Avstraliya 

23 218

Qo`shimcha ma`lumot
Rasmiy nomi - Avstraliya Ittifoqi. Poytaxti - Kanberra. Hududi - 7682300 km.kv. Davlat tili - ingliz. Dini - anglikanlar (26%), katoliklar (26%), protestantlar (20%), pravoslavlar (4%). Pul birligi -Avstraliya dollari.

Geografik joylashuvi va tabiati. Avstraliya materigi Tasmaniya va uning yonidagi mayda orollarda Yerning Janubiy yarim sharida joylashgan davlat. Shimolda Timor dengizi, Arafur dengizi va Torres bo‘g‘ozi, janubda — Bossa bo‘g‘ozi va Hind okeani, sharqda — Maijon dengizi, g‘arbda — Hind okeani bilan tutashib ketgan. Avstraliya sathi asosan tekisliklardan iborat, baland tog‘ massivlari yo‘q. Mamlakat sharqida, shimoldagi Keyp-Yorkdan janubdagi Boss bo‘g‘ozi va Tasmaniya orolida davom etgan umumiy uzunligi 3300 km boigan Katta suv ayiruvchi tizma joylashgan. Tizma Nyu-Inglend yassitog‘i, Moviy va Avstraliya tog`laridan tashkil topgan. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi Kostyushko (2228 m) tog‘i.

Iqlimi — subekvatorial, tropik va subtropik. O`simlik dunyosi boy — 20000 dan ortiq o‘simlik turlari mavjud. Mamlakat shimoli asosan tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Janubda, Avstraliya hududining o‘zida 500 turdan ortiq akatsiyalar o‘sadi. Hayvonot dunyosi ham boy bo‘lib, bu yerda o‘rdakburun, kenguru, xaltali hayvonlarning boshqa turlarini, dengizlarda akula, dengiz iloni, meduza kabi jonivorlarni uchratish mumkin.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — federal parlamentar davlat. Ijro etuvchi hokimiyat — Britaniya monarxi, general-gubernator, premyer-ministr. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — ikki palatali federal parlament (Senat, Deputatlar palatasi). Federatsiya 6 shtatdan iborat: Janubiy Avstraliya, G‘arbiy Avstraliya, Yangi Janubiy Uels, Viktoriya, Kvinslend, Tasmaniya hamda Shimoliy Hududlar va Avstraliya poytaxti federal hududi. Siyosiy partiyalari: Avstraliya milliy partiyasi, Avstraliya leyboristik partiyasi, Avstraliya liberal partiyasi, Avstraliya demokratik partiyasi.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Avstraliya bozor iqtisodi yuqori rivojlanishga ega bo‘lgan industrial-agrar mamlakat. Sanoatning rivojlangan sohalari: mashinasozlik, tog‘-kon, kimyo sanoati, oziq-ovqat, po‘lat quyish. Qishloq xo‘jaligi asosan eksportga ixtisoslashgan. Chorvachilik rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: Xitoy, Yaponiya, Misr, Indoneziya, MDH mamlakatlari.

Tarixi. Avstraliya aborigenlarining ajdodlari bu qit’aga 40000 yil muqaddam ko‘chib kelganlar. Avstraliya hududida yevropaliklar kelguniga qadar chor­vachilik, dehqonchilik va temir nimaligini bilmagan aborigen qabilalari istiqomat qilishardi. Ularning asosiy mashg‘uloti termachilik va ovdan iborat edi. XV1I1 asr oxirlarida mamlakat hududida 300000 aborigen yashagan. 1606-yili gollandiyalik dengizchi V.Yanszon yevropaliklardan birinchi bo‘lib Avstraliya qirg‘oqlariga yetib keladi. 1643-yilda yana bir golland dengizchisi A.Tasman mamlakatning shimoliy qirg‘oqlari va Tasman orolini o’rganib chiqdi. 1770-yilda ingliz kapitani J. Kuk Avstraliyaning sharqiy qirg‘oqlariga kelib tushdi va qit’ani Britaniya mulki deb e’lon qildi. XVIII asr oxirida Avstraliyada birinchi ingliz manzilgohi — Sidney shahriga asos solindi. Angliya Avstraliya hududidan mahbuslarini surgun qilish joyi sifatida foydalandi. 1901-yilning 1-yanvarida Angliyadan domi­nion mavqeyini olgan Avstraliya Ittifoqi tashkil topdi. I jahon urushi davrida Avstraliya qo‘shinlari Fransiya va Yaqin Sharqda olib borilgan harbiy harakatlarda ishtirok etdi. Urushdan so‘ng Avstraliya Nauru oroliga ega boidi. 1931-yilda Avstraliya Vestminster statutiga ko‘ra tashqi va ichki siyosatda to‘la mustaqillikni qoiga kiritdi. Avstraliya II jahon urushi davrida antigitlerchilar ittifoqi tarafida turib jang qildi. 1967-yilda aborigenlarga barcha fuqarolik huquqlari berildi. 1968-yil 1-martdan boshlab Avstraliyada Buyuk Britaniya dominionligi bekor qilingan bo‘lsa-da, u Hamdo‘stlik tarkibidan chiqmadi. 1998-2007-yillarda Avstraliyada respublika boshqaruv shaklini joriy qilish to‘g‘risida bir qator referendumlar o’tkazildi. Hozirgi kunda Avstraliya britan monarxi bosh bo‘lgan mutlaq mustaqil davlat.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.