Reyunion 

3 454

  Rasmiy nomi — Reyunion (Reyunon) (Fransiyaning dengizorti departamenti). Poytaxti Sen-Deni. Hududi — 2502 km.kv. Aholisi — 798968 kishi (2007). Tili — fransuz. Dini — islotn, xristianlik (katoliklar), buddaviylik, hinduiylik. Pul birligi — fransuz franki.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Reyunion — Madagaskardan sharqda joylashgan Hind okeanidagi vulqonli orol. Iqlimi — tropik. Orolning janubi g’arbiy qismi cho‘l-biyobonlardan iborat. Shimoli sharqiy tomonida hind xurmosi, temir va zaytun daraxlari, daraxtsimon paporotniklar va palmalar o‘sadi.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Dav­lat tuzilishi — Fransiyaning dengizorti departamenti. Orolni Fransiya tomonidan tayinlanadigan prefekt boshqaradi. 0‘z-o‘zini boshqarish organlari — Bosh va Mintaqaviy Kengashlar. Hududiy jihatdan ikki okrugga bo‘linadi. Siyosiy partiyalari: Kommunistik partiya, Demokratik tashkilotlar.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Qurilish mahsulotlari, shakar ishlab chiqarish zavodlari, konserva korxonalari faoliyat ko‘rsatadi. Baliqchilik va ovchilik rivojlangan. Shakarqamish, vanil va boshqa ekinlar yetishtiriladi. Mamlakat iqtisodiyotida turizm ham alohida ahamiyat kasb etadi. Importi: iste’mol va sanoat mahsulotlari. Eksporti: shakar, vanil, yorongul yog‘i va boshqalar. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya va YI mamlakatlari. Asosiy porti — Le-Por.
  Tarixi. Orol 1513-yil portugallar tomonidan ochilgan va bungacha bu yer kimsasiz bo’lgan. Reyunionning geografik jihatdan qulay (Yevropa va Afrika o‘rtasidagi dengiz savdo yo‘lida) joylashganligi rivojlanishini ta’minladi. 1869-yil Suvaysh kanalining ishga tushiri- lishiga qadar orol strategik jihatdan ahamiyati yuqori edi. 1642-yili fransuz dengizchilarining orolga tushishi natijasida orol Fransiyaga qo‘shib olindi va Burbon deb nomlandi. XVI1 asr oxirida qahva plantatsiyalarida ishlatish uchun Madagaskardan qullar olib kelindi. Fransiyaning respublika deb e’lon qilinishi bilan orol nomi Reyunion deb o‘zgartirildi. 1946-yil martida Reyunion «dengizorti departamenti» maqomini oldi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.