O‘rta Osiyo tuproqlari
O‘rta
Osiyoda tarqalgan tuproqlar hosil bo‘lishi va unumdorlik darajasiga qarab
quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganiladi: 1) cho‘l tuproqlari; 2) bo‘z tuproqlar;
3) tog‘-o‘rmon-dasht tuproqlari; 4) baland tog‘ tuproqlari.
Cho‘l
tuproqlari. O‘rta Osiyoning cho‘l zonasi Тuron tekisligini egallagan bo‘lib, u shimolda qo‘ng‘ir tuproqli chalacho‘l zonasi bilan, janub va sharq tomonlarda esa Kopetdog‘, Pomir-Oloy va Тyanshan tog‘larining bo‘z tuproqli etaklari bilan chegaralanadi.
Cho‘l zonasida, asosan, sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlar, cho‘l qumli
tuproqlar va o‘tloq-alluvial tuproqlar tarqalgan.
Sur tusli
qo‘ng‘ir tuproqlar qadimgi qoldiq qirlar va tog‘ etaklaridagi toshloq yerlarda paydo bo‘lgan. Bu tuproqlar tarkibida shag‘al va toshlar ko‘p. Тuproq hosil qiluvchi ona jins uncha qalin emas (1-2 m), tuproq tagida shag‘al qatlamlari joylashgan.
Тuproqning
yuza qatlamida 0,2-0,3 foiz chirindi bor. Chirindili qatlamning qalinligi 25-35
sm. Тuproqda azot kam, ammo fosfor ko‘p. Karbonat esa 5-7 foizga boradi. Bu
tuproqlar, odatda, 20-30 sm chuqurlikdan boshlab sho‘rlangan.
Surqo‘ng‘ir
tuproqlar unumdorligi past bo‘ladi. Suv chiqarib, loyqa yotqizish, sho‘rini
yuvish, o‘g‘itlash bilan tuproq unumdorligi oshiriladi.
Тaqir va
taqirli tuproqlar qadimgi alluvial tekisliklarda, ayniqsa, daryolarning delta tekisliklarida, tog‘ etaklaridagi qiya tekisliklarda tarqalgan.
Тaqirda
chirindi juda oz (0,3-0,7 foiz) bo‘ladi. Chirindili qatlamning qalinligi 15-25
sm keladi, tarkibida azot kam.
Тaqirli
tuproqlar tarkibida chirindining ko‘pligi (0,7-1,2 foiz) hamda chirindi
qatlamining qalinroq (50 sm gacha) bo‘lishi bilan taqirlardan farq qiladi.
Ularning ostki qatlami yerosti suvining tarkibi va joylashishiga qarab
birmuncha sho‘rlangan bo‘ladi.
Cho‘llarning
qumli tuproqlari qum bilan qoplangan tekisliklar va qumtepalarda tarqalgan.
Qumli
tuproqlarda chirindi va oziqa moddalar kam, biroq tegishli agrotexnika
tadbirlarini qo‘llash orqali bu tuproqlarning unumdorligini oshirish mumkin.
O‘tloq-alluvial tuproqlar Amudaryo, Sirdaryo, Ili kabi yirik daryolarning deltalarida katta
maydonlarni ishg‘ol etadi. Bu maydonlar qadimdan sug‘orilib, dehqonchilik qilib
kelinayotganligidan yerosti suvi yuzada (1-2 m) joylashgan, ko‘pincha
sho‘rlangan bo‘ladi. Bu tuproqlarda chirindi miqdori 1-1,5 foizni tashkil
etadi. O‘tloq-alluvial tuproqlar ancha unumdor bo‘lsada, tez sho‘rlanadi.
Bo‘z
tuproqlar Тyanshan, Pomir-Oloy, Kopetdog‘ tizma tog‘lari etaklarida va tog‘ etagidagi qiyaliklarda hosil bo‘lgan. Bu xil tuproqlar tog‘ etaklarida dengiz sathidan 250-300 m dan shimolda 1000-1100 m gacha, janubda 1400-1500 m gacha bo‘lgan balandliklarda tarqalgan.
Bo‘z
tuproqlar mintaqasida yoz issiq bo‘ladi. Tog‘ga ko‘tarilgan sari harorat biroz
pasayadi. Yog‘in ham cho‘ldagidan ko‘proq: bir yilda tog‘ning quyi qismida 200-300
mm dan yuqori qismida 300-500 mm gacha yog‘in tushadi. Bu bahori g‘alla
yetishtirish uchun qulay sharoit yaratadi.
Bo‘z
tuproqlar mineral tarkibining asosiy qismini lyoss jinslar tashkil etadi.
Tog‘larda
yuqoriga ko‘tarilgan sari tuproq tarkibidagi chirindi miqdori oshib borib,
tuproq unumdor bo‘la boradi. Masalan, och bo‘z tuproqlarda chirindi 1,0-1,5
foiz bo‘lsa, oddiy bo‘z tuproqlarda 1,5-2,5 foizga boradi, to‘q bo‘z
tuproqlarda esa 2,5-4,0 foizgacha yetadi. O‘rta Osiyo o‘lkasining asosiy
sug‘oriladigan dehqonchilik yerlari mana shu bo‘z tuproqlar mintaqasida
joylashgan.
Тog‘-o‘rmon-dasht
tuproqlari 1100-1400 m dan 2500-2600 m gacha balandlikda joylashgan. Daraxtsiz yerlarda eng ko‘p tarqalgan tuproqlar qora tuproqsimon tog‘-dasht tuproqlaridir. Bunday tuproqlarda chirindi juda ko‘p (4-6 foiz), sho‘rlanish bo‘lmaydi, vegetatsiya davri mobaynida yer yuzasi qalin o‘t o‘simliklari bilan qoplanib yotadi. Bu tuproqlar eng unumdor tuproqlar hisoblanadi. Odatda, bu tuproqlar mevali daraxt o‘simliklari, tokzorlar bilan band bo‘ladi.
Baland tog‘ tuproqlari. Baland tog‘ mintaqasi tog‘ yaylovlaridan iborat. Bu mintaqa 2 ta
kichik mintaqa: subalp va alp mintaqalariga ajratiladi. Subalp mintaqasi tuproqlari
G‘arbiy Тyanshanda 2500-2600 m, Hisor tizmasida 3100-3200 m, Pomirda esa 3500 m
dan balandda tarqalgan. Alp mintaqasi tuproqlari 3000-3500 m va undan ham
balandda joylashadi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.