Yong`oq: kamqonlik, diabet va me`da yarasiga davo bo`ladi! 

4 692

Qadim zamonlardan yong`oqni quvvat va hayot manbai sifatida bilishgan. Bir siqimgina yong`oq mag`zi tarkibida talay vitaminlar, foydali moddalar mavjud bo`lib, ular ko`plab kasalliklarning oldini oladi. Quyida ana shu koni foyda ne`matning shifobaxsh xususiyatlarini keltiramiz.

  • Yong`oq metabolik sindrom, yurak-qon tomir kasalliklari va 2-tip diabetning oldini olish hamda davolashda benazir vositadir.
  • Tarkibidagi shamollashga qarshi moddalar suyaklar salomatligini saqlashda, ozishda va semirishning oldini olishda asqatadi.
  • Yong`oq tarkibida o`xshashi yo`q antioksidantlar guruhi mavjudki, ular prostata bezi va ko`krak saratonining oldini oladi.
  • Yong`oq erkaklar potensiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
  • Tarkibidagi L-arginin moddasi sharofati bilan yong`oq qonda quyqalar va tomirlarda tiqinlar paydo bo`lishiga qarshilik ko`rsatadi.
  • Yong`oq ulkan oqsil manbaidir. Shuning uchun u yoki bu sababga ko`ra go`sht iste`mol qilmaydiganlar organizmning oqsilga ehtiyojini bemalol yong`oq vositasida qondirishlari mumkin.
  • Yong`oqda ko`p miqdorda kletchatka bor, u ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Qolaversa, yong`oq egan odam uzoq muddat to`q yuradi, tabiiyki, kamroq eydi. Shu ikki sababga ko`ra, yong`oq semirishning oldini oluvchi parhez egulik hisoblanadi.
  • arkibida kaliy juda ko`p. Bu modda asab tizimini himoyalaydi va terining hamma mushaklari uchun zarur hisoblanadi. Yurak ritmi hamda qon oqishini maromga soladi.
  • Bekorga yong`oq mag`zi miya shakliga o`xshamaydi. Biofaol moddalar va lasetining ajoyib qorishmasi tufayli yong`oq asabiylikni yo`qotadi, xotirani mustahkamlaydi, miya faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, yong`oq miyaning muddatdan oldin qarishiga to`sqinlik qiladi.
  • Yong`oq tarkibida yod bor, u qalqonsimon bez kasalliklarining oldini oladi. Yong`oq ichidagi devorchalardan qaynatma tayyorlab ichilsa, bo`qoqni davolaydi.

Shifo bo`ladi!

  • Bir qoshiq asal bilan iste`mol qilingan 3-4 ta yong`oq nafaqat qorinni to`q tutadi, balki bosh og`rig`ini, uyqusizlikni va sklerozni yo`qotadi.
  • Yuqori qon bosimi va temir etishmaydigan kamqonlikda kuniga 100 gramm yong`oqni 60 gramm asal bilan 45 kun davomida iste`mol qilish kerak. Yong`oq yurak ishemik kasalligida ham foydali.
  • Yurak faoliyatini maromga solish, shuningdek, butun tanaga quvvat berish uchun yong`oq mag`zi, mayiz, anjirqoqi va turshakdan teng miqdorda olib maydalab aralashtirib qo`yish hamda kuniga 1 osh qoshiqdan iste`mol qilish tavsiya etiladi. Aralashmani muzlatkichda saqlash kerak.
  • 1:5 nisbatda yong`oq va grechka yormasini blenderda unga aylanguncha yanchib, hosil bo`lgan aralashmadan bir yarim osh qoshig`i ustiga 2 sm balandlikda qatiq quyiladi. Ertalab uni eb, ketidan 1 ta qirg`ichdan o`tkazilgan olma ham iste`mol qilinadi. Kun davomida ovqatdan 30 daqiqa oldin grechka va yong`oqli aralashmadan 1 osh qoshiqdan eyish kerak. Bu 5 oy davomida qilib borilsa, qandli diabetni davolaydi.
  • 20 gramm yong`oq mag`zini yanchib, ustiga 100 gramm pishirilgan iliq sut quyiladi, yaxshilab aralashtiriladi, filtrlanadi va 1-2 choy qoshiq asal qo`shiladi. Desert qoshiqda kuniga 5-6 marta ovqatdan oldin qabul qilinadi. Bu oshqozon yarasini tuzatadi. Shuningdek, sutda qaynatilgan yong`oq yangi tuqqan ayollarga sut kelishini ko`paytirish, yo`talni davolash kabi maqsadlarda foydalaniladi.

Qanday iste`mol qilish kerak?

  • Bir nimalar egingiz kelib qolganda pechene, shokolad yoki chips emas, yong`oqqa qo`l cho`zing;
  • Yong`oq salatlarda go`sht o`rnini bosadi, makaron bilan ham yaxshi ketadi;
  • Yong`oqning nafis ta`mi olma, nok, lavlagi, sabzi, selderey, baqlajon, yumshoq qaymoqli pishloqlar bilan yaxshi chiqishadi;
  • Yong`oqlarni turli pishiriqlarga, sous va pashtetlarga qo`shib ajoyib ta`mga erishish mumkin;
  • Yong`oqni asal, tovuq go`shti, kinza va petrushka, sarimsoq piyoz bilan esangiz juda xushxo`r bo`ladi.
  • Yaxshi etilmagan yong`oq mevalaridan ajoyib murabbo pishirish mumkin;
  • Yong`oq moyi – juda lazzatli va xushbo`ydir, uni salatlar va sovuq gazaklarga qo`shsangiz, ajoyib ta`m beradi.

Shahnoza TO`RAXO`JAEVA 


Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.