Venesuela
Rasmiy nomi — Venesuela Respublikasi. Poytaxti — Karakas. Hududi — 912100 km2. Aholisi – 27 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili — ispan. Dini — katolik. Pul birligi — bolivar.
Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Amerikadagi davlat. Janubda — Braziliya, g‘arbda va janubi g‘arbda — Kolumbiya, sharqda Gayana davlatlari bilan chegaradosh. Shimoliy qirg‘oqlari Karib dengizi va Atlantika okeani bilan tutashgan. Mamlakatning shimoli va shimoli g‘arbida Karib Andlari tog‘ zanjirining Siyerra-de-Perixa, Kordilyera-de-Merida tizmalari joylashgan. Venesuelaning eng yuqori nuqtasi — Bolivar cho‘qqisi (5007 m). Mamlakat markazida Orinoko pastligi, janubi sharqda Gviana tekis tog‘liklari joylashgan. Tog‘ tizmalari orasida botiqlar va cho‘kmalar ko‘p bo‘lib, u yerlarda koilar hosil bo‘lgan. Yirik ko`llari — Marakaybo va Valensiya. Iqlimi — subekvatorial. Asosiy daryosi — Orinoko irmoqlari bilan. Mamlakat neft, tabiiy gaz, temir rudasi, olmos, oltin, kumush, mis, rux, titan, marganes zaxiralariga ega. Venesuelaning doimiy yashil o‘rmonlarida qimmatbaho daraxt turlari mavjud. Hayvonot dunyosida maymun, ayiq, yalqov, chumolixo‘rlami uchratish mumkin.
Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Ijro etuvchi hokimiyat Ministrlar Kengashiga ham tegishlidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — ikki palatali, Senat va Deputatlar palatasidan tashkil topgan — Milliy Kongressdan iborat. Har bir shtatning o‘z qonun chiqaruvchi yig‘ini mavjud. Venesuela — respublika, 22 ta shtatga bo‘lingan. Siyosiy partiyalari: Demokratik faoliyat, Sotsial-xristian partiyasi, Milliy birdamlik.
Iqtisodi va transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodining asosini neftni qayta ishlash sanoati tashkil etadi. Neft qazib olishdan keladigan foyda davlat budjetiga tushadigan daromadning asosiy qismini tashkil etadi. Quyidagi sanoat sohalari rivojlangan; temir rudasini qazib olish, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, metallurgiya, to‘qimachilik, oziq-ovqat, avtomobilsozlik. Makkajo’xori, dukkaklilar, shakar- qamish, sholi, sorgo, kartoshka, sabzavotlar, qahva, banan yetishtiriladi. Chorvachilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Braziliya, Kolumbiya, Yaponiya, Italiya, Germaniya.
Tarixi. 1498-yilda X. Kolumb hozirgi Venesuela yerlarini kashf qildi. XVI asrdan boshlab ispanlar mamlakatni mustamlaka qila boshlaydi. 1567-yilda mamlakat poytaxti Karakasga asos solindi. XVIII asrning birinchi yarmida Venesuela lspaniya vitse-qirolligining tarkibiy qismiga aylandi. XIX asr boshlaridan mustaqillik uchun kurash boshlandi. Mustaqillik uchun kurashga Simon Bolivar rahbarlik qildi. Bir qator g‘alabalar va mag’lubiyatlardan so‘ng, Venesuela to‘la mustaqillikni 1830-yilda qo‘lga kiritdi. XX asrning o‘rtalarigacha mamlakatda harbiy to‘ntarishlar va inqiloblar bo‘lib turdi. 1958-yildagina mamlakatda fuqarolik demokratiyasi o‘rnatildi. Mamlakat iqtisodi neft eksporti hisobiga tez sur’atlar bilan rivojlandi. 1974-yilda neft sanoati milliylashtirildi. 1980-yillarning o‘rtalarida mamlakatda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz boshlanib, ommaviy namoyishlarga, ish tashlashlarga olib keldi. 90-yillarda bir qator harbiy to‘ntarishlami amalga oshirish uchun harakatlar bo‘lib, ularning barchasi hukumat qo’shinlari tomonidan bostirildi. Bir kunda 3 mln barrel neft qazib oladigan Venesuela prezidenti Ugo Chaves AQSH bilan keskin munosabatda bo‘lishiga qaramay neft yetkazib berish shartnomasi uzluksiz bajarilib kelingan (Venesuela nefti AQSH neft importining 15% tashkil qiladi). 2006-yil 12 martda Venesuela parlamenti davlat bayrog‘iga sakkizinchi yulduzni qo‘shish haqidagi qarorni qabul qildi (XIX asrning boshida Guayana viloyati qo‘shilganligini ifodalovchi sakkizinchi yulduzni qo‘shish 1817-yilda Simon Bolivar tomonidan taklif etilgan edi).
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.