Антарктида
Antarktida haqida umumiy ma`lumotlar
Savol | Javob |
---|---|
Maydoni (orollar va shalf muzliklari bilan birga) | 14 000 000 kv.km |
Orollar maydoni - |
90 000 kv.km |
Shelf muzliklari maydoni - |
930 000 kv.km |
Qirg'oq chizig'ining uzunligi |
30 000 km |
Muz qoplami yuzasining dengiz sathidan o'rtacha balandligi |
2040 metr |
Muz qoplamining o'rtacha qalinligi |
1720 metr (2000 metr atrofida) |
Dengiz sathidan eng yuqori balandlik (Vinson massivi) |
5140 metr |
Materikning eng shimoliy nuqtasi (Antarktida ya.o.) |
63 daraja 14' j.k. 57 daraja 11' g'.u. |
A ntarktida doimiy muz bilan qoplangan yagona materik, eng sovuq, o‘rtacha balandligi bo‘yicha eng baland (2040 m), Janubiy qutbda Quyoshning chiqishi va botishi bir yilda faqat bir marta kuzatiladi, Yer yuzidagi eng kuchli shamol shu yerga xos, chuchuk suv zaxirasi bo‘yicha (80%) yagona materik, o‘simlik va hayvonot olamiga eng kambag‘al, muzsiz zaminning cho‘kmasi bo‘yicha birinchi o‘rinda (-2555 m), yagona yirik yarimoroli bor, Yer yuzasining «sovuqlik qutbi» («Vostok» stansiyasi, -89,2°C) va «magnit qutbi» shu yerda, bironta mamlakatga tegishli bo‘lmagan va tinchlik hamda ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan yagona materik.
А ntarktida yunoncha «anti» - qarama-qarshi, teskari, «arktika» - shimoliy, ya'ni Arktikaning teskari tomoni degan ma'noni anglatadi. Antarktika - muzli qit'a, uning maydoni 52,5 mln km.kv. Antarktida - yaxlit muzli materik bo‘lib, maydoni 14 mln km.kv. Antarktida Janubiy qutbiy doirada, boshqa materiklardan juda uzoqda joylashgan yagona materik. Materikka tutashib turgan 12 ta chetki dengizlari bor. Antarktida boshqa materiklarga nisbatan eng keyin kashf etilgan. Bunga sabab dengiz suvlarining uzoq muddat muzlashi, aysberglarning ko‘pligi, boshqa materiklardan uzoqligidir.
M aterik o‘rtacha balandligi bo‘yicha eng baland hisoblanadi. Muz qoplamining o‘rtacha qalinligi 2000 m atrofida. Muzning eng qalin joyi 4500 m ga boradi. Lekin muz tagi relyefining deyarli 70% i dengiz sathidan pastda joylashgan. Berd tekisligidagi Bentli cho‘kmasining muzsiz mutlaq chuqurligi -2555 m, muz tagi relyefining o‘rtacha balandligi esa 110 m. Bu jihatdan, Antarktida eng past materik hisoblanadi. Materikning eng baland qismi Elsuerd tog‘laridagi Vinson massividir. Materikda uchta harakatdagi vulqon bor. Shulardan eng balandi - Erebus vulqoni (3794 m).
Tog' cho'qqilari
Nomlanishi | Tog` tizimi, hududi | Dengiz sathidan balandligi, metr |
---|---|---|
Vinson massivi | Elsuert yeri | 5140 |
Jekson | Antarktida yarim oroli | 4191 |
Minto | Viktoriya yeri | 4163 |
Menzis |
Prins-Cherlz tog'i | 3355 |
Vulqonlar
Nomlanishi | Hududi | Dengiz sathidan balandligi, metr |
---|---|---|
Erebus | Ross dengizi | 3794 |
Orollar
Nomi | Maydoni, kv.km | Nomi | Maydoni, kv.km |
---|---|---|---|
Janubiy Georgiya | 4770 | Janubiy Orkney | 1230 |
Janubiy Shotland | 2300 | Janubiy Sandvech |
371 |
Qiziqarli ma`lumot va savol-javoblar
Dengizlar: Uedell, Bellinsgauzen, Amundsen, Ross
Yerlar: Uilks, Viktoriya, Meri Berd, Elsuert, Koroleva Mod, Antarktika yarimoroli, Ross dengizi, va shelf muzligi, Janubiy qutb, Janubiy magnit qutbi
- Janubiy yarimshar Shimoliy yarimshardan ancha sovuq.
- "Vostok" stansiyasida -89,2 daraja sovuq harorat kuzatilgan.
- Quyoshdan keladigan nurning 90 foizi qaytadi.
- Antarktida iqlimi nihoyatda quruqligi bilan ajralib turadi.
- Sovuqlar qutbida ham qor tarkibida bakteriyalar mavjudligi aniqlangan.
- Muzsiz tog' yonbag'irlarida yozgi harorat +20 darajagacha yetishi mumkin.
- Antarktida hech qaysi mamlakatga qarashli emas va doimiy aholisi yo'q
- Janubiy magnit qutbi - Fransiya Dyuman-d Yurvil markazi
- Antarktidada qalinligi 2600-4000 metrli muzlik bilan qoplangan.
- Xalqaro geofizika yili o'tkazilgandan beri rejali ravishda o'rganilmayotgan materik.
- Pingvinlar – Antarktidaning tipik hayvoni.
- Avstraliya harakatdagi (so'nmagan) vulkanlari va hozirgi zamon muzliklari yo'q materik hisoblanadi.
- Materik qirg'oqlarida butunlay muz va qorlardan xalos bo'lgan quruqliklar bor. Ularni "Antarktida vohalari" deyishadi. Ularning maydoni bir necha 10 kv.km.danbir necha yuz kv.km.gacha boradi.
- Antarktida qirg'oqlarida sayyoramizning eng katta hayvonlari - ko'k kit, kashalot, kasatkalar yashaydi.
- Antarktida bironta davlatga tegishli emas. 1959-yildagi Xalqaro shartnomaga muvofiq bu yerda faqat ilmiy tadqiqotlar olib borishga ruxsat etilgan.
- Materikda 16 ta mamlakatning ilmiy tadqiqot stansiyalari bor.
- Materik muzlarining hajmi 26 mln.metr kub, Yer yuzasidagi muzlarning 87 foizi, chuchuk suv zahirasining 80 foizi shu yerda.
- Antarktida 50-60 daraja j.k.dan ichkaridagi orollar va suv havzasi bilan maydoni 52,5 mln.kv.km.
- Eng katta yarimorol - Antarktida
- Eng chuqur botiq - Bentli cho'kmasi (Muz tog'i) -2555 metr
- Eng
sovuq harorat -89,2°C
Rossiyaning «Vostok» stansiyasida kuzatilgan.
- Eng katta
qoplama muz -26 mln. m.kub
- Eng
katta pingvin - Imperator (og'irligi 40 kg, bo'yi 1,17 m).
- Eng katta harakatdagi muzlik - Lamberto
(uzunligi 470 km,
eni 64 km).