Buxoro. Sitorai Mohi Hosa 

3 333

Buxorodagi obidalar va tarixiy maskanlar ichida Sitorai Mohi-Hosa eng go`zali hisoblanadi desak mubolag`a bo`lmas. Bu inshoat XIX asrning oxirlari XX asrning boshlarida qurib bitqazilgan. Amir Axadxon buyrug`i bilan Buxorodagi eng qo`li gul ustalar Rossiyaga ish o`rganish uchun yuborilgan. Shuning uchun ham inshoat qurilishi va bezaklarida yevropa va sharq arxitekturasining uyg`unligini ko`rish mumkin. Qarorgohning bosh binosida bir nechta qabul xonalari va amirning shaxsiy yotoqxonalari joylashgan, bog` oralab ichkariga kirib borilsa amirning xotinlari uchun go`zal inshoat barpo etilgan, shuningdek u yerda katta hovuz va juda ajoyib ayvon bor. Hozirda ushbu yozgi qarorgoh muzey vazifasini o`tamoqda. 

Sitorai Mohi Hosaning 3D Panorama ko’rinishi



Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.