Geografiya fanini o`rganish bosqichlari 

5 797

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tabiiyot va geografiya, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida amaliy geografiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

Umumiy o‘rta ta’lim

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari

A1

Tabiiyot fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Tabiiyot fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinf bitiruvchilari

A1+

Tabiiyot fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari

A2

Geografiya fanini o‘rganishning tayanch darajasi

Geografiya fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining

9-sinf bitiruvchilari

A2+

Geografiya fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

Amaliy geografiya faniga chuqurlashtirilmagan

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari

V1

Amaliy geografiya fanini o‘rganishning umumiy darajasi

Amaliy geografiya faniga chuqurlashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari

V1+

Amaliy geografiya fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tabiiyot, geografiya va amaliy geografiya fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

o‘quvchilarda tayanch hamda tabiiyot va geografiya o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat;

jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, geografik ob’ektlar, jarayon va hodisalar, Yer yuzining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global ekologik muammolar haqida fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish, tabiatni qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini shakllantirish;

o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tabiiyot va geografiya fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

o‘quvchilarda atrofimizdagi olamga, o‘z Vataniga muhabbat hissini uyg‘otish, tabiatni asrash va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini shakllantirish, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari, ta’lim sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.

Tabiiyot va geografiya fanidan umumiy o‘rta va amaliy geografiya fani bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

Tabiiyot va geografiya o‘quv fani bo‘yicha ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasi hamda ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari:

1. Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

A1

Quyosh tizimidagi sayyoralarning nomlarini ayta oladi;

Yer yuzidagi tabiiy jarayon va hodisalarni kuzatadi va ayta oladi;

tun va kun, yil fasllari almashinishini kuzatadi va aytib bera oladi;

kundalik hayotda ob-havoning o‘zgarishini mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi, termometr yordamida havo haroratini o‘lchay oladi;

ufq tomonlarini kompas va mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi;

O‘zbekiston Respublikasi va uning viloyatlari tabiati haqida biladi va ayta oladi.

A1+

Yer yuzi tabiatining vaqt davomida o‘zgarishi va rivojlanishi haqida biladi va ayta oladi.

A2

Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlari — litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada kechadigan tabiiy hodisa hamda jarayonlarning mohiyatini anglaydi, tushunadi va tushuntira oladi;

tabiiy hodisa va jarayonlarni kundalik hayotda turli asboblar (kompas, termometr, barometr, flyuger va b.) yordamida o‘lchash va aniqlashni bajara oladi;

materiklar, okeanlar, O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslariga tavsif bera oladi, ularning hududiy xususiyatlarini tahlil qiladi va o‘zaro taqqoslay oladi;

Yer yuzi tabiatining xilma-xilligini keltirib chiqaruvchi asosiy geografik omil va qonuniyatlarni biladi, anglaydi, misollar bilan izohlay oladi;

jahon xo‘jaligi, dunyoning yirik mintaqa va davlatlari, O‘zbekistonning iqtisodiy geografik rayonlari va viloyatlari, O‘zbekistonga yaqin joylashgan mamlakatlarga kompleks iqtisodiy-geografik tavsif bera oladi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taqqoslay oladi;

aholi va ishlab chiqarishning joylashuviga ta’sir etuvchi geografik omillarni ayta oladi va misollar bilan izohlay oladi;

aholi dinamikasi va tarkibi, zamonaviy demografik jarayonlar, urbanizatsiya va aholi migratsiyasining mohiyatini tushunadi va tahlil qila oladi;

dunyoning siyosiy xaritasi, uning tuzilishini tushunadi va tushuntira oladi;

geografik bilimlar asosida tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarga doir amaliy topshiriqlarni yecha oladi.

A2+

Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlarida kechadigan tabiiy hodisa hamda jarayonlarning mohiyatini biladi, tushunadi, tushuntira oladi va misollar bilan o‘z o‘lkasi tabiatida namoyon bo‘lish holatlarini tavsiflay oladi;

tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy hodisa va jarayonlarning turli o‘lcham va kattaliklarini (harorat, yog‘in miqdori, aholi soni va hokazolarni) tasvirlovchi grafiklarni tuza oladi;

statistik ma’lumotlardan foydalanib, jadval va diagrammalarni tuza oladi va ularni tahlil qila oladi;

turli ma’lumot manbalaridan foydalangan holda hududlarning kompleks tavsifini mustaqil ravishda tuza oladi;

ishlab chiqarish tarmoq va korxonalarini hududiy tashkil etish omil va qonuniyatlarini ayta oladi, alohida tarmoq yoki korxonalar misolida ularni izohlay oladi.

B1

Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi;

geografik qobiqning asosiy qonuniyatlari — bir butunlik, modda va energiya almashinuvi, ritmiklik, zonallik, azonallik, balandlik mintaqalanishini biladi;

globallashuv ta’sirida jahon xo‘jaligi, dunyoning geosiyosiy tuzilishida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni biladi va tahlil qiladi, ularni misollar bilan izohlay oladi;

insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi;

jahonning yirik mintaqalari va turli davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi geografik omillarni tushunadi va tushuntiradi;

Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning zamonaviy geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘rnini biladi.

B1+

hozirgi zamonning dolzarb muammolari — suv, energetika, oziq-ovqat, xom ashyo muammolarining mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi, ularning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishlarini misollar bilan izohlay oladi;

O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida amalga oshirayotgan islohotlar, tarkibiy o‘zgarishlar, mintaqaviy siyosatning hududlar, jumladan o‘zi yashaydigan joydagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga ta’sirini biladi.

2. Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:

A1

O‘zi yashaydigan joy (mahalla, qishloq, tuman, shahar) nomlarini biladi, u yerdagi geografik ob’ektlarning (tog‘, tekislik, suv havzalari va boshqalarning) nomlanishini og‘zaki va yozma ravishda to‘g‘ri qo‘llay oladi;

O‘zbekistondagi viloyat va shaharlarning nomlarini ayta oladi va to‘g‘ri yoza oladi.

A1+

Joy nomlarining o‘ziga xos mazmun va tarixiy ahamiyatga ega ekanligini ayta oladi.

A2

Materiklar, qit’alar va okeanlarning o‘rganilish tarixi va uning geografik ob’ektlar nomlarida aks etganligini ayta oladi;

tabiiy geografik o‘lkalar, davlatlar, poytaxt va yirik shaharlarning nomlarini ayta oladi va to‘g‘ri yoza oladi;

geografik ob’ektlar nomlarining o‘ziga xos ma’no-mazmunini tushuntira oladi, o‘zi yashaydigan joy (hudud)ning toponimikasini ayta oladi.

A2+

Davlatlar, ularning poytaxti va yirik shaharlari, O‘zbekistondagi ayrim tuman va shaharlar, tabiiy geografik ob’ektlarning tarixda turli nomlanganligini, geografik ob’ektlarning qayta nomlanish holatlarini misollar bilan izohlay oladi;

geografik xaritalarda shahar, shaharcha va qishloqlarning yozilish qoidalaridagi farqini ayta oladi va amaliyotda qo‘llaydi.

B1

dunyoning tabiiy va geosiyosiy mintaqalarning nomlarini izohlay oladi, bir-biriga yaqin geografik nomlarning (Lotin Amerika va Markaziy Amerika, O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo va hokazolarning) o‘zaro farqini ayta oladi.

B1+

davlatlar, mintaqalar, shaharlar va boshqa ob’ektlarning nomlari tarixiy, madaniy va siyosiy mazmun-mohiyatga ega ekanligini biladi.

3. Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:

A1

Globus, dunyoning yarim sharlari xaritasi, O‘zbekiston tabiiy va siyosiy xaritalaridan geografik ob’ektlarning joylashgan o‘rnini ko‘rsata oladi;

O‘zbekistonning tabiiy xaritasidan o‘zi yashaydigan hududni, mamlakatimizdagi eng baland tog‘lar, tekisliklar, daryolar va boshqa geografik ob’ektlarni ko‘rsata oladi.

A1+

Globus va geografik xaritalarning masshtablari yordamida geografik ob’ektlarning o‘lchamlarini hisoblab chiqara oladi.

A2

Globus va geografik xaritalar, o‘quv atlaslari masshtabi, daraja to‘ri (meridian va parallellar) yordamida geografik ob’ektlarning joylashgan o‘rni va geografik koordinatalarini hamda o‘lchamlarini aniqlay oladi;

joy tuzilishi va topografik xaritalardan milliy iqtisodiyotning turli sohalarida, joylarda yo‘nalish olish, relefni o‘rganish maqsadlarida foydalana oladi;

mavzuli tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar yordamida hududlarning tabiiy sharoiti va resurslari, aholisi va xo‘jaligini tavsiflay oladi;

o‘quv atlasi yordamida yozuvsiz xaritalarga materiklar va okeanlar, davlatlarning siyosiy, tabiiy (iqlim, tabiat zonalari va b.), iqtisodiy-ijtimoiy (sanoat, qishloq xo‘jaligi va b.) xaritalarini tushira oladi.

A2+

Xaritalarda qo‘shimcha ma’lumot sifatida berilgan jadval, diagramma va grafiklar bilan ishlay oladi;

kartografik andozalarni meridian va parallellarning ko‘rinishidan ajrata oladi;

geografik xaritalardan foydalanib hududlarning kompleks geografik profillarini tuza oladi.

B1

geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalari, Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif beradi va qiyosiy tahlil qila oladi.

B1+

mavzuli xaritalar asosida ma’lum bir hududlarning tabiati, aholisi va xo‘jaligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlay oladi.

4. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:

A1

O‘zi yashaydigan joy tabiati, O‘zbekistondagi tabiat boyliklari, diqqatga sazovor tabiat ob’ektlari, ularni muhofaza qilish haqida aytib bera oladi;

tevarak atrofdagi tabiiy muhitni (suv, havo, tuproqni) asrab, ulardan tejamkorlik bilan foydalana oladi.

A1+

Mamlakatimizning cho‘l, vodiy-voha, adir, tog‘, yaylov mintaqalarida tabiatni muhofaza qilish haqida biladi va aytib bera oladi.

A2

Tabiatdan oqilona foydalanish, insonning tabiatga ta’siri, global va mintaqaviy ekologik muammolarning kelib chiqish sabablarini biladi va misollar bilan tushuntira oladi;

tabiiy resurslarning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida ayta oladi;

materiklar, turli mamlakatlar, O‘zbekiston Respublikasidagi muhofaza etiladigan hududlar, ularning turlari, hududiy joylashuvi va amaliy ahamiyatini ayta oladi va misollar bilan izohlay oladi.

A2+

Turli tabiiy resurslarning hududiy tarqalish qonuniyatlari haqida ayta oladi va ularni misollar bilan izohlay oladi.

B1

Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Afrika, Avstraliya va Okeaniya kabi yirik mintaqalardagi dolzarb ekologik muammolarning mohiyati va kelib chiqishi omillarini tahlil qila oladi;

O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ekologik muammolarning mohiyati va kelib chiqishi omillarini biladi, mintaqadagi yagona ekologik muhit, transchegaraviy ekologik muammolar mohiyatini tushunadi.

B1+

Xalqaro tashkilotlar va turli davlatlar tomonidan global ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan xatti-harakatlar, bu boradagi tuzilgan va imzolangan xalqaro va davlatlararo shartnomalar haqida biladi va ayta oladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.