Pomidorda shifo bisyor 

2 459

Pomidor oshxonamizda eng ko‘p ishlatiladigan sabzavotlardan biridir. Ayniqsa, yoz oylarida undan tayyorlangan salatlar va shakarobsiz tushlik yoki kechki ovqatimiz kemtik bo‘lib qoladi.

  • Pomidor tarkibida kuchli antioksidant – likopin bor. U bizning tanamizni yurak qon-tomir va onkologik kasalliklardan himoya qiladi. Likopin pomidordan ko‘ra undan tayyorlanadigan mahsulotlarda ko‘p bo‘ladi. Pomidor qaynagani yoki bug‘da pishirilgani sari undagi likopin ortib boradi. Masalan, tomat pastasida uning miqdori sabzavotdagiga qaraganda bir yarim baravar ko‘p.
  • Bu sabzavot organik kislotalarga boy.
  • Uni iste’mol qilgan kishining kayfiyati ko‘tarilib, turli asabiylashish va tushkunlik holatlariga qarshi kurashish qobiliyati oshadi. Pomidor tarkibida "baxt gormoni” – serotin moddasi borligi sabablidir.
  • Hazm qilish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, me’da shirasi kislotasi yetishmasligi va gastrit bilan og‘rigan bemorlarga foydali. 

Orifjon Madvaliyev 

"Sog‘lom avlod” gazetasining 2015 yil 24-sonida chop etilgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.