Olma saratondan himoya qiladi 

2 908

Italiyalik tadqiqotchilar har kuni, muntazam ravishda olma iste`mol qilsangiz, o`zingizni saratonning olti turidan himoya qilishingizni isbotladi, deb xabar berdi "Nealth.mail.ru” nashri.

Peruji Universiteti mutaxassislari tadqiqot natijalarini Public Health Nutrition jurnalida e`lon qildi.

Olimlar ovqatlanish rasioni va saraton kasalliklarining kelib chiqishini o`rganish bo`yicha o`tkazilgan qirqdan ortiq tadqiqot xulosalarini umumlashtirdi. Natijada olma oshqozon va qizilo`ngach saratoniga chalinish xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Olmani sevib iste`mol qiluvchilar orasida o`pka saratoniga chalinish 25 % ga, ko`krak bezi saratoniga chalinish xavfi esa besh barobar kamligi ma`lum bo`ldi. Bundan tashqari olma, yo`g`on va to`g`ri ichak, shuningdek, og`iz bo`shlig`i saratonining oldini olishda ham katta yordam berishi aniqlandi.

Olmaning tarkibida mavjud bo`lgan flavonoidlar antioksidant xususiyatga ega bo`lgani sababli saratonning oldini oladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.