Yorug` tunlar va qorong`u kunlar 

5 129

Sankt-Peterburg hududining kattaligi jihatdan Rossiya Federatsiyasida Moskvadan keyingi ikkinchi o‘rinda turgan go‘zal, tarixiy va madaniy, arxitektura yodgorliklariga boy shahardir.

Sankt-Peterburgning diqqatga sazovor boshqa fazilati ham bor. Sankt-Peterburgda aprelning ikkinchi yarmidan yorug‘ tunlar boshlanadi. Yorug‘ tun beg‘ubor oqshom, oysiz oydin kecha, maftunkor manzaradan iborat. Sankt-Peterburgda iyun oyida tunlar, ayniqsa, yorug‘ boiadi. Yorug‘ tun oqshom bilan subhidamning bir-biriga tutashib ketishi tufayh vujudga keladi. Demak, shu davrda kun juda uzun, tun esa nihoyatda qisqa bo!ladi. Bundan tashqari bu kengliklarda Quyosh «chuqur botmaydi» yoki Yer sharining orqa tomoniga o‘tmaydi, ufqdan bor-yo‘g‘i 17° pastga tushadi. Shuning uchun oqshom qoray- masidan subhidamga ulanib ketadi.

Sankt-Peterburg shahri joylashgan geografik kenglikdagi boshqa shaharlar va aholi yashaydigan hududlarda ham shun­day yorug` tunlar bo‘ladi. Bu geografik kenglikdan janubga tomon yorug‘ kunlar soni kamayib, shimolga tomon ortib boradi. 66°30' shimoliy kenglikdan shimolda yorug` tunlar haqiqiy quyoshli kunlarga aylanadi. Bu kenglikdan shimolda yoz oylarida Quyosh botmaydi.

Oktabr oyining oxirlaridan boshlab Sankt-Peterburgda kunduzlari birmuncha qorong‘i bo‘ladi. Qorong‘i kun subhidam bilan oqshomning bir-biriga tutashib ketishidan vujudga keladi. Bu vaqtda tun juda uzun va kun nihoyatda qisqa bo‘ladi. Shimoliy kengliklarda qishda Quyosh ufqdan baland ko‘tarilmaydi.

Shimolga ketgan sari qorong‘i kunlar soni ortaveradi. 66° 30' shimoliy kenglikdan shimolda qorong‘i kunlar haqiqiy tunga aylanadi, qishda Quyosh mutlaqo chiqmaydi.

Shunday qilib, mo‘tadil kengliklarda yozda kun uzun, tun qisqa, qishda, aksincha, tun uzun, kun qisqa bo‘ladi. Ekvatorda va ekvator atrofida yil bo‘yi tun bilan kunning uzunligi bir-biriga teng bo‘ladi. Shimoliy kengliklarda (qutbiy o'lkalarda) yozda Quyosh botmaydi, qishda esa chiqmaydi.

Turli geografik kengliklarda kunning uzunligi

Geografik kengliklar

Eng uzun kun

Eng qisqa kun

12 s 00 min

12 s 00 min

10°

12 s 35 min

11 s 25 min

20°

13 s 13 min

10 s 47 min

30°

13 s 56 min

11 s 04 min

40°

14 s 51 min

9 s 09 min

50°

16 s 09 min

7 s 51 min

60°

18 s 30 min

5 s 30 min

66°30'

24 s 00 min

0 s 00 min

Turli geografik kengliklarda Quyosh botmaydigan va Quyosh chiqmaydigan kunlar soni 


Shimoliy kengliklar

Quyosh botmaydigan kunlar soni

Quyosh chiqmaydigan kunlar soni

66°30'

1

1

70”

65

60

80°

134

127

90°

186

179


plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.