Африка

Afrika haqida umumiy ma'lumotlar

  • Asosiy xususiyatlari

    Afrika - to‘rtta yarimsharda joylashgan yagona materik. Ekvator Afrikani teng ikkiga bo‘lib turadi. Uning shimoliy va janubiy chekka nuqtalari ekvatordan deyarli teng masofada joylashgan. Gibraltar bo‘g‘izi orqali Yevropa, Suvayish bo‘yni orqali Osiyo qit'alari bilan tutashib turadi.
  • Geografik o'rni

    Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qismining eni (Almadi va Ros-Xafun burunlari oralig‘i) 7500 km bo‘lsa, janubining eni 3000 km ga teng. Materik sharqida yirik Somali yarimoroli va Mozambik bo‘g‘izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan.
  • O'rganilishi

    Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qismining eni (Almadi va Ros-Xafun burunlari oralig‘i) 7500 km bo‘lsa, janubining eni 3000 km ga teng. Materik sharqida yirik Somali yarimoroli va Mozambik bo‘g‘izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan.

 

V asko da Gama Afrikaning Hind okeani sohilidagi Malindi portidan arab dengizchisi va olimi Ibn Ma'jad yo'lboshchiligida 1498-yilda Hindistonga borgan. U 1502-1503- va 1524-yillarda yana ikki marta Hindistonga borgan. 1502-yilda 20 ta harbiy kema bilan borib, Kalikut shahrini vayron qilgan va Portugaliya koloniyasiga aylantirgan.

E ng jazirama yoz - (+58 C) Liviyada kuzarilgan. Eng yuqori o`rtacha yillik harorat - (+34,5 C) Efiopiyada 1960-yilda kuzatilgan. Eng past harorat - (-15 C) Marokashda bo`lgan. Maksimal o`rtacha yillik yog`in (10500 mm) - Kamerun tog`larining g`arbiy yonbag`rida qayd qilingan. Minimal o`rtacha yillik yog`in (1,0 mm, Daxlada) - Misrda qayd qilingan.

A frikada jami 392 ta qo`riqxona va milliy bog`lar bor, ularning maydoni 363 ming kv.km. (Afrikaning 1,2% maydoni). Afrikada qo`riqxonalarga eng boy davlat Kongo va Keniya hisoblanadi. Keniyada 17 ta qo`riqxona bor. Ularning maydoni 2,1 mln ga. Afrikada qul savdosi XVI asrdan boshlanib 350 yil davom etgan. Bu davrda Afrikada taxminan 200 mln.odamni yo`qotgan.

 

- Maydoni (orollar bilan birga) - 30 257 000 kv.km

- Orollar maydoni - 630 000 kv.km 

- Qirg'oq chizig'ining uzunligi - 30 500 km

Dengiz sathidan o`rtacha balandlik - 750 m

- Dengiz sathidan eng yuqori balandlik -  Kilimanjaro vulqoni (Tanzaniya) - 5895 metr 

- Dengiz sathidan eng past balandlik -   Assal ko`li sathi (Jibuti) -157 metr 

- Eng shimoliy nuqta - Ben-Sekka burni (Tunis) 

- Eng shimoliy nuqta koordinatasi - 37 daraja 21' sh.k. 9 daraja 45' shq.u.

- Eng janubiy nuqta - Igna burni (JAR)

- Eng janubiy nuqta koordinatasi - 34 daraja 52' sh.k. 19 daraja 59' shq.u.

- Eng g'arbiy nuqta - Almadi burni (Senegal) 

- Eng g'arbiy nuqta koordinatasi - 14 daraja 45' sh.k. 17 daraja 32' shq.u.

- Eng sharqiy nuqta - Ras-Xafun (Somali) 

- Eng sharqiy nuqta koordinatasi - 10 daraja 26' sh.k. 51 daraja 23' shq.u.

Bo`g`izlar: Gibraltar, Mozambik

- Dengizlar: Qizil, O`rta

- Sharsharalar: Viktoriya, Livingston, Stenli, Tulega

- Deltalar: Okovango deltasi dunyodagi eng katta ichki delta – Kalaxari, Nil deltasi – yunoncha delta harfiga o’xshash

- Havzalar: Amantika, Hind okeanlari havzalari va berk (ichki) havza

- Suv omborlari: Asuan

 

Eng uzun daryo - Nil (Kagera bilan)  6671 km
Maydoni bo`yicha eng katta havza - Kongo daryosida (Lualaba bilan) 3 700 000 kv.km
Eng katta ko`l - Viktoriya 69 485 kv.km
Eng chuqur ko`l - Tanganika 1470 metr   
Eng katta orol - Madagaskar 587 000 kv.km 
Eng baland harakatdagi vulqon - Kamerun  4100 metr
Eng baland sharshara - Tugela (Janubiy Afrika) 948 metr
Eng katta cho`l - Sahroi Kabir (Shimoliy Afrika) 7 000 000 kv.km

  Samum - Shimoliy Afrika va Arabiston yarimorolida esadigan kuchli quruq va issiq qumli shamolning mahalliy nomi. Jazoirda bunday shamol siroko, Misrda hamsin,  Arabistonda esa samum deb ataladi. Demak, samum arabcha jazirama shamol degan ma'noni anglatadi. Yer yuzasining juda qattiq qizishi natijasida siklonlarda samum hosil bo'ladi. Davom etish 20 daqiqadan 3 soatgacha, qizigan qum va changli bo'ron davrida harorat 50 darajagacha ko'tariladi, ba'zan Samum esishini qizigan qum zarrachalarining ishqalanib, qattiq musiqiy tovush chiqarishidan bilsa bo'ladi.




 

Daryolar

Nomi Uzunligi, km Havzasining maydoni, ming kv.km
Nil (Kagera bilan) 6671 2870
Kongo (Zair) 4320 3691
Niger 4160 2092
Zambezi 2660 1330
Oranj 1860 1036
Okavango (Kubango) 1800 785
Limpopo 1600 440
Volta 1600 394
Senegal 1430 441
Shari 1400 880
Rufidji 1400 178
Ruvuma 800 145
 

Ko`llar

Nomlanishi Maydoni, kv.km Eng chuqur joyi, m
Viktoriya 69 000 80
Tanganika 34 000 1470
Nyasa 30 800 706
Chad 16 600 12
Rudolf 8500 73
Mobutu-Sese-Seko 5300 57
Mveru 5100 9-15
Bangveulu 4920 5
Tana 3100-3600 70
Idi-Amin-Dada 2500 131
Kibu 2370 496
 

Tog' cho'qqilari

Nomlanishi Tog` tizimi, hududi Dengiz sathidan balandligi, metr
Keniya Keniya 5199
Margerita Kongo-Uganda 5109
Ras-Dashan Efiopiya tog`lari 4620
Tubkal Baland Atlas 4165
Tabana-Ntlenyana Drakon tog`lari 3482
Emu-Kusi Tibesti 3415
Mont-o-Surs Drakon tog`lari 3299
Marra Sudan 3088
Piton-de-Nej Reyunon oroli 3069
Taxat Axaggar 2918
Marumukutru Madagaskar oroli 2876
Brandberx Namibiya 2601
Sheliya Sahroi Kabir Atlasi 2328
Lalla-Xedidja Atlas 2308
 

Vulqonlar

Nomlanishi Tog` tizimi, hududi Dengiz sathidan balandligi, metr
Kilimanjaro Tanzaniya 5895
Meru Tanzaniya 4567
Karisimba Virunga tog`i 4507
Kamerun Kamerun 4070
Teyde Tenerife oroli 3718
Fogu Fogu oroli 2829
Teleki Keniya 646
 

Orollar

Nomlanishi Maydoni, kv.km
Madagaskar 587 000
Kanar orollar 7270
Yashil burun orollari 4033
Sokotra 3580
Reyunon 2510
Azor orollari 2390
Komor orollari 2171
Masuas-Ngema-Biyogo 2017
Mavrikiy 1865
Zanzibar 1658
Pemba 984
San-Tome 836
Madeyra 797
Seyshel 405
Prinsipi 128
Avliyo Yelena 122
Rodriges 111

Qo'riqxonalar

Nomi Mamlakat Tabiiy o`lka Maydoni, gektar
Bamingi MAR Sudan va Markaziy Afrika 1 000 000
Kafue Zambiya Janubiy Afrika 2 249 000
Kryugera JAR Janubiy Afrika 1 820 000
Selus Tanzaniya Sharqiy Afrika 3 289 120
Serengeti Tanzaniya Sharqiy Afrika 1 450 000
Kavo Keniya Sharqiy Afrika 2 088 000

Qiziqarli ma`lumot va savol-javoblar

- Nima uchun Afrikada yog'inlar miqdori hudud bo'ylab bir tekis taqsimlanmagan? Yuqori va past bosimli hududlari borligi uchun
Past va yuqori bosimli hududlar Afrikaning qayerlarida joylashgan? - Ekvator va tropiklarda
Hududi  ekvatorning   har ikki tomonida joylashgan,  yil bo'yi atmosfera   bosimi   va   yog'inlar   miqdori ko'p (1500-1800 mm) bo'ladi, bu yerda yanvar oyidagi havo harorati 26°C, iyul oyidagisi esa 28°C - Ekvatorial
Hududi yuqori atmosfera bosimi sohasida joylashgan, yog'inlar miqdori oz (100 mm dan kam). Bu yerda yanvar oyida o'rtacha harorat 10°C, iyul oyida esa 38°C Tropik
Afrikaning bu qismi havo massalarining mavsumlar bo'yicha almashinib turishi bilan xarakterlanadi. Qish quruq, yoz sernam. Bu yerda yanvar oyining o'rtacha harorati +24°C, iyulda +30°C. Yillik yog'in miqdori - 600-1000 mm - Subekvatorial
Bu hudud uchun havo haroratining mavsumiy almashinib turishi xarakterli. Masalan, yanvarning o'rtacha harorati +12°C, iyulniki +27°C, yillik o'rtacha harorati +15-18°C, yoz quruq, qish sernam. Yog'inlar miqdori - 600-700 mm - Subtropik 
Afrikaning bu qismida yanvarning o'rtacha harorati 25°C, iyulniki +15°C. Yog'inlar yil bo'yi bir tekis taqsimlangan (yiliga 800 mm gacha yog'in tushadi). Nam subtropik
Qaysi daryoning suv sathi mavsumlar bo'yicha deyarli o'zgarmaydi? Kongo daryosi
Qaysi ko'lning suv sathi keskin o'zgarib turadi? Chad ko'li.
Qaysi ko'l dunyoda eng uzun ko'l hisoblanadi? Tanganika ko'li
Qaysi daryoning nomi lotin tilidan tarjima qilinganda «qora» degan ma'noni bildiradi? Niger daryosi
Qaysi daryo eng katta delta hosil qiladi? Nil
Qaysi daryoning nomi mahalliy aholi tilida «Katta daryo» degan ma'noni bildiradi? Zambezi
Qaysi ko'lning nomi mahalliy aholi tilidan tarjima qilinganda «suv» degan ma'noni bildiradi? Chad
Qaysi daryo sersuvligi va havzasi maydoniga ko'ra dunyoda ikkinchi o'rinda turadi? Kongo
Dunyodagi eng katta sharsharalardan biri Viktoriya Afrikaning qaysi daryosida joylashgan? Zambezi
Qaysi ko'lda tez-tez dovul bo'lib turadi? Viktoriya ko'lida
Afrikadagi qaysi ko'l eng chuqur hisoblanadi? Tanganika ko`li
Qaysi daryo ekvatorni ikki marta kesib o'tadi? Kongo daryosi
Viktoriya sharsharasi qaysi daryoda joylashgan? Zambezi daryosida
Afrikaning qaysi daryosi eng sersuv? Kongo
Qaysi daryo Sharqiy Afrika yassi tog'ligidan boshlanib, Viktoriya ko'li orqali oqib o'tadi? Nil
Qaysi daryo ming yillar davomida Afrikada yashovchilar uchun jumboq bo'lib kelgan? Nil
Qaysi ko'l dunyodagi chuchuk ko'llar orasida eng uzun hisoblanadi? Tanganika
Qaysi ko'lning tubi okean sathidan 660 m pastda bo'lib, chor atrofini balandligi 2000 m gacha bo'lgan tog'lar o'rab olgan? Tanganika
Qaysi daryoga Asvon to'g'oni qurilgan? Nil
O'ziga xos o'simlik - velvichiya o'sadi? Cho'l va chala cho'lda
«Sekretar» qushi yashaydi? Savanna va siyrak o'rmonda
Tuproqlar qizg'ish-sariq tusda bo'ladi? Nam ekvatorial o'rmonlarda
Haroratning sutkalik va yillik katta amplitudalari kuchli fizik nurashga sabab bo'ladi? Cho'l va chala cho'lda
Daraxtsimon o't o'simligi - banan, soyabonsimon akatsiya, baobab, mimoza o'sadi, ko'pdan ko'p hayvonlar daraxtlarda yashaydi? Nam ekvatorial o'rmonlarda
Aloe va yovvoyi tarvuz o'sadi? Cho’l va chala cho'lda
Haddan tashqari ochko'z qush - marabu yashaydi? Savanna va siyrak o'rmonda
Nil daryosining yuqori oqimidagi papiruszorlarda faqat Afrikadagina yashaydigan qush uchraydi. Bu - qaysi qush? Marabu
Afrikadagi oilalarning deyarli barcha idishi uyining atrofida «o'sib yotadi». O'simlik mevalarini bir necha joyidan bo'g'ib, bog'lab qo'yadilar va kerakli kattalikda o'stiradilar. Shunda turli katta-kichiklikdagi xumcha, xurmacha, tog'ora va boshqa ajoyib shakldagi idishlar hosil bo'ladi. Bu qanday o'simlik? Qovoq
Dunyodagi eng uzun daryo vodiysida shunday bir o'simlik o'sadiki, ungaqadimdan xat yozishda foydalaniladi. Bu daryo va uning vodiysida o'suvchi o'simlikning nomi nima? Nil daryosi, Papirus o'simligi
Kalaxari cho'lida juda yirik hosil beruvchi o'simlik o'sadiki, uning tarkibida shakar, А, В, С vitaminlari ko'p (bu vitaminlar ko'plab xastaliklarni davolashda shifobaxsh vosita hisoblanadi). Bu mevalar qanday kattalikda bo'ladi? Bu, yovvoyi tarvuz bo'lib, og'irligi 20 kg keladi.
Eng issiq va sernam iqlim kuzatiladi? Markaziy va Sharqiy Afrikada
Yosh burmali tog'lar joylashgan? Shimoliy Afrikada
Daryolarning quruq o'zanlari «vodiy»lar ko'p? Shimoliy Afrikada
Namib cho'li joylashgan? Janubiy Afrikada
Kongo daryosining havzasi katta maydonni egallagan? Markaziy va Sharqiy Afrikada
Katta qismini dunyodagi eng katta cho'l egallaydi? Shimoliy Afrikada
Chuqur va uzun ko'llar ko'p? Markaziy va Sharqiy Afrikada
Drakon (Ajdaho) tog'lari joylashgan? Janubiy Afrikada
Viktoriya sharsharasi joylashgan? Janubiy Afrikada
Sese nomli pashsha uchraydi? Markaziy Afrikada
Olmos va oltin ko'p? Janubiy Afrikada
Neft, gaz va fosfat konlari bor? Shimoliy Afrikada
Yog`li (moyli) palma - yomg`irli davrda 15 litrgacha shirin sharbat beradi, undan vino va boshqa ichimliklar tayyorlashda foydalaniladi.
- Savannalarda eng katta bo'lgan daraxt - baobab o`sadi (balandligi 20 metr, tanasining aylanasi 30 metr). Uning yengil va yumshoq tanasi yong`indan qo`rqmaydi va o`zida 120 litrgacha suv saqlaydi. Uning tanasidan musiqa asboblari yasashadi. Baobab 5000 yilgacha umr ko`radi.
- Soyabonli akatsiya o'zidan shilimshiq smola chiqazadi. Undan ip tayyorlashda va matolar tikishda foydalaniladi.
- Finikiya palmasi "Voha Qirolichasi" asosiy daraxtdir. Balandligi 20-30 metrgacha boradi, 5 yildan keyin meva bera boshlaydi, 100-150 kg gacha va 100 yilgacha meva beradi.
- Velvichiya - Namib cho`liga xos o`simlik. Uning juda qisqa tanasi yer yuzidan 50 sm ko`tarilib turadi. Tanasining diametri 1,2, ildizi 20 m chuqurlikkacha boradi. Uning go`shtdor 2 ta bargi bor, 150-200 yil yashaydi.
- Saxel - arabcha cheti, qirg`og`i demakdir. Bu yerda Sahroi Kabirning janubiy chetidagi quruq savannalarning nomi.

Eng uzun bo'g'iz - Mozambik. Uzunligi 1760 km ga yaqin.
Eng bo'ydor xalq - tuts va ximlar (o'rtacha 2 m).
Eng pakana xalq - pigmeylar (o'rtacha 140 sm).
Eng baland bo'yli hayvon - Jirafa (bo'yi 6 m).
Eng katta timsoh - Nil timsohi (uzunligi 6-7 m).

Eng mayda hashorotlar - Termitlar. Uyalarining balandligi 12 metrgacha, enini 3 metrgacha qilib quradilar.
Eng katta sut emizuvchi - Afrika fili (balandligi 4 metr, og'irligi 12 t).
Eng katta qush - Afrika tuyaqushi (bo'yi 3 m., og'irligi 160
Eng kichik qush - Kolibri (Melyuziga-minima turi, 2 g).
Eng katta maymun - Gorilla. Bo`yi 175 sm ga yetadi og`irligi 200 kg.
Eng katta yer yorig'i - Buyuk Afrika yeryorig'i.
Eng sho'r dengiz - Qizil dengiz (42 promille).
Eng ko'p tabiiy ko'payish - Yaman.
Eng baland qum tog'lari - Sahroyi Kabirda. (Balandligi 150 m dan ziyod).
Eng issiq harorat- Tripoli, El-Aziziya (58°C).
Eng quruq joy - Misr: Dahla vodiysi (yog'in miqdori yiliga 1 mm).
Eng semiz daraxt - Baobab (aylanasi 30 m).
Eng zaharli ilon - yashil bambuk iloni (Afrika).
Eng chopqir hayvon - Gepard (140 km).

Eng katta qo'ng'iz - Goliaf qo'ng'izi. Og`irligi 100 gr, uzunligi 13 sm.

Eng katta qurbaqa - Goliaf qurbaqasi. Og`irligi 3,5 kg, uzunligi 35 sm. 

Sersuvligi bo'yicha dunyoda 2-o'rinda turuvchi daryo - Kongo.

Mevasi mast qiluvchi daraxt - Marula.

ДРУГИЕ СТАТИСТИЧЕСКИЕ ИНФОРМАЦИИ