Shimoliy muz okeani 

12 004

Shimoliy Muz okeani haqida umumiy ma`lumot

  • Asosiy xususiyatlari

    Okeanlarning eng kichigi, shimoliy qutb atrofida joylashgan, dengizlari okean maydonining yarmini egallaydi, shelf egallagan maydoniga ko‘ra birinchi o‘rinda, eng sayoz, ko‘p yillik muzlar qoplangan yagona okean, eng sovuq, iqlim va tabiat mintaqalari eng kam, qo‘yho‘kiz, oq ayiqlar yashaydi, eng yirik oroli bor, uzoq qutb tunlari va kunlari bo‘ladi.
  • Geografik o'rni

    Okean shimoliy qutb atrofida joylashgan. Uni ikkita materik o‘rab turadi. Bering bo‘g‘izi orqali Tinch okean bilan, Skandinaviya yarimoroli — Farer, Irlandiya va Grenlandiya orollari — Smit bo‘g‘izi — Kanada arxipelag lari orqali Atlantika okeani bilan chegaralanadi. Qirg‘oqlari ancha parchalangan. Orollari ko‘p..
  • O'rganilishi

    Okean to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotni yunon olimi Pifey (er. av. 325-yil) yozgan va «Qayrilgan dengiz» deb nom bergan. Keyinchalik yevropaliklar Giperborey (yunoncha Borey — «shimoldagi shamollar xudosi») deb atashdi. 1650-yilda B.Varenius mustaqil okean tariqasida ajratdi. XIX asrning boshlarida ichki dengiz sifatida Atlantika okeani tarkibiga kiritildi.

 

1 845-yilda London geografiya jamiyati, 1928-yilda Xalqaro gidrografik byuro, 1936-yilda Rossiya geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeanini mustaqil okean tariqasida ajratishga qaror qabul qildilar. Okeanni o‘rganishda Pyotr I (1733-1743), M.V.Lomonosov (XVIII asrning ikkinchi yarmi), shved olimi N.A.Nordensheld (1878-1879) larning tashkil etgan ekspeditsiyalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

O kean bundan 60 mln yil avval paydo bo‘la boshlagan. Uning tubi geologik jihatdan Shimoliy Amerika va Yevrosiyo litosfera plitalari tarkibiga kiradi. Okean tubida dengiz, daryo va aysberg yotqiziqlari katta maydonda tarqalgan. Ularning qalinligi 1000-3500 m atrofida. Shelf zonasida daryolar, dengiz oqimlari keltirgan cho‘kindi jinslar, okean markazida esa changsimon zarrachalar, biogen yotqiziqlar uchraydi.

O kean iqlimining o‘ziga xos xususiyati Arktika markazida joylashganligi va yil davomida sovuq havo massalarining hukmronligi bilan ifodalanadi. Uzoq qutb tunlari va kunlari 3-6 oylab davom etadi. Qish oylarida qahraton sovuq (-30 C, -40 C) va qorli bo‘ronlar makoniga aylanadi.Ko‘p yillik muzlarning qalinligi 3-5 m. Suvning sho‘rligi chuqurlik tomon o‘zgarib boradi. Yuza suvlar sho‘rligi 30-32‰, tubida 34-35‰ gacha ortadi.

Dengiz va qo'ltiqlar

Nomi Maydoni, ming kv.km Eng chuqur joyi, metr
Barens 1424 600
Norvegiya 1400 3970
Gudzon qo'ltig'i 1230 258
Grenlandiya 1195 5527
Sharqiy Sibir 945 358
Kara 893 620
Baffin 689 2136
Laptevlar 672 3385
Chukotka 590 160
Bofort 450 4683
Oq 90 340
 

Eng chuqur cho'kma

Nomi Chuqurligi, metr
Litke 5527
Nansen 5449
Amundsen 4321
Makarov 3940
Kanada
3810
 

Qo`shimcha ma`lumot

- Maydoni: 14,7 mln kv.km

- Suv hajmi: 18,1 mln km.kub

- Eng chuqur joyi: 5527 metr

- Ko'p tarqalgani: 1000-2000

- O'rtacha harorati: -1 daraja

- Suvining o'rtacha sho'rligi: 30 promille

- Suv tubi tizmalari: 3 ta

- Dengizlari: 10 ta

- O'rtacha chuqurligi: 1225 metr

- Orollar: Kanada, Arktika arxipelagi, Severnaya Zelya

- Korlovinalar: Kanada, Paksen

- Tizmalari: Gakkel, Mendeleyev, Lomonosov

- Bo'g'izlari: Bering, Matochkin, Shar

- Shelflar okeanning 3/1 qismini tashkil etadi.

- Shimoliy Muz okeani qirg'oqlari qushlar bozoriga boy.

- Okeanda navigatsiya (suzish davri) 1-4 oy davom etadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.