Markaziy Afrika Respublikasi 

5 973

 Rasmiy nomi — Markaziy Afrika Respub­likasi. Poytaxti — Bangi. Hududi– 623 ming km.kv. Aholisi – 4,4 mln kishidan ortiq (2012). Davlat till fransuz. Dini — katoliklar (25%), protestantlar (25%), majusiylar (24%), musulmonlar (15%). Pul birligi — Afrika franki.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Afrikaning markaziy qismida joylashgan davlat. Janubda Kongo Demokratik respublikasi (chegara uzunligi — 1577 km) va Kongo (467 km), shimolda — Chad (1197 km), sharqda — Sudan (1165 km), g’arbda — Kamerun (797 km) davlatlari bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 5203 km. Mamlakat hududining katta qismini Aburaseyn yassitog’ligi va keng vodiylar egallagan. Eng baland nuqtasi — Ngaya tog’i (1388 m). Shimolida botqoqli tekisliklar mavjud. Asosiy daryolari — Ubangi, Sanga. MARda olmos, oltin, uran, neft konlari bor. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 3%, o’rmon va butazorlar 64% ini tashkil etadi. Iqlimi — subekvatorial, mussonli. Savannalarida pishloq daraxti, tamarint, karite, barassa palmasi kabi daraxtlar va turli o’simliklar o’sadi. O’rmonlarida qimmatbaho qora va qizil daraxtlar o’sadi.  Fil, yovvoyi ho’kiz, antilopa, gepard, qoplon, arslon, jirafa, oq va qora karkidon, tuyaqush, flamingo, maymunlar, shoqollar, timsoh, qarqaralar hayvonot olamini tashkil etadi.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezident respublikasi. Mamlakat 16 prefek- turaga boiingan. MAR mustaqillikka Fransiyadan 1960-yil 13-avgustda erishdi (avvalgi nomi Markaziy Afrika Imperiyasi), qonunlari fransuz huquqiga asoslangan. Davlat boshlig’i — prezident. Prezident Bosh vazir rahbarligidagi hukumatni tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi oliy organi — Milliy Majlis (bir palatali parlament). Yirik siyosiy partiyalari: Markaziy Afrika xalqi ozodligi uchun harakat, Markaziy Afrika demokratik birlashmasi, Qora Afrikaning ijtimoiy evolyutsiyasi uchun harakat, Taraqqiyot uchun vatanparvarlar harakati.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Markaziy Afrika Respublikasi Afrikaning eng kambag’al davlatlaridan biri. Sanoatining eng muhim tarmoqlari tog’-kon sanoati (olmos umumiy eksport miqdorining yarmidan ko’pini tashkil etadi) va yog’ochni qayta ishlash (eksportining chorak qismi) sanoatidir. 66% mehnatga layoqatli bo’lgan aholi mashg’ul boigan qishloq xo’jaligi YIMning 40% ini ta’minlaydi. Eksport qilinadigan muhim qishloq xo’jalik mahsulotlari — paxta, qahva, tamaki. MARning iqtisodiy taraqqiyotini yomon infrastruktura, malakali ishchilarning yetishmasligi va hukumatning yaxshi o’ylanmagan iqtisodiy siyosati to’xtatib turibdi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Belgiya, Italiya, Yaponiya, AQSH, Jazoir. Temiryo’llari yo’q, avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi — 2200 km, ichki suv yo’llari — 800 km.
   Tarixi. Hozirgi MAR hududi 1895-yilda Ubangi-Shari nomli Fransiya mustamlakasi deb e’lon qilinadi. 1958-yilda Fransuz Hamdo’stligi doirasida muxtoriyatga ega boigan MAR 1960-yilda mustaqillikka erishadi. 1966-yilda davlat to’ntarishi natijasida hokimiyatga general Bokassa keladi. U 1976-yilda MARni imperiya deb e’lon qiladi. Hukmron rejimga qarshi muxolifatning kuchayishi 1979-yilda Bokassa diktaturasining qulashiga va respublika o’rnatilishiga olib keladi. 1981-yilda yana davlat to’ntarishi bo’lib, hokimiyatga general Kolingba boshliq harbiy qo’mita keladi. 1992-yilda harbiylar partiyalar faoliyatini cheklash to’g’risidagi qarorni bekor qilishdi. 1998-yilning fevral-mart oylarida Bangi shahrida o’tkazilgan millatlararo kelishuvga bag’ishlangan konferensiyada o’zaro totuvlik hujjatlari imzolandi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.