Buxoro. Mir Arab madrasasi 

2 098

Poyi Kalon me’moriy ansambli 3-insootdan iborat: Minori Kalon, masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi. Mir Arab madrasasi eng ardoqli va mashhur diniy bilimlar maskani hisoblanadi. Madrasa Shayboniylar hukronligi davrida XVI asrda, Ubaydulloh xon tomonidan barpo ettirilgan. Xon madrasani ozining piri bo’lgan Mir Arab nomi bilan mashhur bo’lgan shayx Ablulloh Yamaniy ga atab qurdirgan. Madrasaning ichkarisida Ubaydulloh xonning qabri mavjud bolib, xonning bosh qismida Mir Arab hazratlarining qabrlari bor. Masjidi Kalon XVI asrning boshlarida qurilgan bolib, faqatgina qurilgan inshootlar ko’lami bilan Samarqanddagi Bibixonim masjididan ortda qoladi, hajmi bo’yicha esa (130x80m) undan kattadir. Masjidi Kalon an`anaviy to’g’ri burchakli shaklda bo’lib to’rtta ayvonga ega. Minori Kalon – Buxoroning asosiy belgisidir. Minorning yuzasidagi yozuvlar dalolat berishicha u 1127-yilda Buxoro hokimi Arslonxon mablag’lari evaziga usta Baqo tomonidan barpo etilgan. Minorning balandligi 46,5 m. ni tashkil etadi.
Mir Arab madrasasining 3D Panorama ko’rinishi 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.