Buxoro. Toqi Zargaron 

1 777

Buxoro o’rta asrlarda yirik savdo-sotiq shaharlaridan biri bo’lgan. Shaharda O’rta Osiyo, Eron, Hindiston, Xitoy va Russiyadan savdogarlar yig’ilishgan. Buxoroning yirik ko’chalari bozorlar rolini o’ynagan. Shu bozorlarni tartibga keltirish maqsadida maydon va chorrahalarda gumbazli Toqlar qurilgan. Toqi Zargaron 1569–1570 yilda qurilgan va bu yerda zargarlar ustaxonalari va do’konlari joylashgan. Toqi Sarrofonda esa sarroflik, ya’ni pul birliklarini almashtirish amalga oshirilgan. Toqi Telpak furushonda bosh kiyimlari bilan savdo-sotiq ishlari amalga oshirilgan.

Toqi Zargaronning 3D Panorama ko’rinishi 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.