TOP-10: Dunyoning eng kam boriladigan mamlakatlari
Har yili Birlashgan millatlar Butunjahon turistik tashkiloti
(UNWTO) "UNWTO Tourism Highlights” deb nomlangan sayyohlar eng ko’p tashrif buyuradigan
davlatlar hisobotini tuzadi. 2013-yil sarhisoblariga ko’ra eng ko’p sayyohat qilinadigan
davlatlar hamon o’zgarishsiz qolgan: Fransiya (83 million sayyoh), AQSh (69,8 million
sayyoh), Ispaniya (60,7 million sayyoh), Xitoy (55,7 million sayyoh) va Italiya
(47,7 million sayyoh). Bundan farqli ravishda biz bugun juda kam boriladigan davlatlar
haqida axborot bermoqchimiz.
Palau
Palau Respublikasi 328 oroldan
tashkil topgan bo’lib, u Tinch okeanidagi Karolia arxipelagiga tegishli bo’lgan
g`arbiy orollar guruhi hisoblanadi. Aholisi bor-yo’g`i 20,9 ming kishini tashkil etadi. 2013-yilda Palauga
105 ming sayyoh tashrif buyurgan.
Moldova Respublikasi
2013 yilda Moldovaga 96 ming kishi
sayohat uyushtirgan. Suratda Moldovaning poytaxti Kishinevdan 40 km uzoqlikda joylashgan
Orgeev yoki Orxey shahri aks etgan.
Sharqiy Timor
Sharqiy Timor demokratik respublikasi
Malay arxipelagidagi Timor orolining sharqiy qismini egallaydi va Avstraliyadan
g`arbga tomon 450 km uzoqlikda joylashgan. Bu davlat dunyodagi eng qashshoq davlatlardan
hisoblanadi. 2013-yilda unga 78 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan.
Dominika
Karib dengizi va Atlantika okeanining
shimoliy qismi orasida joylashgan bu orol Puerto-Rikodan Trinidada va Tobagogacha
bo’lgan yo’lning o’rtasida joylashgan. Uni qo’l tegmagan va boy tabobot va nabotot
dunyosiga egaligi uchun "Tabiat oroli", deb ham atashadi. 2013-yilda bu
davlatga 78 ming kishi sayohat uyushtirgan.
Sent-Vinsent va Grenadina
Karib dengizidagi Sent-Vinsent
oroli va Grenadina guruhiga tegishli 32 ta kichik orollardan tashkil topgan bu davlatga
2013-yilda 78 ming sayyoh tashrif buyurgan.
Angilya
O’ziga qo’shni bo’lgan kichik orollar
guruhini qamrab olgan Angilya oroli Britaniyaning o’z-o’zini mustaqil boshqaruvchi
dengizorti hududlaridan hisoblanadi. 13 ming aholiga ega bu davlatga 2013-yili
69 ming sayyoh tashrif buyurgan.
Lixtenshteyn
Dunyodagi eng boy davlatlardan
biri. Past soliq darajasi va bank depozitlari borasidagi liberal siyosat Lixtenshteynni
Yevropadagi "soliq jannati"ga aylantirgan. Bu davlatga o’tgan yili 60
ming sayyoh tashrif buyurgan.
Niue
Niue dunyodagi eng katta korall
orollaridan biri hisoblanadi. U Yangi Zelandiyaga tegishli bo’lgan o’zini-o’zi mustaqil
boshqaruvchi davlatdir. Bu davlatga o’tgan yili 7 ming sayyoh tashrif buyurgan.
Montserrat
Tez-tez bo’lib turadigan dovullar,
zilzilalar va vulqon otilishlari sababli qachonlardir amerikaliklar, inglizlar va
kanadaliklarning sevimli dam olish maskani bo’lgan Karib dengizidagi bu orolni mahalliy
aholining ko’pchilik qismi tashlab ketgan. Bu davlatga o’tgan yili tashrif buyurgan
sayyohlar soni 7 mingtani tashkil etadi.
Kiribati
Kiribati Respublikasi – ekvatorning
ikkala tomonida ham joylashgan Tinch okeanidagi 33 ta marjon orollardan iborat orollar
guruhi hisoblanadi. 1979-yili bu davlat Buyuk Britaniya hukmronligidan mustaqil
bo’lishga erishgan. Kiribati Maldiv va Tuvalu kabi okeanlardagi suv sathining doimiy
ravishda o’sib borishi natijasida suv ostiga g`arq bo’lishi mumkin bo’lgan orol
davlatlardan hisoblanadi. Bu davlatga o’tgan yili tashrif buyurgan sayyohlar soni
bor-yo’g`i 6 mingtani tashkil qiladi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.