Kongo 

4 849

 Rasmiy nomi — Kongo Respublikasi. Poytaxti — Brazzavil. Hududi — 342000 km.kv. Aholisi — 3,9 mlndan ortiq (2012). Davlat tili — fransuz. Dini — xristianlar (50%), majusiylar (48%), musulmonlar (2%). Pul birligi — afrika franki.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Afrikaning g‘arbida joylashgan. Sharqda va janubda Kongo Demokratik Respublikasi (chegara uzunligi — 2410 km), janubi g‘arbda Angola (201 km), shimolda Kamerun (523 km) va Markaziy Afrika Respublikasi (467 km), g’arbda Gabon (1903 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi — 5504 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 169 km. Asosiy daryosi — Kongo. Asosiy foydali qazilmalari: neft, tabiiy gaz, qo‘rg‘oshin, rux, uran, mis. Iqlimi — issiq va sernam. Qizil daraxtning har xil turlari, palma, ayus, chitola va boshqalar o‘sadi. Fillar, begemotlar, gepardlar, ko‘p turdagi maymunlar, o‘rmon qushlari yashaydi. Turli sudralib yuruvchilar, ilonlar ko‘p.
 Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat tarkibida 9 ta provinsiya bor. Kongo 1960-yil 15-avgust (Milliy bayram — Mustaqillik kuni)da Fransiyadan mustaqillikni qo‘lga kiritgan. Qonunchilik fransuz fuqaro huquqiga asoslangan. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig’i) va premyer-ministrga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va ikki palatali (Senat va Milliy Majlis) parlament amalga oshiradi. Siyosiy partiyalari: Sotsial demokratiya uchun Panafrika ittifoqi, Kongo mehnat partiyasi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Kongo asosan agrar davlatligicha qolmoqda. Sanoatda industrial sektor rivojlangan. Sanoatning rivojlanayotgan boshqa tarmoqlari: yog‘ochni qayta ishlash, palma yog‘i ishlab chiqarish. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Fransiya, Italiya. Temiryo,‘llarining umumiy uzunligi — 797 km; avtomobil yo’llari — 11960 km, ichki suv yo‘llari — 1120 km. Asosiy portlari: Puent-Nuar (okean porti), Brazzavil (daryo porti).
  Tarixi. XV-XVI asrlarda hozirgi Kongo hududlarida Teke, Laongo davlatlari bo‘lgan. 1875-yilda fran- suzlar mustamlakaga aylantira boshladi. 1891-yilda Fransuz Kongosi tashkil topdi. 1910-yilda Fransuz Ekvatorial Afrikasi tuzilgan vaqtda mustamlaka hududi ikkiga bo‘lmdi. Gabon (g‘arbiy qism) va Kongo (sharqiy qism). Kongo 1960-yilda mustaqilikka erishdi. 1970-yildan Kongo Xalq Respublikasi, 1990-yilda yangi Konstitutsiya qabul qilindi va mamlakat Kongo Res­publikasi deb nomlandi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.