Shifokorim tabiat

101 dardga davo rayhon 

7 887

•  Maydalangan rayhonga oq kunjut moyidan aralashtirib surtsangiz, terida yuzaga kelgan muammolar va  kuyishda yaxshi samara beradi.  

•  Rayhon gullari va sedana donalaridan tayyorlangan damlamani tana harorati ko`tarilganida iste`mol qiling. Bunday damlamadan shamollashning oldini oluvchi vosita sifatida ham foydalanish mumkin.

•  Sutga maydalab solingan rayhon barglari tug`ruqdan keyingi holsizlikni engishga ko`maklashadi.

•  So`gal chiqqan joyga maydalangan rayhon barglarini qo`ysangiz, tezda shifo topasiz.

•  Bosh og`rig`ini qoldirish uchun rayhondan tayyorlangan bo`tqani chakka va ensa sohasiga qo`yish tavsiya etiladi. 

•  Angina xastaligida 4 choy qoshiq maydalangan rayhonni 250 ml. suvda qaynatib, sovigach kuniga 2-3 mahal tomoqni chayish tavsiya etiladi.

•  Tarkibidagi evginol moddasi tufayli bu ko`kat yallig`lanishga qarshi vosita sifatida mashhur. 

Ehtiyot yuzasidan 

•  Yurak hastaligidan aziyat chekuvchilar,  homiladorlar, qandli diabet va qon aylanish tizimida muammosi bor bemorlar rayhon iste`mol qilmaganlari ma`qul.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.