Yuklanmoqda...

Toshkent shahriga virtual sayohat








Toshkent
Qadim zamonlardan Toshkent O’rta Osiyoda muhim o’rin tutgan va Buyuk Ipak yo`lidagi yetakchi shaharlardan hisoblangan. Ilk bor Toshkent haqida "Avesto”da ma’lumot beriladi, bundan tashqari Xitoyda Toshkent vohasi "Yuni” nomi bilan atalgan va o’rta asrlarning boshida Choch, Shosh, Binkat nomlari bilan ma’lum bo’lgan. X-XV asrlardan Toshkent deb atala boshlangan. Toshkent - "Tosh shahar”, "Feruza shahar” ma’nosini beradi. VI asr o’rtalarida, hozirgi Toshkent hududida bir necha hoqonliklar barpo bo’lgan. XIX asrda O’rta Osiyoni chor Rossiyasi bosib olgandan so’ng, Toshkent Turkiston general-gubernatorligining bosh shahriga aylandi. 1991-yilning 1-sentabridan, Toshkent Mustaqil O’zbekiston Respublikasining poyitaxti va Toshkent viloyatining markazidir. YUNESKO ning Bosh majlisi qaroriga ko’ra, 2009-yilda Toshkentning 2200 yillik to’yi keng nishonlandi. Qadim zamonlardan Toshkent yirik ilmiy va ma’naviy markazlardan bo’lib, hozirda tinchlik va do’stlik timsolidir.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar

kodni yangilash


To Top