanoatning naqadar katta ahamiyatga egaligini quyidagi ko`rsatkichlar ham bildiradi: agar jahonda bir yilda har bir aholi jon boshiga 0,5 t dan neft qazib chiqarilayotgan bo'lsa, bu mamlakatlarda ushbu ko'rsatkich 3,3 ming t. dan ko'proqni tashkil qilmoqda. Ushbu mamlakatlarda 2012-yilda jami 1150 mln. tonnaga yaqin neft qazib olindi. Tabiiyki, qazib chiqarilayotgan neftning katta qismi xomashyo holatida eksportga, birinchi navbatda, G'arbiy Yevropa, Yaponiya va AQSHga yuboriladi. Shu bilan birga, BAA, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Eron kabi mamlalatlarda yirik neftni qayta ishlash korxonalari ham tobora ko'plab qurila boshlandi. Hoziigi vaqtda Fors qo'ltiqbo'yi mamlakatlarida jami 500 mln. t gacha neft qayta ishlanmoqda. Bu qazib chiqarilayotgan neftning 45 %i demakdir. Asosan, Sharqiy Afrika va Janubiy Osiyo ajnabiy yo`llanma ishchilari xizmat qilayotgan bu tarmoq Saudiya Arabistoni, Eron, Quvayt, BAA kabi mamlakatlar eksportining 90-95 foizini ta’minlanmoqda.
  Ishlov beruvchi sanoat ko'proq Turkiya, Isroil, Eron, Kavkazorti res­publikalarida tarkib topgan. Ularda qadimiy sanoat tarmoqlari - yengil (to'qimachilik) va oziq-ovqat sanoatlari bilan bir qatorda ko'pgina og'ir sanoat tarmoqlari ham nisbatan yaxshi rivojlangan. Metallurgiya Turkiya, Gruziya va Eronda, mashinasozlik Turkiya va Isroilda, kimyo sanoati Turkiya, Ozarbayjon va Eronda katta o'rin tutadi.
  Fors qo'ltiqbo'yi mamlakatlarida neft va tabiiy gaz asosida issiqlik elektr energiyasi, neft kimyosi tarmoqlari tez rivojlanmoqda. Mintaqaning deyarli barcha mamlakatlari sanoatida yengil va oziq-ovqat sanoati eng katta ahamiyatga egadir. Mamlakatlarning yengil sanoatida to’qimachilik, ayniqsa, jun va charmdan tayyor ust-bosh kiyimlari va trikotaj ishlab chiqarishning o‘rni katta. Bunda milliy hunarmandchilik (gilam to'qish, kashtachilik mahsulotlari, metall buyumlari) ayniqsa, Eron, Turkiya, Kavkazorti respublikalarida yaxshi rivojlangan.
  Qishloq xo'jaligi Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotida muhim o'rin tutadi. Bi.oq, bu tarmoq aksariyat mamlakatlar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli ta’minlay olmaydi. Suv tanqisligi ana shunday oqibatlarni asosiy sababchisidir. Hozirgi ilg'or gidrotexnika usullaridan Isroil (tomchilatib sug'orish), Suriya, Iroq (Frot daryosi suvlaridan sug'orishda foydalanish), Saudiya Arabistoni, Quvayt (dengiz suvini chuchuklashtirish) mamlakatlaridaguia ma’lum darajada foydalanilmoqda.
  Qishloq xo'jaligining asosiy tarmog'i dehqonchilik Turkiya, Kipr, Livan, Isroil va Kavkazorti respublikalarida, chorvachilik esa arab davlatlarida rivojlangan.
   Asosiy oziq-ovqat ekinlari bo'lgan donli ekinlardan: bug'doy, arpa, makka­jo'xori, sholi, tariq ko'proq Turkiya, Eron, Suriya, Iroq, Afg'onistonda ekiladi. Texnik ekinlardan: paxta, moy beruvchi ekinlar Turkiya, Suriya, Iroq, Ozarbayjon, Eronda, qandlavlagini Turkiya, Kavkazorti respublikalarida ekish ahamiyatli.
  Janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlarida transport nisbatan yaxshi rivojlanmagan. Eng ommaviy transport hisoblanadigan temiryo'l transporti, asosan, Turkiya, Eron, Kavkazorti Respublikalari uchun ahamiyatli. Shu bilan birga, Afg'oniston va ko'pgina Arab mamlakatlarida temiryo'llar umuman yo'q. Avtomobil transporti ham Turkiya, O'rtayer dengizbo'yi va Kavkazorti mamlakatlari hamda arab arab davlatlarida tez rivojlanmoqda. Dengiz transporti esa ma’lum darajada Eronda, Turkiyada ahamiyatliroq. Boshqa davlatlarda esa ular dengiz bo'yida joylashgan bo'lishlariga qaramay, bu transport tarmog'i juda kuchsiz. 
  Janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish xususiyatlariga ko'ra ko'p tarmoqli va tor ixtisosli mamlakatlar guruhlariga bo'linadi. Ko'p tarmoqli mamlakatlar guruhi mintaqaning shimoli va shimoli-g'arbida joylashgan Turkiya, Isroil, Eron, Livan, Kipr, Suriya, Iroq hamda Kavkazorti respublikalaridan tashkil topgan. Ularda ishlov beruvchi sanoat ko'proq rivojlangan. Qishloq xo'jaligi va transport ham nisbatan yaxshi iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega. Har bir mamlakatda yaxshi rivojlangan rayonlar bilan birga ancha sust rivojlangan hududlar ham mavjuddir. 

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.