Yamayka 

9 379

 Rasmiy nomi — Yamayka. Poytaxti — Kingston. Hududi — 10957 km.kv. Aholisi – 2,6 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ingliz. Dini — protestantlik. Pul birligi — yamayka dollari.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Karib dengizida, Yamayka oroli va bir qancha mayda orollarda joylashgan davlat. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 1022 km. Orolning katta qismini yassitogiik va balandligi 2256 m gacha bo‘lgan tog‘lar egallaydi. Qirg’oq atroflari tor tekislikdan iborat. Asosiy tabiiy resurslari: boksitlar, gips, ohaktosh, marmar. Hudud- ning 19% ini haydaladigan yerlar, 28% ini o‘rmon va to‘qaylar, yaylov va o‘tloqlar 18% ini tashkil etadi. Iqlimi — tropik. 0‘simlik dunyosi inson faoliyati tufayli qashshoqlashgan. Hozir o‘rmonlar mamlakat hududining 1/5 qismini egallaydi. Tog‘ atroflarida adir o‘simliklari o‘sadi. Turli qushlar va ko‘rshapalaklar orasida ko‘plab uchraydi. Yowoyi sutemizuvchilar deyarli yo‘q. Sudraluvchilardan toshbaqa, zaharsiz ilon, timsoh, kaltakesaklar uchraydi.
   Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitusion monarxiya, Britaniya hamdo‘stligi a’zosi. Mamlakat 14 okrugga bo‘lingan. Yamayka 1962-yilning 6-avgustida mustaqil bo‘ldi (avval Buyuk Britaniya mustamlakasi). Qonunlari ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Davlat boshlig‘i — Brita­niya monarxi (hozirgi kunda — Yelizaveta II). Orolni uning vakili general-gubernator boshqaradi. Ijro etuvchi hokimiyat general-gubernator bilan Bosh vazir boshliq hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Senat (yuqori palata) va Vakillar palatasidan (quyi) iborat parlamentga tegishli. Yirik siyosiy partiyalar: Milliy xalq partiyasi, Yamayka leyboristlar partiyasi, Milliy Demokratik harakat.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sanoatning asosiy tarmoqlari — boksitlar qazib olishi va aluminiy ishlab chiqarish. Chet el valutasining asosiy manbayi turizm hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi (YIM ning 10% ini) umumiy eksport hakamining 17%ini ta’minlaydi. Eksport qilinadigan asosiy ekinlar — shakarqamish, banan. Asosiy savdo sheriklari: AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Trinidad va Tobago. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 294 km, avto- mobil yo‘llari — 18200 km. Asosiy port — Kingston.
   Tarixi. 1494-yilda Kolumb tomonidan kashf etil- gan orol, hindularning katta qismini qirib tashlagan ispanlarning mustamlakasiga aylanadi. XVI asr boshlarida orolga Afrikadan qullar keltirila boshlanadi. 1655-yildan Britaniya mustamlakasi bo‘lgan. Yamayka 1958-yildan o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga ega bo‘ldi. 1962-yildan Britaniya hamdo‘stligi tarkibidagi mustaqil davlat.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.