Suv toshqini 

12 135

  Suv toshqini - daryo, ko`l, suv ombori yoki dengiz sathining ko`tarilishi natijasida joyning vaqtinchalik suv ostida qolishi. Suv toshqini qor va muzliklarning erishi, uzoq vaqt davomida yomg`ir yog`ishi, daryo o`zanlarining muz parchalari bilan to`silib qolishi to`gonlarning buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkinю Ko`pgina suv toshqinlari suv oqimining shakllanish holatlariga bog`liq bo`ladi.
Gidrologlar barcha suv toshish hollarini to`rtga bo`ladilar:
  • Past - tekislik daryolarida 5-10 yilda bir marta kuzatiladi. Ba’zi tayyorgarlik tadbirlari kщёrilganda ular hayot faoliyatiga ta’sir qilmaydi.
  • Yuqori - ular har 20-25 yilda bir marta sodir bo`lib, daryo vodiylarining anchagina katta maydonlarini suv bosadi, ayrim hollarda kundalik turmush tarziga zarar yetadi. Ba’zi hollarda odamlarni xavfsiz joylarga ko`chirishga to`g`ri keladi.
  • Taniqli - 50-100 yilda bir marta sodir bo`ladi. Qishloq xo`jaligi ekin maydonlarining kamida 50% suv bosib, aholini to`la kuchirishga to`g`ri keladi. Shaharlar va aholi yashash joylarini suv bosishi boshlanadi.
  • Halokatli - har 100-200 yilda bir marta bo`ladi, bir nechta daryo tizimlarini suv bosadi, hayot tarzi butunlay o`zgaradi.
   Suv toshqinlari kelib chiqish sabablariga ko`ra 6 turga bo`linadi: bahorgi muz va qorlarning erishi bilan bog`liq; yomg`ir yog`ish vaqtidagi qorlarning erishidan hosil bo`ladigan; daryo o`zanida oqimga ko`rsatiladigan qarshilik bilan bog`liq katta ko`l va suv omborlari qirgoqlarida shamol yordamida hosil bo`ladigan; gidrotexnik inshootlar tug`onlarining yorilishidan yuzaga keladigan va suv osti zilzilalari yoki vulqon otilishidan hosil bo`ladigan. 
  Suv toshqini chog`ida suv sathi tez ko`tariladi va daryoga tutash joylar suv ostida qoladi. Suv toshqini paytida odamlar, qishloq xo`jaligi ekinlari va hayvonlar nobud bo`ladi, binolar, inshootlar, kommunikatsiya tarmoqlariga shikast yetadi yoki vayron bo`ladi; moddiy va madaniy boyliklar yo`qotiladi, xo`jalik faoliyati to`xtab qoladi, hosil nobud bo`ladi, hosildor yer qatlami yuvilib ketadi yoki suv ostida qoladi hamda landshaft o`zgaradi.
  Bundan tashqari suv toshqinlarining ikkilamchi shikastlovchi omillari mavjud bo`lib, ular quyidagilardan iborat: turli inshootlar mustahkamligiga zarar yetishi, zarar ko`rgan omborlardan zaharli moddalarning suv bilan yuvilib, katta hududlarga olib ketilishi, sanitar-epidemiologik vaziyatning murakkablashuvi) joyning botqoqlikka aylanishi.
  Suv toshqinlari bevosita va bilvosita zarar keltiradi. Turar joy va ishlab chiqarish binolari, avtomobil va 
temir yo`llarning, elektr va aloqa tarmoqlarining, meliorativ tizimlarning shikastlanishi va buzilishi, qishloq xo`jaligi ekinlari va chorva mollarining nobud bo`lishi, xom ashyo, yoqilgi, oziq-ovqat, yem-xashak, o`gitlarning yo`qotilishi, aholi va moddiy boyliklarni xavfsiz joyga ko`chirish uchun sarflangan mablag`, tuproq hosildor qatlamining yuvilib ketishi bevosita keltirilgan zarar turiga kiradi. Zarar ko`rgan hududlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, qurilish materiallari va texnika, mollar ozuqasini sotib olish va yetkazib berish bilan bog`liq xarajatlar, sanoat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilishining kamayishi, iqgisod taraqqiyotining sekinlashuvi, yerli aholi hayot faoliyati sharoitlarining yomonlashuvi, suv bosgan hududlardan yetarlicha foydalanib bo`lmasligi, doimiy suv bosish maydonlarida joylashgan binolar va inshootlarning tez ishdan chiqishi, ya’ni eskirishi bilvosita keltirilgan zarar deb ataladi.
  Suv toshqini hodisasiga nisbatan zamonaviy shahar zaifroq hisoblanadi. Chunki, suv bosishi natijasida tuproq chuqadi. Bu esa o`z navbatida chiqindi va suv quvurlarining, gaz magistrallarining, elektr, telegraf va telefon tarmoqlarida ko`plab uzilishlar bo`lishiga olib keladi.
  Suv bosishining yuz berish vaqti va qancha muddat davom etishi qishloq xo`jaligi uchun muhim rol o`ynaydi. Qishloq xo`jaligi ekinlari suv ostida qolganida tuproq tarkibidagi havo chiqib ketadi, me’yordagi havo almashinuvi buziladi va o`simliklar ildizidan suvga karbonat angidrid o`tadi, buning natijasida o`simlik zaharlanadi. Shu sababli qishloq xo`jaligi ekinlarining hosildorligi pasayib ketadi yoki ular butunlay nobud bo`ladi.
 Gidrologlar odatda suv sathi ko`tarilayotganligi haqida oldindan ogohlantiradilar. Ko`pchilik suv toshqinlarini oldindan aytib berish va zararni kamaytirish mumkin bo`ladi. Bunday hollarda damba va tug`onlarning ahvoli tekshiriladi, aholi xabardor qilinadi va zarur bo`lsa muhandislik ishlari olib boriladi (masalan, ortiqcha suvni oqizib yuborish uchun ariqlar qaziladi).
  Suv toshqini to`g`risidagi xabarni olgach nima qilish kerak? Odatda bu haqdagi axborotda suv toshqini kutilayotgan vaqt, uning chegaralari, shuningdek, aholiga tavsiyalar va evakuatsiya tartibi to`g`risida ma’lumot beriladi. Agar sizning uyingiz e’lon qilingan suv bosadigan maydonga tushib qolsa, quyidagilarga amal qilish lozim:
  • gaz, suv, elektr tarmoqlari va pechlardagi olovni o`chiring;
  • qimmatbaxo buyumlarni yuqori qavatlarga olib chiqing;
  • Boshqa tabiiy ofatlar singari bu holda ham ikkilamchi xavfni, ya’ni sanoat korxonalaridagi avariyalar, shikastlangan quvur va uzilgan elektr simlarining xavfi mavjud ekanligini esda saqlash lozim. Suvda qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlatib bo`lmaydi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.