Umuman, xo'jalik tarmoqlari
iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning eng asosiy mavzusi hisoblanadi. Xususan,
bu eng yirik mavzu jahon moddiy ishlab chiqarishining sanoat, qishloq
xo'jaligi, transport tarmoqlarini va ular bilan uzviy bog'liq bo'lgan xalqaro
iqtisodiy aloqalar sohalarini qamrab oladi. Bu mavzularni o'rganish bilan
o'quvchi har bir xo'jalik tarmoqlarining jamiyat hayotida tutgan o'mi,
rivojlanishi va joylashishi xususiyatlari, ularning atrof-muhitga ta’siri
haqida atroflicha tushuncha oladi.
Sanoat - moddiy ishlab
chiqarishning yetakchi tarmog'idir. U har qanday xo'jalik tarmoqlarining
rivojlanishini ta’minlab berish xususiyatiga ega. Jahonning barcha sanoat
tarmoqlarida 450 mln.dan, ziyod ishchi va xodlmlar ishlaydi. Sanoatda band
ishchi-xizmatchilar soniga ko'ra, Xitoyda (64 mln. kishi), AQSHda (26 mln.
kishi), Rossiyada (20 mln. kishi) yetakchilik qiladi. Oxirgi yuz yillikda
sanoat ishlab chiqarishning hajmi jahonda 50 baravardan ortiq o‘sdi, bu
o'sishning 3/4 qismi XX asrning
ikkinchi yarmiga — FTI davriga to'g'ri keladi. Mavjud sanoat tarmoqlari
rivojlanish davri va ahamiyatiga ko'ra uch guruhga bo'linadi.
Birinchi
guruhga sanoatning eski tarmoqlari
kiradi. Bularga toshko'mir, temir rudasini qazib chiqarish, metallurgiya,
vagonsozlik, elektrovoz-teplovozsozlik, kemasozlik, to‘qimachilik kiradi. Ular
barcha davlatlar va mintaqalarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga
va joylashishiga katta ta’sir korsatib kelmoqda.
Ikkinchi
guruhga yangi tarmoqlar deb
ataluvchi avtomobilsozlik, rangdor metallurgiya, plastmassalar, kimyoviy
tolalar, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqlar kiradi. Ularning ahamiyati
jahonda ancha yuqori.
Uchinchi
guruhga eng yangi tarmoqlar
kiradi. Bular mikroelektronika, elektron nisoblash texnikasi, atom va
aerokosmonavtika, optika, organik sintez kimyosi, mikrobiologiya va boshqa
tarmoqlardir. Ularning asosiy xususiyati fantalab tarmoqlar ekanligidir. Bu
sohalarni, odatda, «yuqori texnologiya» tarmoqlari ham deyishadi va u FTI davrining
hosilasi hisoblanadi.
Hozirgi davrda uchinchi guruh
sanoat tarmoqlari eng tez va barqaror rivojlanish sur’atlariga ega bo’lib, AQSH,
Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi yetuk rivojlangan
mamlakatlarda ishlov beruvchi sanoat yalpi mahsulotning 35-40 % ini bermoqda.
Mazkur guruh sanoat tarmoqlarining yana bir xususiyati ularning, asosan,
iqtisodiy rivojlangan va yangi industrlashgan davlatlarda rivojlanganligidir.
Shu sababli ularning jahon sanoati geografiyasiga ta’siri to'xtovsiz ortib
bormoqda. Shu bilan birga sanoat umuman ancha murakkab tarmoqqa еgа.
Yoqilg`i-energetika sanoati turli yoqilg`i (neft,
gaz, ko`mir va boshqalar) va elektr energetika (issiqlik, gidro, atom elektr
energetikasi) tarmoqlarini o`zida birlashtiradi.
Birlamchi energiya resurslari (neft, gaz,
ko`mir, yonuvchi slanes, torf va boshqalar)ning ishlab chiqarish va iste`mol
qilish hajmi doimo o`sib bormoqda.
Tarmoqning muhim xususiyatlaridan biri
mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste`mol qilish geografiyasi o`rtasidagi
farqning kattaligidir. Buning isboti sifatida raqamlarga murojaat qilaylik.
Aholisi 314 mln. kishi bo`lgan AQSH jahonning barcha turdagi birlamchi energiya
resurslarining ¼ qismini iste`mol qilgan holda, aholisi 3 mlrd. Kishidan ziyod
rivojlanayotgan mamlakatlar birgalikda ana shuncha vositalardan foydalanmoqda,
xolos. Agar jahonda har bir kishiga yiliga o`rtacha 2 tonna shartli yoqilg`i to`g`ri
kelgan bo`lsa, bu ko`rsatkich AQSHda 10 tonnaga, rivojlanayotgan mamlakatlarda
esa 0,7 tonnaga to`g`ri keladi.
2011-yilda gaz chiqarish bo`yicha jahondagi yetakchi davlatlar
Davlatlar
Gaz qazib chiqarish, mlrd. mlrd.kub
Davlatlar
Gaz qazib chiqarish, mlrd. mlrd.kub
AQSH
700
Indoneziya
87
Rossiya
670
Niderlandiya
80
Kanada
200
Turkmaniston
72
Buyuk Britaniya
98
O`zbekiston
60
Jahon bo`yicha
3000
XX asr davomida jahonning yoqilg`i-energetika
balansi (YEB)da ham katta siljishlar yuz berdi. Asrning birinchi bosqichida
asosiy energetika vositasi sifatida ko`mirdan foydalanilgan. Bu davrda jahon
YEBda ko`mirning hissasi 1913-yildagi 78%dan 1950-yilda 55%ga tushdi. Bu
birinchi bosqichni haqli ravishda ko`mir davri deyish mumkin. Asrning ikkinchi
yarmidan boshlab jahon YEBda ikkinchi bosqich – neft-gaz davri boshlandi. Buning
asosiy sababi, birinchidan, neft va gazning qattiq yoqilg`I turlari, jumladan,
ko`mirganisbatan eng samarali energiya vositasi ekanligi; ikkinchidan, ularning
ko`p yo`nalishli universal, shu bilan birga, nisbatan ekologik jihatdan toza
energetika vositasi ekanligi; uchinchidan, qazib chiqarish rayonlaridan asosiy
iste`molchi hududlarga ularni tashishning nisbatan qulayligi bol`di. Jahon
energetikasi 80-yillar boshlaridan o`z taraqqiyotining uchinchi davriga qadam
qo`ydi. Bu davrda, asosan, tugamaydigan va ayrim o`rni tiklanadigan energiya
vositasi sifatida qadam-baqadam kengroq foydalanishga o`tila boshlandi.
Neft sanoati yoqilg`i-energetika
tarmoqlarining yetakchisidir. U nafaqat ko`p qirrali energetika resursi, shu
bilan birga, organic sintez kimyosining asosiy xomashyosidir. Shu sababli uning
siyosiy-strategik ahamiyati ham katta.
Neft tabiiy resurs sifatida juda qadim
zamonlardan buyon ma`lum. Sanoat asosida neftni qazib chiqarish XIXX asrning
oxirgi choraklaridan ko`paydi.
Neft qazib chiqaruvchi davlatlar soni tez
ko`paydi. Hozirgi paytda jahonning 80 dan ortiq mamlakatlarida neft qazib
chiqarilmoqda. Muhim tomoni shundaki, jahon neft zaxiralarining 86%i qazib
chiqarilayotgan neftning salkam 48% i rivojlanayotgan davlatlar hissasiga
to`g`ri keladi.
2011-yilda neft qazib chiqarish bo`yicha jahondagi yetakchi davlatlar
Davlatlar
Gaz qazib chiqarish, mlrd. mln. t
Davlatlar
Gaz qazib chiqarish, mlrd. mln. t
Saudiya Arabistoni
500
Venesuela
200
AQSH
450
Meksika
150
Rossiya
420
Xitoy
150
Eron
250
O`zbekiston
5
Jahon bo`yicha
4200
Jahonda neftni qazib chiqarish
va eksport qilishda OPEK (Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti, unga
Jazoir, Liviya, Iroq, Quvayt, Qatar, Eron, Saudiya Arabistoni, BAA, Indoneziya,
Nigeriya, Gabon, Venesuela, Ekvador davlatlari a`zo) mamlakatlari muhim rol
o`ynamoqda. Hozirgi paytda bu mamlakatlar huruhi jahonda aniqlangan neft
zahiralarining salkam 80% iga, qazib chiqarilayotgan neftning esa salkam 50%
dan ortiq qismiga egalik qilmoqda.
Jahonda neftga eng boy hudud Fors qo`ltig`i sohillarida
joylashgan mamlakatlar hisoblanadi. Faqat ana shu davlatlar yer qa`rida jahon
neft zaxiralarining 2/3 qismidan ko`prog`i to`plangan va ular qazib
chiqarilayotgan neftning 1/4 qismidan ko`prog`ini bermoqda. Neftni katta
miqdorda import qiluvchi mamlakatlar qatoriga AQSH (250 mln.t), Yaponiya, Xitoy
va Yevropa Ittifoqi davlatlari kiradi.
Jahonda jami qazib chiqarilayotgan neftning
26% ga yaqini dengiz sayozliklaridan qazib chiqarilmoqda. Shu yo`l bilan neft
qazib chiqarayotgan davlatlar soni 50 tadir. Ayrim mintaqa va davlatlarda
dengiz neftining hissasi ayniqsa yuqori, jumladan, bu ko`rsatkich G`arbiy
Yevropada 90% ni, Lotin Amerikasida 50% dank ko`proqni tashkil qiladi.
Gaz sanoatining jahon YEB dagi hissasi 22% ni
tashkil qiladi. Tabiiy gaz yoqilg`I turlari orasida ekologik jihatdan eng
tozasi hisoblanadi. Yaqin vaqtlargacha bu sanoat tarmog`I asosan iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlarga xos edi. So`nggi yillarda gaz sanoatining ahamiyati
rivojlanayotgan mamlakatlarda ham kuchayib bormoqda. Hozirgi vaqtda tabiiy gaz
zaxiralari hajmiga ko`ra jahonda Rossiya, Eron, Qatar, Turkmaniston davlatlari
yetakchilik qiladi. Gazni qazib chiqarishda esa Rossiya, AQSH, Kanada,
Niderlandiya, O`zbekiston davlatlarining ko`rsatkichlari yuqori. Jahonda gazni
eksport qilish hajmiga ko`ra Rossiya, Niderlandiya, Kanada, Indoneziya, jazoir,
Turkmaniston davlatlari oldinda bormoqda. Umuman, jahonda jami qazib
chiqarilayotgan gazning 15% i tashqi bozorga chiqarilmoqda. Gazni import
qilishda Germaniya, AQSH, Yaponiya, Fransiya, Italiya davlatlari ajralib
turadi. Jami qazib chiqarilayotgangazning 20% ga yaqini dengiz sayozliklaridan
olinmoqda va ularning salmog`i tomora oshib bormoqda.
Ko`mir
sanoati jahon energetikasi tarkibida alohida ahamiyatga ega. Bu tarmoq 60
dan ortiq mamlakatlarda mavjud bo`lib, ko`proq rivojlangan mamlakatlarda katta
salmoqga ega. Hozirgi vaqtda qazib chiqarilayotgan ko`mirning asosiy
iste`molchisi issiqlik elektr stansiyalaridir. Shu sababli kokslanadigan
ko`mirga nisbatan energetic ko`mir qazib chiqarishga ehtiyoj tobora kuchayib
bormoqda. E`tiborli tomonlaridan biri shuki, qazib chiqarilayotgan ko`mir,
asosan, o`sha davlatlarning o`zida iste`mol qilinadi. So`nggi yillarda qazib
chiqarilayotgan ko`mirning atigi 10% i eksportga chiqarilmoqda.
2011-yilda toshko`mir qazib chiqarish bo`yicha jahondagi yetakchi
davlatlar
Davlatlar
Gaz qazib chiqarish, mlrd. mln. t
Davlatlar
Gaz qazib chiqarish, mlrd. mln. t
Xitoy
1400
Avstraliya
300
AQSH
1000
Rossiya
270
Hindiston
320
Germaniya
240
JAR
320
Polsha
200
Jahon bo`yicha
5000
Jahon ko`mir zahiralarining asosiy qismi
Shimoliy yarimsharda – Rossiya, AQSH, Xitoy, Germaniya, Hindiston, Polsha,
Qozog`iston hududlarida joylashgan. Janubiy yarimsharda esa bu masalada
Avstraliya va JAR yaxshiroq mavqega ega. Ko`mirni eng ko`p qazib chiqarishda
Xitoy, AQSH, Avstraliya, Polsha, Germaniya dastlabki o`rinlarni egallaydi. Ular
birgallikda jahonda qazib chiqarilayotgan ko`mirning ¾ qismini bermoqda.
Ko`mirni import qilishda esa Yaponiya alohida ajralib turadi, u yiliga 110 mln.
tonnagacha ko`mir sotib olmoqda. Eksportga chiqarilayotgan ko`mirning 90% I dengiz
yo`llari orqali tashilmoqda. Jahon va davlatlar iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan
biri – elektrotexnikadir. FTI davrida, ayniqsa, iqtisodiyotni kompleks
elektrlashtirish va avtomatlashtirishning kuchayishi elektrotexnika sanoatining
yuqori sur`atlar bilan o`sishiga olib keldi.
Elektroenergetika sanoati elektroenergiyani
ishlab chiqarish manbalariga ko`ra uch tarmoqqa bo`linadi. Jahonda hozirgi
vaqtda taxminan 13,5-14 trln. kVt/s elektroenergiya ishlab chiqarilmoqda. Uning
asosiy qismi AQSH (3600-3800 mlrd. kVt/s), Yaponiya (930-950 mlrd. kVt/s),
Xitoy, Rossiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Koreya Respublikasi hissasiga
tog`ri keladi (O`zbekistonda 2008-yilda 49 mlrd. kVt/s elektroenergiya ishlab
chiqarildi). Elektroenergiyaning 65% ini rivojlangan, 13% ini o`tish
iqtisodiyotiga ega va 22% ini rivojlanayotgan mamlakatlar ishlab chiqaradi.
Jami elektroenergiyaning 60% dan ortiq qismi
issiqlik elektrstansiyalarida, 20% ga yaqini gidroelektrostansiyalarda va 17%
ga yaqini atom elektrostansiyalarida va qolgan qismi geotermal, qalqish,
quyosh, shamol elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi.
Issiqlik elektroenergetikasi (IEE) neft-gaz,
ko`mir bemalolroq bo`lgan mamlakatlarda, ayniqsa, ustun rivojlangan. Bu tarmoq
elektr stansiyalarining asosiy yoqilg`ilari G`arbiy Yevropa, Sharqiy Osiyo,
Shimoliy Amerika va Avstraliyada – ko`mir, Shimoliy Karib dengizi, Fors
qo`ltig`i bo`ylarida joylashgan mamlakatlarda esa gaz va mazutdir. Tabiati
sernam, zaxkash Shimoliy o`rmon mintaqasidagi ayrim mamlakatlarda torf ham
muhim yoqilg`i sifatida ishlatiladi. Umuman, elektroenergetikada IEE lar
salmog`i eng yuqori bo`lgan davlatlar qatoriga Niderlandiya, JAR, Polsha
davlatlari kiradi. Ularda IESlar salmog`i 87-97% ni tashkil qiladi.
Gidroelektroenergetika
(GEE) sanoatining rivojlanish darajasi hududlarda turlicha kattalikda
bo`ladigan gidroenergiya resurslarining qay darajada o`zlashtirilishiga
bog`liq. Braziliya, Xitoy, Rossiya, KDR gidroenergiya resurslariga juda boydir.
Jahon elektr energetikasida GEE salmog`i 20% bo`lgani holda, bu ko`rsatkich
Norvegiya, Braziliya, Tojikiston, Qirg`iziston davlatlarida 90% dan ortadi.
Atom
elektroenergetika (AEE) sanoati ishlan chiqarilayotgan elektrenergiya
salmog`iga ko`ra uchinchi tarmoqdir. Hozirgi vaqtda jahonning 33 mamlakati (asosan,
rivojlangan davlatlar)da turli quvvatdagi AES (Atom elektr stansiya)lar ishlab
turibdi. Fransiya, Yaponiya, Belgiya,
Koreya Respublikasida uning hissasi yuqori. Ularda ishlab chiqarilayotgan
elektrenergiyaning 54-72% i AESlarga tog`ri keladi.
Elektroenergiya ham mahsulot (tovar)
bo`lganligi sababli, u xalqaro doirada oldi-sotdi vositasi bo`lib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda elektr energiyasini eksport (Rossiya, Ukraina, Vengriya,
Shveysariya, Kanada) va import (Italiya, Niderlandiya, AQSH) qiladigan
davlatlar shakllangan.
Energiya vositalarining hozirgi davrda
hayotda kam foydalanib kelinayotgan noan`anaviy energiya manbalari deyiladi.
Noan`anaviy energiya manbalarining eng
istiqbollisi yerning ichki issiqlik yoki geothermal energiyasidir. Yer
sharining deyarli barcha hududlari ma`lum darajada yerning ichki issiqlik
energiyasiga ega. Ayniqsa, yerning "yosh” tektonik rayonlari bunday resurslarga
ancha boy. Iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangan va geothermal resurslarga boy
mamlakatlarda dastlabki geothermal elektrostansiya (GeoTES) lari AQSH
(Kaliforniya), Rossiya (Kamchatka), Yaponiya, Italiya, Xitoy, Meksika, Yangi
Zelandiya, Filippin kabi, hammasi bo`lib 20 ga yaqin mamlakatlarda bor.
Islandiyada esa yerning ichki energiyasidan uy-joylar, idoralar va
issiqxonalarni isitishda keng foydalanilmoqda.
Noan`anaviy energiya manbalaridan yana biri
dengiz suvining qalqish energiyasidan foydalanishdir. Qalqish elektrostansiya
(QES) lari Fransiya, AQSH, Kanada, Rossiya va Xitoygina bor. Dengiz to`lqini
energiyasi asosida ishlaydigan birinchi elektrostansiya Yaponiyada qurilgan.
Quyosh energiyasidan foydalanish ham juda
katta istiqbollarga ega. Hozirgi vaqtda quyoshli kunlar ko`p bo`ladigan
mamlakatlarda, jumladan, AQSH, Yaponiya, Isroil, Kipr kabilarda quyosh (gelio)
qurilmalaridan foydalanib, ko`plab uylar, issiqxonalar, ishxonalar isitilmoqda.
Hozircha jahonda faqat Fransiya, Ispaniya, Italiya, Yaponiya, AQSH, Ukraina
davlatlaridagina quyosh elektrostansiyalari qurilgan. O`zbekiston ham shunday
qurilmaga ega bo`lgan jahondagi kam sonli mamlakatlardan biri. Undagi quyosh
qurilmasi ilmiy tadqiqot ishlariga xizmat qiladi.
Yana bir noan`anaviy energiya manbayi sjamol
quvvatidan foydalanishdir. Qadimdan inson turli ehtiyojlari yo`lida shamoldan
foydalanib kelgan. Masalan, yelkanli dengiz kemachiligi, shamol tegirmonlari va
boshqalar. FTI davrida undan sanoat yo`li bilan elektr energiyasi hosil qilish
va foydalanishga o`tila boshlandi. Bu yo`nalishda AQSH, Daniya, Shvetsiya,
Germaniya, Ispaniya, Gretsiya, Kanada kabi rivojlangan mamlakatlarda sezilarli
yutuqlar qo`lga kiritilgan.
Shuningdek, sintetik yoqilg`i turlari ham
noan`anaviy energiya manbalaridan hisoblanadi. U ko`mir, yonuvchi slanes,
neftli qumlar, hatto, biomassalardan sun`iy ishlov berish asosida olinadi. Ular
gaz, uglevodorodli suyuq birikmalar, etil spirit ishlab chiqarish orqali amalgam
oshiriladi. Tabiat bunday resurslarga ancha boy va ulardan keng foydalanish
kelgusi avlodlar vazifasi bo`lib hisoblanadi.
Tog`-kon sanoati yer osti boyliklarini qazib
chiqarish va ularni dastlabki qayta ishlash (boyitish) tarmoqlarini o`zida
birlashtiradi. Ular yoqilg`i metal, noruda mineral boyliklari va qurilish
materiallarini qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlarga aloqadordir.
Jahon xo`jaligi tarmoqlarini mineral xomashyo bilan ta`minlash, asosan,
tog`-kon saoatiga bog`liq. Bu sanoat tarmog`i mineral resurslar qazib
chiqaruvchi barcha davlatlarda bor. Lekin jahon mineral xomashyolarining 2/3
qismi AQSH, Rossiya, Xitoy, Avstraliya, Kanada, JAR va boshqa ayrim davlatlar hissasiga
to`g`ri keladi.
Shu bilan birga tog`-kon sanoati
mahsulotlarini qazib chiqarish va eksport qilishda rivojlanayotgan mamlakatlar
mavqeyi ham past emas. Turli xil yer osti qazilma boyliklarini qazib chiqarish
hajmi Osiyoda Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Saudiya Arabistoni; Afrikada
KDR, Zambiya, Marokash, Nigeriya, JAR, Zimabve, Botsvana; Lotin Amerikasida
Braziliya, Chili, Meksika, Venesuela kabi mamlakatlarda juda katta.
Umuman, nomlari, tilga olingan deyarli barcha
barcha mamlakatlarda qazib chiqarilayotgan mineral resurslarning o`rtacha
80-90%i dastlabki qayta ishlovdan chiqarilgach, jahon bozorlariga yo`llanmoqda.
Ularni xarid qilishda, asosan, rivojlangan mamlakatlarning qo`li baland.