Benin 

7 027

Rasmiy nomi — Benin Respublikasi. Poytaxti — Porto-Novo. Hududi — 112622 km.kv. Aholisi — 8082531 kishi (2007). Davlat tili — fransuz. Dini — majusiylar (70%), xristianlar (15%), musulmonlar (15%). Pul birligi — Afrika franki.
  Geografik joylashuvi va tabiati. G arbiy Afrikada joylashgan davlat. Shimolda — Burkina-Faso, Niger, sharqda — Nigeriya, g‘arbda Togo davlati bilan chegaradosh. Janubda sohillari Gvineya ko‘rfazi bilan tutashgan. Mamlakat yuzasi janubda pastlikdan, shimol­da yassitog‘likdan, shimoli g‘arbda Atakora tog‘laridan iborat. Asosiy daryosi — Veme.  Iqlimi — ekvatorial va subekvatorial. Mamlakatda marmar va neft zaxiralari mavjud. Hududning katta qismi savannalar, janubda daryo bo‘ylarida nam tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Hayvonlardan fil, antilopa, qo‘tos, maymun, timsohlar mavjud. Qushlar ham ko‘p.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Benin 6 ta viloyatga bo’lingan. Siyosiy partiyalari: Benin Tiklanishi, Demokratik yangilanish partiyasi, Alafiya — yangilanish va rivojlanish uchun harakatlar Fronti.
   Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Benin — agrar mamlakat. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, to’qimachilik korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Chorvachilik rivojlangan. Paxta, yeryong‘oq, qahva yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: Marokash, Fransiya, Portugaliya, AQSH, Xitoy, Gana, Italiya, Gollandiya, Nigeriya, Kot-d’Ivuar. Asosiy porti: Kotonu.
   Tarixi. XV asrda Beninning qirg‘oq hududlariga yevropaliklar kirib keldi va uni qul savdosining yirik tumanlaridan biriga aylantirdi. Benin hududida vujudga kelgan Dagomeya davlati to‘grisidagi birinchi ma’lumotlar XVII asrga oiddir. 1890-yillarning boshida Dagomeya fransuz istilochilari tomonidan bosib olindi. XIX asrning oxirlarida Benin hududi ingliz mustamlakachilari tomonidan bosib olinib, keyinchalik Nigeriya mustamlakasi tarkibiga qo‘shib yuborildi. Dagomeya 1904-yilda fransuz mustamlakasi bo‘lib qoldi va hozirgi kungacha Fransiya mamlakatining asosiy savdo hamkori bo‘lib qolmoqda. 1960-yilning 1-avgustidan Benin Dagomeya Respublikasi nomi ostidagi mustaqil davlatdir. 1960-1972-yillarda mamlakatda 10 ta hukumat almashib, 5 ta harbiy to‘ntarish bo’lib o‘tdi. 1972-yilda hokimiyat tepasiga Harbiy-inqilobiy hukumat keldi. 1990-yil martidan mamlakat Benin respublikasi deb atala boshlandi. 1990-yil dekabrida yangi konstitutsiya qabul qilindi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.