Transportning boshqa turlari 

6 392

  Suv transportida tabiiy suv yo‘llaridan foydalaniladi. Shuning uchun suv yo‘lining yo‘nalishi ko‘pincha zaruriy yo‘nalishlarga to‘g‘ri kelavermaydi. Unga yoqilg‘i ko‘p sarf lanmaydi va katta hajmli yuklami ham tashiyveradi. Lekin harakat tezligi kam.
  Mamlakat transport tizimida suv transportining ahamiyati katta emas. Suv transporti asosan Amudaryo, qisman Sirdaryo kemachiligidan iborat. Orol dengizida kema qatnovi suv keskin pasayganligi tufayli to‘xtab qolgan. Respublikada «Termiz daryo porti», «Xorazm daryo floti», «Qoraqalpog‘iston daryo floti» birlashmalari tashkil etilgan.
XX asr boshlarida Amudaryo va Orol dengizidagi suv yo‘llari bo‘ylab ko‘plab yo‘lovchilar va yuklar tashilgan. 1924-yilda kema va qayiqlar qatnaydigan suv yo ‘ llarining umumiy uzun­ligi 887 kmedi. 1980-yilda suvyo‘llarining umumiy uzunligi 2800 km ga yetdi. Amudaryoda Panj bandargohidan Mo‘ynoqqa qadar paroxodlar qatnovi amalga oshirildi. Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi natijasida suv yo‘llari keskin qisqardi.
  Mamlakat daryo flotida 150 ga yaqin teploxod, shuningdek, barjalar, yordamchi kemalar va boshqa texnika vositalari bor.
  Suv yo‘llarining umumiy uzunligi 1000 km ga yaqin. Yuklar asosan Termiz-Hayraton, Sharlovuq-To‘rtko‘l, Xo‘jayli-To‘rtko‘l, Xo‘jayli-Beruniy, Qoratov-Taxiatosh yo‘nalishlarida tashiladi. Yiliga daryo flotida 140 ming tonnaga yaqin yuk tashilmoqda.
  Kelajakda 0‘zbekiston ham jahon okeanida o‘zining flo tiga ega bo‘ladi. Hozircha chetga chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan yuklaming muayyan qismini kira haqi fraxt evaziga boshqa davlatlarning kemalari tashib bermoqda.
  Fraxt – suv yo`lida yuk tashish haqi. Bu haq yukning og`irligi, qancha masifaga tashilishi, hajmi, kemada tashish vaqt miqdoriga ko`ra belgilanadi. O`zbekiston chetga sotgan mollarini chet el kemalarida tashib, ko`p mablag` sarflashga majbur bo`lmoqda. 
  Havo transporti transportning eng qimmat va shu bilan birga eng tez harakatlanadigan hamda joy relyefiga kam bog‘liq bo‘lgan turidir. Yo‘lovchini uzoq masofaga, xususan, xorijga eltishda, bironta ham transport havo transporti o‘rnini bosa olmaydi. Havo transportida tashiladigan yuklaming ko‘pchiligi shoshilinch va qimmatbaho yuklardir (tez buziladigan mahsu- lotlar, pochta va b.). Bugungi kunga kelib mamlakatimiz ko‘plab xorijiy mamlakatlar bilan havo yo‘llari orqali bog‘lanmoqda. Yoniga «O‘zbekiston» deb yozilgan va Davlat bayrog‘i ko‘rinishi tushirilgan samolyotlarni ko‘plab mamlakatlaming aeroportlarida uchratish mumkin.
  O‘zbekistonda havo transporti yo‘lovchi (har yili 800 mingdan ortiq kishi) tashish jihatidangina emas, balki har xil yuk tashish jihatidan ham ahamiyatlidir. Mam­lakat mahalliy havo yo‘llarining umumiy uzunligi 60 ming km dan ortiq. Toshkent mamlakatimiz havo transportining eng yirik tuguniga aylandi.
 Quvur transportidan asosan gaz va qisman neft tashishda foydalaniladi. 0‘zbekistonning deyarli barcha viloyat markazlariga gaz quvurlari o‘tkazilgan. Gaz quvurlari ichida Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent, Muborak-Toshkent trassalari juda muhimdir (ularni xaritadan toping). O‘zbekistondan Uralga (2100 km), Moskvaga (3500 km) o‘tkazilgan gaz quvurlari diametrining kattaligi va uzunligi jihatidan jahonda oldingi o‘rinlardan birini egallaydi. Quvur transportining ish unumi quvuming yo‘g‘onligidan tashqari, gaz yoki neft qanday bosim bilan harakatlanishiga ham bog‘liqdir. Fan va texnika yutuqlari 120 va, hatto, undan ortiq atmosfera bosimi yaratish va shunga chidamli quvurlar ishlab chiqarish imkonini bermoqda. Lekin mamlakatimiz quvur transportida hozircha bosim 40 atmosferadan oshmayotir. 0‘zbekiston sharoitida neft va gazni quvurlar vositasida tashish shimoldagi davlatlardagiga qaraganda birmuncha qulay. Neft, gaz sovuqda quyuqlashadi va quvurdan o‘tishi sekinlashadi. Buning chorasi sifatida quvur­lar ma’lum oraliqda maxsus pechlar yordamida isitib turiladi. 0‘zbekistonning qishi u qadar sovuq bo‘lmasligidan bunday pechlarga zarurat yo‘q. Demak, qo‘shimcha xarajat yo‘qligidan iste’molchiga arzonga tushadi.
  Mamlakatimizda elektr tizimi vujudga kelishi va uning O‘rta Osiyo tizimiga ulanishi bilan transportning yangi turi - elektron transport vujudga keldi. Viloyatlararo va davlatlararo o‘tkazilgan yuqori kuchlanishli elektr liniyalari orqali elektr quvvati uzatiladi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.