Lesoto 

4 017

  Rasmiy nomi — Lesoto Qirolligi. Poytaxti — Maseru. Hududi — 30355 km2. Aholisi – 2,1 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ingliz va sesuto. Dini — xristianlik (katoliklar va protestantlar). Pul birligi — lotin.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Lesoto Afrika qit’asining janubida joylashgan bo`lib, har tomondan Janubiy Afrika Respublikasining chegaralari bilan o‘ralgan. Davlat chegarasining uzunligi 909 km. Mamlakat hududining katta qismi Basuto yassitogligining chegaralarida joylashgan. Ushbu hududlar sharq va janubdan Ajdar tog‘lari bilan o‘ralgan. Uning eng yuqori nuqtasi — Tabana Ntlenyan (3842 m). Asosiy daryosi — To‘qsariq. Lesoto hududida olmos, kvars, ko‘mir, uran konlari mavjud. Ishlov beriladigan yerlar umumiy yerining 10% ini, o‘tloq va yaylovlar 66% ni egallaydi. Iqlimi — okean yaqin boiishiga qara- masdan kontinental.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. 4-oktabr (1966) Lesoto qirolligi e’lon qilingan kun (oldin Buyuk Britaniya mustamlakasi bo‘lgan) Milliy bayram hisoblanadi. Davlat boshlig‘i — qirol (qirol Moshin II 1995-yil fevraldan buyon davlatni boshqarib kelmoqda). Ijroiya hokimiyati Harbiy Kengashga va premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Harbiy Kengash va bir palatali parlament — Milliy Konstitutsion Assambleya tomo­nidan amalga oshiriladi. Asosiy partiyalari — Basuto milliy partiyasi, Birlashgan demokratik partiyasi, Basuto kongressi partiyasi, Marematlu ozodlik partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodiyoti asosan qishloq xo‘jaligiga, yengil sanoatga va shartnoma asosida JARga borib ishlab kela- yotgan ishchilardan olinadigan pul o‘tkazmalaridan tushadigan mablag‘larga asoslangan. Uncha katta bo‘lmagan fermer xo‘jaliklari (qishloq xo‘jaligi YIMning 20% ini tashkil etgan) makkajo‘xori, bug‘doy, аrpа va sorgo yetishtiradi. Ishlab chiqarish asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va olmos qazib olish bi­lan bogiiq. Turizm rivojlanmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: JAR, YI. Temiryo`llar (umumiy uzunligi 2,6 km) JARga tegishli. Avtomobil yoMlarining umumiy uzunligi — 7215 km.
  Tarixi. Hozirgi Lesoto hududiga kelib joylashgan qabilalar XIX asrning birinchi yarmida Moshin I hukmronligi ostiga birlashtirilgan. Baustolend (mamlakatning sobiq norni) 1871-yili Keyptaun protektoratiga, 1884-yili esa Buyuk Britaniya protektoratiga aylandi. 1966-yili mamlakat mustaqillikka erishdi va Lesoto qirolligi deb atala boshladi. 1970-yilgi davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga harbiylar kelishdi va ular davlatni 1993-yilga qadar idora qilishdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.