Grenlandiya 

5 403

 Rasmiy nomi — Grenlandiya. Poytaxti — Nuuk (Gotxob).  Hududi — 2175600 km2. Aholisi -60 mingdan kishi (2012). Davlat tili — grenland, dat. Dini — katolik. Pul birligi — daniya kronasi.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Grenlan­diya — dunyodagi eng yirik orol -Kanada orollarining shimoli g‘arbida, Shimoliy Muz va Atlantika okeanlari oralig‘ida joylashgan. Mamlakatning asosiy qismini muzlik qoplagan. Muzlik hajmi 2,6 mln km2. Iqlimi — qirg‘oq bo‘ylab subarktik, arktik; orol markazida — kontinental arktik. Mamlakatning asosiy qismini egallagan tundrada mox, lishaynik hamda boshqa arktik o‘simliklar o‘sadi. Buqa, bo‘ri, tulki, oq ayiq, quyon, lemming, gaga, chag‘alay, bug‘ular uchraydi.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — o‘z-o‘zini boshqaradigan Daniya hududi. Davlat rahbari — Daniya qirolichasi nomidan Oliy komissar (rigsombudsman). Grenlandiya 18 ta kommunaga ajralgan 3 inspektoratga boiinadi. Yirik shahri — Sisimyut (Xolstenberg). Siyosiy partiyalari: Siumut (0lg‘a), Inuit atakvatigiit (Inuit jamoasi), Atassut (Birlik).
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Grenlandiya iqtisodi asosini baliqchilik va baliqni qayta ishlash korxonalari tashkil etadi. Dengiz hayvonlarini ovlash yo‘lga qo‘yilgan. Baliq ovlash flotiga ega. Orol qo‘rg‘oshin, rux, uran, neft, gaz, toriy, xrom, molibden, oltin, kumush, toshko‘mir, mis, nikel, temir rudalariga boy. Asosiy savdo hamkorlari: Daniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya.
 Tarixi. 875-yillarda orol islandiyalik dengizchi Gunborn tomonidan kashf qilingan.    982-yili norvegiyalik Erik Rauda («Malla») orolni o‘rganib, Grenlan­diya — «yashil yer» deb nom berdi. 983-yilda orolning janubida 1-normann koloniyalariga asos solindi. XI asrda mahalliy aholi — eskimoslar xristianlikni qabul qildilar. 1262-yildan XVIII asr boshlarigacha Grenlandiya Norvegiya mulki bo‘lgan. 1721-yildan Daniya orolda istilochilik harakatlarini boshladi. 1814-yildan 1953-yilgacha Daniyaning rasmiy mustamlakasi edi. 1978-yili Daniya fofketingi (parlamenti) orolning ichki muxtoriyatini tan oldi va bu holat 1979-yil 1-maydan kuchga kirdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.