Masshtab 

30 261

  Siz o‘rtog‘ingizga avtobus bekatidan uyingizgacha bo‘lgan yo‘lni qog‘ozga chizib ko‘rsatmoqchisiz. Albatta, bu yo‘l, uncha uzoq bo‘lmasa ham qog‘ozga sig‘maydi. Demak, yo‘lni kichraytirib chizishga to‘g‘ri keladi. Bunda Sizga masshtab yordam beradi. Masshtab joydagi masofaning chizmada, plan va xaritada tasvirlaganda necha marta kichraytirilganligini ko‘rsatuvchi kasr sondir. Avtobus bekatidan Sizning uyingizgacha bo‘lgan masofa 550 m. Uni qisqartirib chizmada 5,5 sm qilib chizdingiz. Siz, masofani 10 000 marta qisqartirdingiz. Shunda masshtab 1:10 000 bo‘ladi. Har qanday xarita va joyplan ida uning masshtabi, ya'ni masofalar necha marta qisqartirilgani yozib qo‘yiladi.
  Masshtab uch xil ko‘rinishda bo‘ladi: sonli masshtab, nomli masshtab va chiziqli masshtab.
 Chiziqli masshtabdan foydalanish eng qulay. Chiziqli masshtab teng qismlarga bo‘lingan to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘ladi. Agar bu masshtab 1 sm da 100 m deb yozilsa, nomli masshtab deb, 1:10 000 deb yozilsa, sonli masshtab deb ataladi.
Yarimsharlar tabiiy xaritasining sonli masshtabi 1:22 000 000. Bunda 1 sm da necha km borligini aniqlash uchun 5 ta nolni o‘chiramiz. Shunda nomli masshtab 1 sm da 220 kilometr bo‘ladi.
  Chiziqli masshtabdan masofani aniqlashda foydalanish uchun sirkulning ikki uchini xaritadagi oraliq masofa aniqlanishi lozim bo‘lgan nuqtalarga qo‘yib, so‘ng uni masshtabga ham qo‘yiladi. Shunda masofa aniq bo‘ladi.
Azimut bo‘yicha yurish.
 Geografik o‘yin vaqtida Sizga yakka turgan daraxtdan 40° li azimut bo‘yicha 200 m, so‘ngra 180° li azimut bo‘yicha 500 m va 330° li azimut bo‘yicha 300 m yurish topshirildi, deylik.
 Azimut bo‘yicha yurganda ishni quyidagi tartibda boshlash kerak. Avvalo, yakka daraxt yoniga boriladi. So‘ng kompas strelkasini bo‘shatib, uning shimol uchini 0 nuqtasiga to‘g‘rilanadi. Keyin cho‘p olib (gugurt cho‘pi bo‘laveradi), uni kompas ustiga shunday qo‘yish kerakki, cho‘p strelka markazi bilan 40° li belgini tutashtirsin. Shunda cho‘p yo‘nalishi 40° li azimut yo‘nalishini ko‘rsatadi. Sizning o‘rtacha qadamingiz yarim metr edi. Endi, Siz 200 m yurish uchun 400 qadam tashlaysiz. Keyin, to‘xtab kompasni yana oriyentirlaysiz, ya'ni shimolni ko‘rsatuvchi strelkani 0° ga keltirasiz. So‘ng cho‘p bilan 180° belgini strelka markazi bilan tutashtirib, 180° li azimutni topasiz va kerakli masofani yurib o‘tasiz. Keyingi azimut bo‘yicha yurish ham shu tartibda bajariladi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.