O`zbekiston milliy iqtisodiyotining tuzilishi 

17 867

  Dunyo siyosiy xaritasida 1991-yil 1-sentabr kuni yangi mustaqil davlat - 0‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. Shu kundan boshlab u «o‘ziga xos va o‘ziga mos» taraqqiyot yo‘lini tanladi. Bu yo‘lning o‘ziga xosligi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning 5 tamoyilida yaqqol ifodalangan.
 O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish tamoyillari:
1. Iqtisodning siyosatdan ustun turishi.
2. Davlat islohotlar tashabbuskori.
3. Barcha sohalarda qonun ustuvorligi.
4. Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish.
5. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish.
 Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan 0‘zbekiston iqtisodiyotining tuzilishi butkul o‘zgarmoqda. Yaqin o‘tmishdagi qishloq xo‘jaligi yetakchi bo‘lgan mamlakatimizda sanoatning, xususan, og‘ir sanoatning salmog‘i oshmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligini bartaraf etishga kirishildi. Sanoat esa avtomobilsozlik, kompyuter texnikasi, mobil telefonlar, keng turdagi maishiy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yangi tannoqlar hisobiga ko‘p tarmoqli bo‘la boshladi. Umuman, mamlakatda og‘ir sanoat, xususan, mashinasozlik yetakchi o‘ringa chiqmoqda. Ana shunday o‘zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 24,2 foizdan ziyodni tashkil etmoqda (2014-yil.). Holbuki, bu ko‘rsatkich 2000-yilda 14,2 foizdan iborat edi. Endilikda mamlakatimiz iqtisodiyoti o‘zaro bog‘langan sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, aloqa, savdo, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi tarmoqlami o‘zida birlashtiradi.
  Og‘ir sanoat, ayniqsa, mashinasozlikning jadal yuksalishi qishloq xo‘jaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari unumli-samarador mashina va mexanizmlar bilan qayta jihozlanishiga, mamlakat mudofaa quvvatining kuchayishiga imkon beradi. Eng muhimi, mamlakat texnik qaramlikdan qutuladi.
  Mamlakatning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishining yana bir sharti iqtisodiyot tarmoqlarida davlat sektorining qisqarib, nodavlat sektorining kengayishidir. Hozirda qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining deyarli barchasi nodavlat sektorida yetishtirilmoqda. Boshqa sohalarda ham bu jarayon jadal kechmoqda.
  Mustaqillikka qadar 0‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, asosan, ekstensiv yo‘l bilan rivojlandi.
  Ekstensiv xojalik yuritish — ishlab chiqarishni fan-texnika yutuqlari va zamonaviy mexanizatsiya imkoniyatlari o‘miga tabiiy boyliklarni jadal o‘zlashtirish hisobiga yuksaltirish usuli.
  Ekstensiv xo‘jalik yuritish usuli natijasida yoqilg‘i, energiya, inson omili, ayniqsa, suv ko‘p sarflandi. Suv sarfining ko‘payishi Orol fojiasini keltirib chiqargan sabablardan bo‘ldi. Yerdan foydalanishdagi xatoliklar esa tabiatning ifloslanishi va tuproq unumdorligining pasayishiga olib keldi.
  Demak, ekstensiv уo`l muayyan vaqt taraqqiyotini ta’minlasa-da, uning jiddiy salbiy oqibatlari ham bo‘ladi. Shu sababli davlatimiz intensiv xo‘jalik yuritish usuliga o‘tish vazifasini ilgari surmoqda.
 Intensiv xo‘jalik yuritish — fan va texnika yutuqlarini iqtisodiyotga tezkor joriy etuvchi, xomashyo va boyliklarni tejab-tergab, chiqindi chiqarmay to‘liq foydalanish usuli.
 Intensiv xo‘jalik yuritish usulidan foydalangan holda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda zamonaviy texnologiyaga asoslangan qo‘shma korxonalar tashkil qilinmoqda.
  O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining intensiv yo‘ldan rivojlanishi mehnat unumdorligi, mahsulot sifati va ishlab chiqarish samaradorligining jahon darajasiga yetishini ta’minlaydi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.