Евразия

Yevrosiyo materigi haqida umumiy ma'lumotlar

  • Asosiy xususiyatlari

      Yer yuzasidagi eng katta, eng baland supermaterik (8848 m), Shimoliy yarimsharning «sovuqlik qutbi» mavjud eng yirik yarimoroli, eng chuqur g‘ori, eng chuqur va eng katta ko‘li bor, eng uzun (300 m) lianalar ham shu yerda o‘sadi, Shimoliy yarimsharning barcha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari shakllangan, eng katta deltasi bor, Yer sharidagi (sakkizminglik) 14 ta cho‘qqining barchasi shu materikda joylashgan, doimiy muzloq yerlar maydoniga ko‘ra birinchi o‘rinda, berk havzalar maydoniga ko‘ra yetakchi, «Qor chizig‘i - balandlik qutbi» eng balanddan o‘tgan joy (6400 m, Markaziy Tibet) shu yerda.
  • Geografik o'rni

      Yevrosiyo materigi Shimoliy yarimsharda to‘liq joylashgan. Faqat Osiyo qit'asining orollari Janubiy yarimsharga kirib boradi. Qirg‘oqlarini to‘rtta okean suvlari o‘rab turadi. Yevrosiyo materigi quruqlik maydonining deyarli 30 % ini egallaydi. Bu materik Yevropa (maydoni 10 mln kv. km) va Osiyodan (maydoni 44 mln kv. km) tashkil topgan.Yevropa atamasi qadimgi finikiyaliklarning (assiriya) Yerep - g‘arb va Osiyo atamasi esa Osu sharq so‘zlaridan kelib chiqqan. Yevrosiyo materigi sharqda Bering bo‘g‘izi orqali Shimoliy Amerikadan ajralsa, g‘arbda Gibraltar bo‘g‘izi uni Afrikadan ajratib turadi.
  • O'rganilishi

      Yevrosiyo eng qadimgi sivilizatsiya markazi hisoblanadi. Jumladan, qadimgi Vaviloniya, Hindiston, Xitoy hududida madaniyat bir necha ming yilliklar avval rivojlangan. Dastlabki geografik xaritalar, globuslar ham shu hududda kashf etilgan. Eratosfen va Ptolemey tuzgan xaritalarda Yevrosiyo va Shimoliy Afrika aks ettirilgan. Materik to‘g‘risidagi dastlabki geografik ma'lumotlar qadimgi faylasuf, tabiatshunos allomalardan Gerodot (er.av.485-425-yillar), Geraklit (er.av.IV asr), Strabon, Aflotun, Aristotel, Ptolemey va boshqalarning asarlarida berilgan.

 

Y evrosiyoning Atlantika va Tinch okean qirg‘oqlari kuchli parchalangan. Materikning atrofida minglab orol va ko‘plab yarimorollar joylashgan. Bu borada Tinch okean sohillarida zanjirsimon ulanib ketgan orollar halqasi alohida ajralib turadi. Agar materikning chekka nuqtalari orollardan hisoblansa, Shimoliy qutbga atigi 10° qoladi, Janubiy yarimsharga esa 11° kirib boradi.

Y Yevrosiyoning ichki o‘lkalari tabiatini o‘rganishda O‘rta Osiyolik geograf olimlarning xizmatlari juda katta. O‘rta Osiyo va Arab geografiyasiga asos solgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning (780-847) xizmatini alohida ta'kidlash lozim. Xorazmiy ilmiy faoliyati davomida tabiiy fanlarni rivojlantirishga, tabiatni o‘rganishga alohida e'tibor bergan. 

A bu Rayhon Beruniy (973-1048) Hindistonda yashagan davrida o‘lkaning daryolari, tog‘lari, o‘simlik va hayvonot olamini batafsil o‘rganib, «Hindiston» asarini yaratdi. U Amudaryo misolida «daryolar keltirayotgan tog‘ jinslarining massasi (katta-kichikligi) suv oqimining tezligiga to‘g‘ri proporsional» ekanligini aniqladi. 

 
- Maydoni (orollar bilan birga) - 10 080 000 kv.km
- Orollar maydoni - 730 000 kv.km
- Qirg'oq chizig'ining uzunligi - 38 000 km
- Dengiz sathidan o'rtacha balandlik - 340 metr
- Dengiz sathidan eng yuqori balandlik - Monblan t. (Fransiya) 4807 metr
- Dengiz sathidan eng past balandlik - Niderlandiyadagi pasttekislik  -5 metr
- Eng shimoliy nuqta - Nordkin burni (Norvegiya)- 71 daraja 08' sh.k. 27 daraja 42' shq.uz.
- Eng janubiy nuqta - Marokki burni (Ispaniya)- 36 daraja 00' sh.k. 5 daraja 37' shq.uz.
- Eng g'arbiy nuqta - Roka burni (Portugaliya)- 38 daraja 48' sh.k. 9 daraja 31' g'.uz.

- Maydoni (orollar bilan birga Rossiyaning Osiyodagi hududini hisoblamaganda) - 32 003 300 kv.km

- Orollar maydoni - 1 891 800 kv km

- Qirg'oq chizig'ining uzunligi - 30 500 km

- Dengiz sathidan o'rtacha balandlik - 960 metr

- Dengiz sathidan o'rtacha balandlik - Jomolungma t. (Everest, Himolay) 8848 metr

- Dengiz sathidan eng past balandlik - O'lik dengizi sathi (Isroil, Suriya) -405 metr

- Eng janubiy nuqta - Piay burni (Malayziya)- 1 daraja 16' sh.k. 103 daraja 30' shq.uz.

- Eng g'arbiy nuqta - Baba burni (Turkiya) - 39 daraja 29' sh.k. 26 daraja 04' shq.uz.

- Qo'ltiqlar: Fors, Fin, Botnik, Riga, Adan, Biskau, Bengaliya, Shelixov

- Bo'g'izlar: La-Mansh, Pa-de-Kale, Skagerrak, Katta Gant, Bering, Laperuza, Malakka

- Yarimorollar: Kola, Taymir, Chukotka, Kamchatka, Hindi-Xitoy, Malakka, Hindiston, Arabiston, Kichik Osiyo, Bolqon, Apennin, Pireniya, Skandinaviya, Sinay

- Tekisliklar: Sharqiy Yevropa, G'arbiy Sibir

- Yassitog'liklar: O'rta Sibir, Arabiston, Dekan, Qozog'iston

- Pasttekisliklar: Kaspiybo'yi, Hind-Gang, Turon

- Botiqlar: Gxor (O'lik dengizi), Turfon, Qoragiyo, Sariqamish, Mingbuloq

- Eng uzun daryo - Dunay 2860 km

- Eng katta ko'l - Venern (Shvetsiya) 5585 kv.km

- Eng chuqur ko'l - Garda (Italiya) 346 metr

- Eng katta orol - Buyuk Britaniya 229 885 kv.km

- Eng baland harakatdagi vulqon - Etna (Italiya) 3323 metr

- Eng chuqur g'or - Jan-Bernar (Fransiya) 1535 metr

- Eng uzun g'or - Xellox (Shveytsariya) 78 metr

- Eng baland sharshara - Sharqiy Mardalsfoss (Norvegiya) 517 metr 

- Eng uzun daryo - Yanszi (Xitoy) 6300 km

- Yanszi daryosining maydoni bo'yicha eng katta havzasi 1 807 000 kv.km

- Eng katta ko'l - Orol dengizi (Qozig'iston, O'zbekiston) 33 640 kv.km

- Eng chuqur ko'l - Issiqko'l (Qirg'iziston) 668 metr

- Eng katta orol - Kalimantan (Indoneziya va Malayziya) 734 000 kv.km

- Eng baland harakatdagi vulqon - Erjiyas (Turkiya) 3916 metr

- Eng katta cho'l - Gobi (Mongoliya, Xitoy) 900 000 kv.km



Yevropa daryolari

Nomi Uzunligi, km Havzasining maydoni, ming kv.km
Volga 3531 1360
Dunay 2857 817
Ural 2428 237
Dnepr 2200 504
Don 1870 422
Pechora 1809 322
Reyn 1320 224
Shimoliy Dvina 1302 357
Elba (Laba) 1165 144
Visla 1068 194
G'arbiy Dvina 1020 88
Luara 1020 120
Taxo (Teju) 1007 81
Neman 937 98
Maas 925 49
Odra (Oder) 912 119
Ebro 910 84
Rona 812 98
Sena 776 79
Po 652 75
Temza 334 15

Osiyo daryolari

Nomi Uzunligi, km Havzasining maydoni, ming kv.km
Yanszi 6300 1808
Xuanxe 4845 745
Mekong 4500 810
Amur 4444 1855
Lena 4400 2490
Yenesey 4092 2580
Ob (Irtish bilan) 5410 2990
Hind 3180 980
Sirdaryo 3019 219
Braxmaputra 2900 935
Ganga 2700 1120
Amudaryo 2540 309
Iravadi 2150 430
Sitszyan 2130 437
Kolima 2129 647
Tarim 2030 952
Tigr 1950 375
 

Yevropa ko'llari

Nomi Maydoni, kv.km Eng chuqur joyi, m
Kaspiy 371 000 1025
Ladoga 17 700 215
Onega 9 720 100
Venern 5 585 100
Vettern 1 912 120
Sayma 1 800 58
Melaren 1 140 60
Inari 1 050 60
Balaton 596 11
Jeneva 582 310
Boden 538 252
Garda 370 346
Skadar 356 12
Prespa 285 54
 

Osiyo ko'llari

Nomi Maydoni, kv.km Eng chuqur joyi, m
Baykal 31 500 1620
Balxash 18 300 26
Issiqko'l 6 280 702
Duntinxu 6 000 10
Rezeye (Urmiya) 5 800 16
Kukunor 4 200 38
Van 3 760 145
Poyanxu 2 771 20
Xubsugul 2 620 238
Tuz 2 500  2
Tayxu 2 20 -
Namtso 2 000 -
O'lik dengizi 1 050 356
 

Yevropa tog' cho'qqilari

Nomlanishi Tog` tizimi, hududi Dengiz sathidan balandligi, metr
Elburs Katta Kavkaz 5 642
Kazbek Katta Kavkaz 5 033
Monblan G'arbiy Alp 4 807
Monte-Roza G'arbiy Alp 4 634
Finsteraarxorn
G'arbiy Alp 4 274
Grosglokner Sharqiy Alp 3 797
Mulasen Serra-Nevada 3 478
Aneto burni Pireney 3 404
Musala Bolgariya 2 925
Olimp Gretsiya 2 917
Korno Apennin 2 914
Gerlaxovskiy-Shtit G'arbiy Karpat 2 655
Moldovyanu Janubiy Karpat 2 543
Galxyopiggen Skandinaviya  2 470
Botev Stara-Planina 2 376
 

Osiyo tog' cho'qqilari

Nomlanishi Tog` tizimi, hududi Dengiz sathidan balandligi, metr
Jomolungma Himolay 8 848
Chogori Qoraqurum 8 611
Dxaulagiri Himolay 8 221
Nangaparbat Himolay 8 126
Ulug'muztog'
Kunlun 7 723
Tirichmir Hindikush 7 690
Gungashan Dasyueshan 7 590
Kulagangri Himolay 7 554
Ismoil Samoniy Pomir 7 495
G'alaba Tyanshan 7 439
Nenchen-Tangla Nenchen-Tangla tuzmasi 7 090
Basudan-Ula Tangla tizmasi 6 096
Katta Ararat Arman tog'lari 5 165
Zerdkux Zagros 4 548
Beluxa Oltoy 4 506
Kachkar Oltoy
4 506
 

Yevropa vulqonlari

Nomlanishi Joylashgan hududi Dengiz sathidan balandligi, metr
Etna Sitsiliya 3 340
Xvannadalsxnyukyur Islandiya 2 119
Gekla Islandiya 1 491
Vezuviy Apennin 1 281
Stromboli Lapir orollari 926
Vulkano Lapir orollari 499
 

Osiyo vulqonlari

Nomlanishi Joylashgan hududi Dengiz sathidan balandligi, metr
Demavend Elburs 5 604
Klyuchi Sopkasi Kamchatka yarim oroli 4 750 
Kerinchi Sumatra oroli 3 805
Fudzuyama Xonsyu oroli 3 776
Semeru Yava oroli 3 676
Slamet Yava oroli 3 428
Raung Yava oroli 3 332
Apo Mindanao oroli 2 954
Aso Kyusyu oroli 1 592
Krakatau Zond qo'ltig'i 813
 

Yevropa orollari

Nomi Maydoni, kv.km Nomi Maydoni, km.kv
Buyuk Britaniya 230 000 Kolguyev 5 250
Islandiya 103 000 Balear 5 000
Irlandiya 84 000 Evbiya 3 770
Novaya Zemlya 82 600 Malorka 3 410
Shpitsbergen arx. 62 000 Vaygach 3 383
Sitsiliya 26 700 Gotland 2 960
Sardiniya 24 100 Saaremaa 2 714
Frans-Iosif yeri arx. 16 100 Eland 1 348
Korsika 8 720 Kerkira 592
Krit 8 300 Bornxolm 588
Zelandiya 7 016 Malta 246
 

Osiyo orollari

Nomi Maydoni, kv.km Nomi Maydoni, km.kv
Kalimantan 735 700 Timor 33 615
Sumatra 435 000 Sikoku 18 760
Xonsyu 223 400 Seram 18 200
Sulavesi 179 416 Xalmaxer 17 998
Yava 126 500 Kurill 15 600
Luson 105 600 Sumbava 15 500
Mindanao 95 600 Flores 15 175
Xokkaydo 77 700 Palavan 11 800
Saxalin 76 400 Banka 11 600
Shri-Lanka 65 596 Sumba 11 200
Kyusyu 42 600 Kipr 9 251
Novosibirsk 38 400 Vrangel 7 270
Severnaya Zemlya arx. 37 560 Karagin 2 120
Tayvan 35 948 Katta Shantar 2 000
Xaynan 33 700 Okinava 1 254

Geografik obyekt va qiziqarli ma`lumotlar

- Tog'lari: Monblan, Gerlaxovski-Shtit cho'qqisi, Kontabriya, Pireneya, Andaluz tog'lari, Alp, Karpat tog'lari

- Tekisliklari: Padan, O'rta Dunay, Quyi Dunay pasttekislari

- Daryolari: Dunay, Elba, Odra, Visla, Pioni, Tisa

- Orollari: Buyuk Britaniya, Irlandiya

- Alp-Karpat tog'laridagi muzliklar maydoni - 4140 kv.km.

- O'rta Yevropadagi eng baland cho'qqi Monblan - 4810 metr

- Alp tog'larida 15-27 km uzunlikdagi muzliklar bor.

- Yevropa quyidagi tabiiy-geografik o'lkalarga ajratilgan: Shimoliy, Shariqy, O'rta va Janubiy Yevropa

- Balandliklar: Valday, Moskvayoni, Dneprbo'yi, O'rta Rossiya Donetsk kryaji, Timan kryaji.

- Tekisliklar: Pechora: Oka-Don, Dneprbo'yi, Kaspiybo'yi, Polesye.

- Daryolar: Dnepr, Don, Dnestr, Pechora, Shimoliy Dvina, G'arbiy Dvina, Volga, Ural.

- Ko'llar: Chud, Ilmen, Ladoga, Pskov, Onega, Bosqunchoq, Valday, Elton.

- Sharqiy Yevropa tekisligi platformaga mos keladi.

- Sharqiy Yevropa platformasi ikki yarusli bo'lib, uning zamini (fundamenti) magmatik va metamorfik jinslardan iborat, ikkinchi (ustki qismi) dengiz cho'kindi jinslaridan va kontinental jinslardan iborat.

- Bu o'lkada KMA va Krivoy-Rog temir-ruda konlari, Moskva rayoni, Donetsk, Pechora ko'mir havzalari, Volga-Ural, Pechora neft-gaz havzalari, Kola yarim oroli apatiti mavjud.

- Sharqiy Xitoy, Koreya yarimoroli, Tinch okeani, Yapon dengizi, Sariq, Shariqy Xitoy, Janubiy Xitoy, Janubiy Xitoy dengizlari, Gobi cho'li, Sinlin tog' tizmasi, Guchxji tog'lari, Buyuk Xitoy pasttekisligi, Shandun tog'lari, Naklin va Yushan tog'lari, Xuanxe, Yanszi daryolari.

- Turon pasttekisligi, Turkiston, Qoraqum, Qizilqum, Qoragiyo, (Botir) cho'kmasi, Sariqamish, Mingbuloq, Bo'kantoov, Tomditov, Muruntov, Quljuqtov, Zaunguz, To'rg'ay, Ustyurt, Betpaqdala, Tyanshan, Pomir, Tangritog', G'alaba, Xontangri, Muztog'ota, Fedchenko.

- Yozda kontinental tropik havo massalari, qishda kontinental mo'tadil havo massalari ustun.

- Cho'llar, tog'lar yuzalari faif issiqlik o'takuvchanligi bilan farqlanadi.

- Tog'lar: Himolay, Jomolungmma cho'qqisi, Kichik Himolay, G'arbiy Gatt, Dekan yassi tog'ligi.

- Tekisliklari: Hind-Gang pasttekisligi, Tar cho'li.

- Daryolari: Hind, Gang, Braxmaputra, Mekong, Jamna, Garavadi, Maxanadi, Krishna.

- Tabiat zonalari: savannalar va siyrak o'rmonlar, doimiy yashil nam o'rmonlar, balandlik mintaqalari.

- Iqlim mintaqalari: tropik, subekvatorial, ekvatorial.

- Vasko da Gama 1498-yilda Kalikut shahri hozir Kojikode deb nomlangan.

- Temir daraxt, qizil daraxt, qora daraxtlardan a'lo sifatli mebellar tayyorlanadi.

- Katta Zond orollarida odamsimon maymunlardan orangutan va gibbonlar uchraydi.

- Hindiston fili, yovvoyi ho'kiz, yo'lbars "Qizil kitob"ga kiritilgan.

- Geografik obyektlari: Arabiston yarimoroli, Arabiston, Qizil, Fors qo'ltig'i, Arabiston yassitog'ligi, Mesopotamiya pasttekisligi, Dajla va Frot daryolari, Rub-el-Xaliy cho'li.

- Yer shari quruqligining eng past cho'kmasi O'lik dengizi sathi -405 metr

- Arabiston yassitog'ligi Fors qo'ltig'iga avval qirga keyin pasttekislikka aynaladi.

- Janubi-G'arbiy Osiyoda jahon neft zahiralarining yarmiga yaqini to'plangan.

- Janubi-G'arbiy Osiyo mamlakatlarida dengiz suvlaridan chuchuklashtirib foydalanish yaxshi yo'lga qo'yilgan.

- Arabiston yarimorolining tog'li qismidan fosforit, Fors ko'rfazidan neft va gaz ko'p qazib olinadi.

- Yer sharidagi yillik amplituda (haroratlar o'rtasidagi farq) Vernoyanskda kuzatilgan - 106,7 daraja. Eng sovuq -70 daraja, eng issiq +36,7 daraja.

- Eng ko'p yog'in 1860-1861-yillarda Cherrapunjada qayd etilgan - 26400 mm (2 m 64 sm).

- Cherrapunjada o'rtacha yillik yog'in - 12 000 mm.

- Himolay tog'larida barcha balandlik iqlim mintaqalari mavjud.

- Yaponiya, Filippin orollari "tayfun" shamollaridan kuchli zararlar ko'radi, bu shamollar tezligi 400 km gacha boradi.

- Arabiston yarimorolidagi ko'pgina mamlakatlar sug'orishda dengiz suvini chuchuklashtirib foydalanadilar.

- O'rta Yevropada eng ko'p yog'in Alpning g'arbiy yonba'riga tushadi 3000-3500 mm.

- Markaziy Osiyoda eng yuqori quyosh radiatsiyasi kuzatiladi.

- Eng seryog'in joy - Cherapundji, Hindiston (yillik yog'in miqdori 24 metrga yetgan).

- Tayga Yer sharidagi o'rmonlar ichida eng yirigi bo'lib, uning maydonlari 1 mlrd. ga dan oshadi.

- Tibet va Himolay tog'larining 6000 metrdan baland qismlarida eng balandda o'suvchi Lyutik nomli gulli o'simlik o'sadi. Bu tog' sovuq iqlimidagi qor-muz tabiat zonasidir.

- Uzoq Sharqdagi musson o'rmonlarda "Hayot ildizi" degan ma'noni anglatuvchi - jenshen deb ataluvchi dorivor o'simlik o'sadi.

- Los bug'usining og'irligi 400 kg, shoxlarining uzunligi 2 metrgacha boradi.

- Yevropa keng bargli o'rmonlari uchun eng xos bo'lgan o'simliklar dub va bukdir.

- Aralash va keng bargli o'rmonlardagi zubr, Ussuriya yo'lbars, "Qizil kitob"ga kiritilgan.

- Hindiston fili - sutemizuvchi hayvonlar ichida eng uzoq umr (80 yil) ko'ruvchisi hisoblanadi.

- Osiyo bilan Yevropa o'rtasidagi chegara - Ural tog'lari, Elba daryosi, Kaspiy dengizning shimoli, Kuma-Manich cho'kmasi, Azov dengizi, Qora dengiz va uning bo'g'izlari orqali o'tadi.

- Bambuk - dunyodagi eng baland bo'yli o'tsimon o'simlik, uning bo'yi 55 metr, diametri 30 sm gacha boradi, ayrim turlari sutkasiga 94 sm gacha o'sadi, yosh novdalaridan shakar olinadi, yog'ochidan mebel yasaladi.

- Bambuk ayig'i (katta panda)ning bo'yi 1,8 m, quyrug'ining uzunligi 30 sm. Xitoyning tog' o'rmonlarida yashaydi. Yosh bambuk novdalari bilan oziqlanadi.

- Eng uzun chirmovuq - rotang bo'lib,, uning uzunligi 300 metr keladi.

- Hindi-Xitoy yarimorolida og'irligi 2 gr keladigan ko'rshapalak yashaydi. U sut emizuvchilar ichida eng kichigi hisoblanadi.

- Tibet tog'larida 6000 metr balandda - yak deb ataluvchi hayvon yashaydi.

- Himolay tog'lari etaklarida o'tish qiyin bo'lgan tropik changalzor - jungli o'sadi.

- Yevrosiyo materigi qirg'oqlarining uzunligi 100 000 km.dan ortadi. Shundan, 38 000 km Yevropa, 62 000 km Osiyoga to'g'ri keladi.

- Qozog'istonning Akmola va Turkmanistondagi Kushka shaharlari Markaziy Osiyoda dunyodagi baland cho'qqilardan biri (Chogori, 8611 m) va eng chuqur botiqlardan biri joylashgan (To'rfon, -154 m).

- Eng baland cho'qqi - Jomolungma (Everest 8848 m).

- Eng katta ko'l - Kaspiy (371000 kv.km).

- Eng chuqur ko'l - Baykal (1620 m).

- Eng katta yarimorol - Arabiston (2,7 mln kv.km dan ortiq).

- Eng sho'r ko'l - O'lik dengizi (1 litr suvida 270 gr tuz bor).

- Eng katta o'rmon - Tayga.

- Eng kichik mamlakat - Vatikan (maydoni 0,44 ga).

- Aholisi eng ko'p shahar - Tokio

- Okean sathidan eng past joy - O'lik dengiz (-405 m).

- Eng katta mamlakat - Rossiya

ДРУГИЕ СТАТИСТИЧЕСКИЕ ИНФОРМАЦИИ

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Загружается...