Fransuz polineziyasi 

4 183

  Rasmiy nomi — Fransuz Polineziyasi. Poytaxti — Papeete. Hududi — 4200 km.kv. Aholisi – 257 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili — fransuz. Dini — protestant-kalvinistlar (54%), katoliklar (30%). Pul birligi — afrika franki.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Fransuz Polineziyasi — Okeaniyada, Tinch okeanning sharqiy qismida joylashgan. Fransuz Polineziyasi bir-biridan uzoq masofada joylashgan, jami 130 oroldan iborat, 5 arxipelagdan tashkil topgan. Fransuz Polineziyasining bir qismi vulqonlar natijasida paydo bo`lgan, bir qismi esa marjon orollari hisoblanadi. Shamol yo‘lidagi tog‘ yonbag‘ri orollar, doim yashil o’rmonlar, shamoldan panadagi orollar qoyalar bilan o‘ralgan. Iqlimi — ekvatorial, tropik passatli. Foydali qazilmalardan fosfat va kobalt konlariga ega. 0‘simlik dunyosi — orollarnikiga xos. Pandanus, kakos, non daraxti, palma o‘sadi. Vodiylari tropik o‘rmonlari bilan band. Hayvonat dunyosi sudralib yuruvchilar va qushlarga boy. Bu yerda albatros, chayka, to‘ti, bulbul, kabutar va boshqalar ko‘p tarqalgan.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Fransuz Polineziyasi — Fransiyaning dengizorti avtonom hududi. Boshqaruv boshlig‘i — oliy komissar. Ijroiya hokimiyati rais boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi organ — Hududiy Assambleya (41 deputat). Ma’muriy-hududiy jihatdan 5 okrugga bo‘linadi. Siyosiy partiyalari: Sotsialistik partiya, Polineziya ittifoqi, Polineziya respublikasi uchun birlashuv.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodining asosini chet ellik turistlarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, gavhar eksporti tashkil etadi. 80-yilllarda orollarda fosfat va kobalt konlari ochildi. YIMda qishloq xo‘jaligining ulushi kam, mahsulotlarining asosiy qismini mayda xo‘jaliklar beradi. Vanil, ananas, banan yetishtiriladi. Baliqchilik rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, AQSH.  Asosiy dengiz porti — Papeeti (Tomti orolida).
   Tarixi. Taxminan 2000 yil oldin bu orollarda dastlab odamlar Samoa arxipelagidan suzib kelishgan. 1495-yil yevropaliklar (ispan Mendanya) tomonidan Fransuz Polineziyasi orollari tarkibiga kiruvchi Markaz orollari kashf etildi. Yevropaliklar dastlab XIII asrda kelib o‘mashishganlar. XIX asrning 40-yillarida orollaming asosiy qismini Fransiya bosib oldi va o‘z nazoratini o‘rnatdi. 1885-yildan 1958-yilgacha bosib olingan hududlar Fransuz Okeaniyasi deb nomlandi. 1958-yil mamlakat Fransiyaning dengizorti hududi maqomini oldi. Polineziya Fransuz gubernatori tomonidan 1977-yil martgacha boshqarildi, keyin ichki o‘z-o‘zini boshqaruv huquqini qo‘lga kiritdi, gubernator oliy komissarga almashtirildi. 1996-yilda Polineziya Fransiyaning avtonom hududi maqomini oldi. Fransiya orollar ustidan to‘la nazoratni o‘z qo`lida ushlab qoldi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.