G`arbiy Samoa 

3 397

  Rasmiy nomi — Samoa Mustaqil Davlati. Poytaxti — Apia. Hududi — 2831 km3. Aholisi – 177 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili — samoa va ingliz. Dini — aholisining yarmidan ko‘prog‘i protestantlar, katoliklar (55%). Pul birligi — tala.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Samoa arxipelagining g‘arbiy qismidagi orollarda joylashgan. Okeaniyaning janubi sharqidagi davlat. Orollar relyefi sohil tekisliklaridan va vulqonli tog`lardan iborat.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. Mamlakat ma’muriy jihatdan 11 ta okrugga bo‘lingan. 1962-yil mustaqillikka erishgan. Qonunchilik ingliz umumiy huquqi va mahalliy an’analarga asoslangan. Davlat boshlig‘i       5 yilga parlament tomonidan saylanadi. Ijro etuvchi hokimiyat premyer-ministr boshchiligidagi hokimiyatga tegishli. Asosiy siyosiy partiyalari: Inson huquqlarini himoya qilish partiyasi (IHHQP), Xristian-demokratik partiya (XDP), G‘arbiy Samoa milliy partiyasi (G‘SMP).
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodining asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Sanoat ishlab chiqarishi kichik korxonalar va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va b. bilan cheklangan. Turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog‘iga aylanib  bormoqda. Asosiy savdo hamkorlari: Yangi Zelandiya, Avstraliya, Germaniya. Temiryo`llari yo‘q. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi — 2242 km. Asosiy portlarii: Apia, Asou.
  Tarixi. 1722-yilda gollandlar tomonidan kashf qilingan. Samoa orollari Buyuk Britaniya, AQSH va Germaniya o‘rtasidagi tortishuvlarga sabab bo‘lgan. 1899-yil dekabrda orollarning g‘arbiy qismi Germaniya qo‘l ostiga o’tdi. 1914-yil avgustda G‘arbiy Samoa o‘z hukmronligini 1962-yilgacha o‘rnatgan Yangi Zelandiya tomonidan bosib olindi. 1962-yil mustaqillikni qo‘lga kiritdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.