Yevrosiyo 

40 185

Yevrosiyo materigi haqida umumiy ma'lumotlar

  • Asosiy xususiyatlari

      Yer yuzasidagi eng katta, eng baland supermaterik (8848 m), Shimoliy yarimsharning «sovuqlik qutbi» mavjud eng yirik yarimoroli, eng chuqur g‘ori, eng chuqur va eng katta ko‘li bor, eng uzun (300 m) lianalar ham shu yerda o‘sadi, Shimoliy yarimsharning barcha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari shakllangan, eng katta deltasi bor, Yer sharidagi (sakkizminglik) 14 ta cho‘qqining barchasi shu materikda joylashgan, doimiy muzloq yerlar maydoniga ko‘ra birinchi o‘rinda, berk havzalar maydoniga ko‘ra yetakchi, «Qor chizig‘i - balandlik qutbi» eng balanddan o‘tgan joy (6400 m, Markaziy Tibet) shu yerda.
  • Geografik o'rni

      Yevrosiyo materigi Shimoliy yarimsharda to‘liq joylashgan. Faqat Osiyo qit'asining orollari Janubiy yarimsharga kirib boradi. Qirg‘oqlarini to‘rtta okean suvlari o‘rab turadi. Yevrosiyo materigi quruqlik maydonining deyarli 30 % ini egallaydi. Bu materik Yevropa (maydoni 10 mln kv. km) va Osiyodan (maydoni 44 mln kv. km) tashkil topgan.Yevropa atamasi qadimgi finikiyaliklarning (assiriya) Yerep - g‘arb va Osiyo atamasi esa Osu sharq so‘zlaridan kelib chiqqan. Yevrosiyo materigi sharqda Bering bo‘g‘izi orqali Shimoliy Amerikadan ajralsa, g‘arbda Gibraltar bo‘g‘izi uni Afrikadan ajratib turadi.
  • O'rganilishi

      Yevrosiyo eng qadimgi sivilizatsiya markazi hisoblanadi. Jumladan, qadimgi Vaviloniya, Hindiston, Xitoy hududida madaniyat bir necha ming yilliklar avval rivojlangan. Dastlabki geografik xaritalar, globuslar ham shu hududda kashf etilgan. Eratosfen va Ptolemey tuzgan xaritalarda Yevrosiyo va Shimoliy Afrika aks ettirilgan. Materik to‘g‘risidagi dastlabki geografik ma'lumotlar qadimgi faylasuf, tabiatshunos allomalardan Gerodot (er.av.485-425-yillar), Geraklit (er.av.IV asr), Strabon, Aflotun, Aristotel, Ptolemey va boshqalarning asarlarida berilgan.

 

Y evrosiyoning Atlantika va Tinch okean qirg‘oqlari kuchli parchalangan. Materikning atrofida minglab orol va ko‘plab yarimorollar joylashgan. Bu borada Tinch okean sohillarida zanjirsimon ulanib ketgan orollar halqasi alohida ajralib turadi. Agar materikning chekka nuqtalari orollardan hisoblansa, Shimoliy qutbga atigi 10° qoladi, Janubiy yarimsharga esa 11° kirib boradi.

Y Yevrosiyoning ichki o‘lkalari tabiatini o‘rganishda O‘rta Osiyolik geograf olimlarning xizmatlari juda katta. O‘rta Osiyo va Arab geografiyasiga asos solgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning (780-847) xizmatini alohida ta'kidlash lozim. Xorazmiy ilmiy faoliyati davomida tabiiy fanlarni rivojlantirishga, tabiatni o‘rganishga alohida e'tibor bergan. 

A bu Rayhon Beruniy (973-1048) Hindistonda yashagan davrida o‘lkaning daryolari, tog‘lari, o‘simlik va hayvonot olamini batafsil o‘rganib, «Hindiston» asarini yaratdi. U Amudaryo misolida «daryolar keltirayotgan tog‘ jinslarining massasi (katta-kichikligi) suv oqimining tezligiga to‘g‘ri proporsional» ekanligini aniqladi. 

 
 - Maydoni (orollar bilan birga) - 10 080 000 kv.km
 - Orollar maydoni - 730 000 kv.km
 - Qirg'oq chizig'ining uzunligi - 38 000 km
- Dengiz sathidan o'rtacha balandlik - 340 metr
 - Dengiz sathidan eng yuqori balandlik - Monblan t. (Fransiya) 4807 metr
 - Dengiz sathidan eng past balandlik - Niderlandiyadagi pasttekislik  -5 metr
- Eng shimoliy nuqta - Nordkin burni (Norvegiya)- 71 daraja 08' sh.k. 27 daraja 42' shq.uz.
 - Eng janubiy nuqta - Marokki burni (Ispaniya)- 36 daraja 00' sh.k. 5 daraja 37' shq.uz.
- Eng g'arbiy nuqta - Roka burni (Portugaliya)- 38 daraja 48' sh.k. 9 daraja 31' g'.uz.

- Maydoni (orollar bilan birga Rossiyaning Osiyodagi hududini hisoblamaganda) - 32 003 300 kv.km

- Orollar maydoni - 1 891 800 kv km

- Qirg'oq chizig'ining uzunligi - 30 500 km

- Dengiz sathidan o'rtacha balandlik - 960 metr

- Dengiz sathidan o'rtacha balandlik - Jomolungma t. (Everest, Himolay) 8848 metr

- Dengiz sathidan eng past balandlik - O'lik dengizi sathi (Isroil, Suriya) -405 metr

- Eng janubiy nuqta - Piay burni (Malayziya)- 1 daraja 16' sh.k. 103 daraja 30' shq.uz.

- Eng g'arbiy nuqta - Baba burni (Turkiya) - 39 daraja 29' sh.k. 26 daraja 04' shq.uz.

- Qo'ltiqlar: Fors, Fin, Botnik, Riga, Adan, Biskau, Bengaliya, Shelixov

- Bo'g'izlar: La-Mansh, Pa-de-Kale, Skagerrak, Katta Gant, Bering, Laperuza, Malakka

- Yarimorollar: Kola, Taymir, Chukotka, Kamchatka, Hindi-Xitoy, Malakka, Hindiston, Arabiston, Kichik Osiyo, Bolqon, Apennin, Pireniya, Skandinaviya, Sinay

- Tekisliklar: Sharqiy Yevropa, G'arbiy Sibir

- Yassitog'liklar: O'rta Sibir, Arabiston, Dekan, Qozog'iston

- Pasttekisliklar: Kaspiybo'yi, Hind-Gang, Turon

- Botiqlar: Gxor (O'lik dengizi), Turfon, Qoragiyo, Sariqamish, Mingbuloq

- Eng uzun daryo - Dunay 2860 km

- Eng katta ko'l - Venern (Shvetsiya) 5585 kv.km

- Eng chuqur ko'l - Garda (Italiya) 346 metr

- Eng katta orol - Buyuk Britaniya 229 885 kv.km

- Eng baland harakatdagi vulqon - Etna (Italiya) 3323 metr

- Eng chuqur g'or - Jan-Bernar (Fransiya) 1535 metr

- Eng uzun g'or - Xellox (Shveytsariya) 78 metr

- Eng baland sharshara - Sharqiy Mardalsfoss (Norvegiya) 517 metr 

- Eng uzun daryo - Yanszi (Xitoy) 6300 km

- Yanszi daryosining maydoni bo'yicha eng katta havzasi 1 807 000 kv.km

- Eng katta ko'l - Orol dengizi (Qozig'iston, O'zbekiston) 33 640 kv.km

- Eng chuqur ko'l - Issiqko'l (Qirg'iziston) 668 metr

- Eng katta orol - Kalimantan (Indoneziya va Malayziya) 734 000 kv.km

- Eng baland harakatdagi vulqon - Erjiyas (Turkiya) 3916 metr

- Eng katta cho'l - Gobi (Mongoliya, Xitoy) 900 000 kv.km



Yevropa daryolari

NomiUzunligi, kmHavzasining maydoni, ming kv.km
Volga35311360
Dunay2857817
Ural2428237
Dnepr2200504
Don1870422
Pechora1809322
Reyn1320224
Shimoliy Dvina1302357
Elba (Laba)1165144
Visla1068194
G'arbiy Dvina102088
Luara1020120
Taxo (Teju)100781
Neman93798
Maas92549
Odra (Oder)912119
Ebro91084
Rona81298
Sena77679
Po65275
Temza33415

Osiyo daryolari

NomiUzunligi, kmHavzasining maydoni, ming kv.km
Yanszi63001808
Xuanxe4845745
Mekong4500810
Amur44441855
Lena44002490
Yenesey40922580
Ob (Irtish bilan)54102990
Hind3180980
Sirdaryo3019219
Braxmaputra2900935
Ganga27001120
Amudaryo2540309
Iravadi2150430
Sitszyan2130437
Kolima2129647
Tarim2030952
Tigr1950375
 

Yevropa ko'llari

NomiMaydoni, kv.kmEng chuqur joyi, m
Kaspiy371 0001025
Ladoga17 700215
Onega9 720100
Venern5 585100
Vettern1 912120
Sayma1 80058
Melaren1 14060
Inari1 05060
Balaton59611
Jeneva582310
Boden538252
Garda370346
Skadar35612
Prespa28554
 

Osiyo ko'llari

NomiMaydoni, kv.kmEng chuqur joyi, m
Baykal31 5001620
Balxash18 30026
Issiqko'l6 280702
Duntinxu6 00010
Rezeye (Urmiya)5 80016
Kukunor4 20038
Van3 760145
Poyanxu2 77120
Xubsugul2 620238
Tuz2 500 2
Tayxu2 20-
Namtso2 000-
O'lik dengizi1 050356
 

Yevropa tog' cho'qqilari

NomlanishiTog` tizimi, hududiDengiz sathidan balandligi, metr
ElbursKatta Kavkaz5 642
KazbekKatta Kavkaz5 033
MonblanG'arbiy Alp4 807
Monte-RozaG'arbiy Alp4 634
Finsteraarxorn
G'arbiy Alp4 274
GrosgloknerSharqiy Alp3 797
MulasenSerra-Nevada3 478
Aneto burniPireney3 404
MusalaBolgariya2 925
OlimpGretsiya2 917
KornoApennin2 914
Gerlaxovskiy-ShtitG'arbiy Karpat2 655
MoldovyanuJanubiy Karpat2 543
GalxyopiggenSkandinaviya 2 470
BotevStara-Planina2 376
 

Osiyo tog' cho'qqilari

NomlanishiTog` tizimi, hududiDengiz sathidan balandligi, metr
JomolungmaHimolay8 848
ChogoriQoraqurum8 611
DxaulagiriHimolay8 221
NangaparbatHimolay8 126
Ulug'muztog'
Kunlun7 723
TirichmirHindikush7 690
GungashanDasyueshan7 590
KulagangriHimolay7 554
Ismoil SamoniyPomir7 495
G'alabaTyanshan7 439
Nenchen-TanglaNenchen-Tangla tuzmasi7 090
Basudan-UlaTangla tizmasi6 096
Katta AraratArman tog'lari5 165
ZerdkuxZagros4 548
BeluxaOltoy4 506
KachkarOltoy
4 506
 

Yevropa vulqonlari

NomlanishiJoylashgan hududiDengiz sathidan balandligi, metr
EtnaSitsiliya3 340
XvannadalsxnyukyurIslandiya2 119
GeklaIslandiya1 491
VezuviyApennin1 281
StromboliLapir orollari926
VulkanoLapir orollari499
 

Osiyo vulqonlari

NomlanishiJoylashgan hududiDengiz sathidan balandligi, metr
DemavendElburs5 604
Klyuchi SopkasiKamchatka yarim oroli4 750 
KerinchiSumatra oroli3 805
FudzuyamaXonsyu oroli3 776
SemeruYava oroli3 676
SlametYava oroli3 428
RaungYava oroli3 332
ApoMindanao oroli2 954
AsoKyusyu oroli1 592
KrakatauZond qo'ltig'i813
 

Yevropa orollari

NomiMaydoni, kv.kmNomiMaydoni, km.kv
Buyuk Britaniya230 000Kolguyev5 250
Islandiya103 000Balear5 000
Irlandiya84 000Evbiya3 770
Novaya Zemlya82 600Malorka3 410
Shpitsbergen arx.62 000Vaygach3 383
Sitsiliya26 700Gotland2 960
Sardiniya24 100Saaremaa2 714
Frans-Iosif yeri arx.16 100Eland1 348
Korsika8 720Kerkira592
Krit8 300Bornxolm588
Zelandiya7 016Malta246
 

Osiyo orollari

NomiMaydoni, kv.kmNomiMaydoni, km.kv
Kalimantan735 700Timor33 615
Sumatra435 000Sikoku18 760
Xonsyu223 400Seram18 200
Sulavesi179 416Xalmaxer17 998
Yava126 500Kurill15 600
Luson105 600Sumbava15 500
Mindanao95 600Flores15 175
Xokkaydo77 700Palavan11 800
Saxalin76 400Banka11 600
Shri-Lanka65 596Sumba11 200
Kyusyu42 600Kipr9 251
Novosibirsk38 400Vrangel7 270
Severnaya Zemlya arx.37 560Karagin2 120
Tayvan35 948Katta Shantar2 000
Xaynan33 700Okinava1 254

Geografik obyekt va qiziqarli ma`lumotlar

- Tog'lari: Monblan, Gerlaxovski-Shtit cho'qqisi, Kontabriya, Pireneya, Andaluz tog'lari, Alp, Karpat tog'lari

- Tekisliklari: Padan, O'rta Dunay, Quyi Dunay pasttekislari

- Daryolari: Dunay, Elba, Odra, Visla, Pioni, Tisa

- Orollari: Buyuk Britaniya, Irlandiya

- Alp-Karpat tog'laridagi muzliklar maydoni - 4140 kv.km.

- O'rta Yevropadagi eng baland cho'qqi Monblan - 4810 metr

- Alp tog'larida 15-27 km uzunlikdagi muzliklar bor.

- Yevropa quyidagi tabiiy-geografik o'lkalarga ajratilgan: Shimoliy, Shariqy, O'rta va Janubiy Yevropa

- Balandliklar: Valday, Moskvayoni, Dneprbo'yi, O'rta Rossiya Donetsk kryaji, Timan kryaji.

- Tekisliklar: Pechora: Oka-Don, Dneprbo'yi, Kaspiybo'yi, Polesye.

- Daryolar: Dnepr, Don, Dnestr, Pechora, Shimoliy Dvina, G'arbiy Dvina, Volga, Ural.

- Ko'llar: Chud, Ilmen, Ladoga, Pskov, Onega, Bosqunchoq, Valday, Elton.

- Sharqiy Yevropa tekisligi platformaga mos keladi.

- Sharqiy Yevropa platformasi ikki yarusli bo'lib, uning zamini (fundamenti) magmatik va metamorfik jinslardan iborat, ikkinchi (ustki qismi) dengiz cho'kindi jinslaridan va kontinental jinslardan iborat.

- Bu o'lkada KMA va Krivoy-Rog temir-ruda konlari, Moskva rayoni, Donetsk, Pechora ko'mir havzalari, Volga-Ural, Pechora neft-gaz havzalari, Kola yarim oroli apatiti mavjud.

- Sharqiy Xitoy, Koreya yarimoroli, Tinch okeani, Yapon dengizi, Sariq, Shariqy Xitoy, Janubiy Xitoy, Janubiy Xitoy dengizlari, Gobi cho'li, Sinlin tog' tizmasi, Guchxji tog'lari, Buyuk Xitoy pasttekisligi, Shandun tog'lari, Naklin va Yushan tog'lari, Xuanxe, Yanszi daryolari.

- Turon pasttekisligi, Turkiston, Qoraqum, Qizilqum, Qoragiyo, (Botir) cho'kmasi, Sariqamish, Mingbuloq, Bo'kantoov, Tomditov, Muruntov, Quljuqtov, Zaunguz, To'rg'ay, Ustyurt, Betpaqdala, Tyanshan, Pomir, Tangritog', G'alaba, Xontangri, Muztog'ota, Fedchenko.

- Yozda kontinental tropik havo massalari, qishda kontinental mo'tadil havo massalari ustun.

- Cho'llar, tog'lar yuzalari faif issiqlik o'takuvchanligi bilan farqlanadi.

- Tog'lar: Himolay, Jomolungmma cho'qqisi, Kichik Himolay, G'arbiy Gatt, Dekan yassi tog'ligi.

- Tekisliklari: Hind-Gang pasttekisligi, Tar cho'li.

- Daryolari: Hind, Gang, Braxmaputra, Mekong, Jamna, Garavadi, Maxanadi, Krishna.

- Tabiat zonalari: savannalar va siyrak o'rmonlar, doimiy yashil nam o'rmonlar, balandlik mintaqalari.

- Iqlim mintaqalari: tropik, subekvatorial, ekvatorial.

- Vasko da Gama 1498-yilda Kalikut shahri hozir Kojikode deb nomlangan.

- Temir daraxt, qizil daraxt, qora daraxtlardan a'lo sifatli mebellar tayyorlanadi.

- Katta Zond orollarida odamsimon maymunlardan orangutan va gibbonlar uchraydi.

- Hindiston fili, yovvoyi ho'kiz, yo'lbars "Qizil kitob"ga kiritilgan.

- Geografik obyektlari: Arabiston yarimoroli, Arabiston, Qizil, Fors qo'ltig'i, Arabiston yassitog'ligi, Mesopotamiya pasttekisligi, Dajla va Frot daryolari, Rub-el-Xaliy cho'li.

- Yer shari quruqligining eng past cho'kmasi O'lik dengizi sathi -405 metr

- Arabiston yassitog'ligi Fors qo'ltig'iga avval qirga keyin pasttekislikka aynaladi.

- Janubi-G'arbiy Osiyoda jahon neft zahiralarining yarmiga yaqini to'plangan.

- Janubi-G'arbiy Osiyo mamlakatlarida dengiz suvlaridan chuchuklashtirib foydalanish yaxshi yo'lga qo'yilgan.

- Arabiston yarimorolining tog'li qismidan fosforit, Fors ko'rfazidan neft va gaz ko'p qazib olinadi.

- Yer sharidagi yillik amplituda (haroratlar o'rtasidagi farq) Vernoyanskda kuzatilgan - 106,7 daraja. Eng sovuq -70 daraja, eng issiq +36,7 daraja.

- Eng ko'p yog'in 1860-1861-yillarda Cherrapunjada qayd etilgan - 26400 mm (2 m 64 sm).

- Cherrapunjada o'rtacha yillik yog'in - 12 000 mm.

- Himolay tog'larida barcha balandlik iqlim mintaqalari mavjud.

- Yaponiya, Filippin orollari "tayfun" shamollaridan kuchli zararlar ko'radi, bu shamollar tezligi 400 km gacha boradi.

- Arabiston yarimorolidagi ko'pgina mamlakatlar sug'orishda dengiz suvini chuchuklashtirib foydalanadilar.

- O'rta Yevropada eng ko'p yog'in Alpning g'arbiy yonba'riga tushadi 3000-3500 mm.

- Markaziy Osiyoda eng yuqori quyosh radiatsiyasi kuzatiladi.

- Eng seryog'in joy - Cherapundji, Hindiston (yillik yog'in miqdori 24 metrga yetgan).

- Tayga Yer sharidagi o'rmonlar ichida eng yirigi bo'lib, uning maydonlari 1 mlrd. ga dan oshadi.

- Tibet va Himolay tog'larining 6000 metrdan baland qismlarida eng balandda o'suvchi Lyutik nomli gulli o'simlik o'sadi. Bu tog' sovuq iqlimidagi qor-muz tabiat zonasidir.

- Uzoq Sharqdagi musson o'rmonlarda "Hayot ildizi" degan ma'noni anglatuvchi - jenshen deb ataluvchi dorivor o'simlik o'sadi.

- Los bug'usining og'irligi 400 kg, shoxlarining uzunligi 2 metrgacha boradi.

- Yevropa keng bargli o'rmonlari uchun eng xos bo'lgan o'simliklar dub va bukdir.

- Aralash va keng bargli o'rmonlardagi zubr, Ussuriya yo'lbars, "Qizil kitob"ga kiritilgan.

- Hindiston fili - sutemizuvchi hayvonlar ichida eng uzoq umr (80 yil) ko'ruvchisi hisoblanadi.

- Osiyo bilan Yevropa o'rtasidagi chegara - Ural tog'lari, Elba daryosi, Kaspiy dengizning shimoli, Kuma-Manich cho'kmasi, Azov dengizi, Qora dengiz va uning bo'g'izlari orqali o'tadi.

- Bambuk - dunyodagi eng baland bo'yli o'tsimon o'simlik, uning bo'yi 55 metr, diametri 30 sm gacha boradi, ayrim turlari sutkasiga 94 sm gacha o'sadi, yosh novdalaridan shakar olinadi, yog'ochidan mebel yasaladi.

- Bambuk ayig'i (katta panda)ning bo'yi 1,8 m, quyrug'ining uzunligi 30 sm. Xitoyning tog' o'rmonlarida yashaydi. Yosh bambuk novdalari bilan oziqlanadi.

- Eng uzun chirmovuq - rotang bo'lib,, uning uzunligi 300 metr keladi.

- Hindi-Xitoy yarimorolida og'irligi 2 gr keladigan ko'rshapalak yashaydi. U sut emizuvchilar ichida eng kichigi hisoblanadi.

- Tibet tog'larida 6000 metr balandda - yak deb ataluvchi hayvon yashaydi.

- Himolay tog'lari etaklarida o'tish qiyin bo'lgan tropik changalzor - jungli o'sadi.

- Yevrosiyo materigi qirg'oqlarining uzunligi 100 000 km.dan ortadi. Shundan, 38 000 km Yevropa, 62 000 km Osiyoga to'g'ri keladi.

- Qozog'istonning Akmola va Turkmanistondagi Kushka shaharlari Markaziy Osiyoda dunyodagi baland cho'qqilardan biri (Chogori, 8611 m) va eng chuqur botiqlardan biri joylashgan (To'rfon, -154 m).

- Eng baland cho'qqi - Jomolungma (Everest 8848 m).

- Eng katta ko'l - Kaspiy (371000 kv.km).

- Eng chuqur ko'l - Baykal (1620 m).

- Eng katta yarimorol - Arabiston (2,7 mln kv.km dan ortiq).

- Eng sho'r ko'l - O'lik dengizi (1 litr suvida 270 gr tuz bor).

- Eng katta o'rmon - Tayga.

- Eng kichik mamlakat - Vatikan (maydoni 0,44 ga).

- Aholisi eng ko'p shahar - Tokio

- Okean sathidan eng past joy - O'lik dengiz (-405 m).

- Eng katta mamlakat - Rossiya

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharhlar - 1